К содержанию
РецензированоEN2026

BOLALAR MEHNATIGA QARSHI KURASH

Islomova Sadoqat Azim qizi · Tel: +--- Islomovasadoqat@gmail.com

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This research paper examines the topic "Combating Child Labor" and analyzes the social, economic and legal effects of child labor. The study examines the role of child labor in society, its negative consequences, including the impact on the right to education, health care, and development opportunities. In the work, analysis of child labor based on labor law, international standards and current laws of the Republic of Uzbekistan, as well as global and national experiences in this regard are considered. Practical recommendations for reducing and preventing child labor will also be developed. The results of the research will help to improve public policy, strengthen measures aimed at protecting social protection and children's rights. Key words: child labor, labor rights, children's rights, social protection, right to education, violence and exploitation, standardization of labor, international standards, legislation of the Republic of Uzbekistan, child development, fight against child labor, social and economic impact, working conditions. Dunyo miqyosida bolalar mehnatiga qarshi kurashish borasida katta harakatlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, hali ham bu masala dolzarb bo‘lib qolmoqda. Xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT, Xalqaro Mehnat Tashkiloti (ILO) va boshqa tashkilotlar bolalar mehnatini qisqartirish va butun dunyo bo‘ylab bolalar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan ko‘plab tashabbuslarni ilgari surishmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ham bolalar mehnatini taqiqlash va ularni himoya qilishga qaratilgan qonunchilik bazasi mustahkamlangan, ammo amaldagi muammolar hali ham mavjud. Bolalar mehnati, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi, uy-ro‘zg‘or ishlari, turizm va servis sohalarida keng tarqalgan bo‘lib, ko‘plab bolalar maktabdan chetlashtiriladi, ular to‘liq ta’lim olishdan mahrum bo‘lishadi. Shu bilan birga, bolalarning jismoniy va ruhiy salomatligi, shuningdek, kelajakdagi hayot sifatiga ham zarar yetkaziladi. O‘zgarmas ijtimoiy- iqtisodiy sharoitlar, past daromadlar, oilaviy muammolar va boshqa omillar bolalar mehnatining tarqalishiga sabab bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining mehnat huquqi, bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ko‘plab qonunlar, qoidalar va xalqaro hujjatlarga amal qilinadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi "Bolalar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida"gi qonuni, "Mehnat kodeksi" va boshqa hujjatlar bolalar mehnatiga qarshi kurashishni nazarda tutadi. 1318 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2 Biroq, mavjud qonunchilik va tizimning samaradorligini oshirish, bolalar mehnatini kamaytirish uchun yanada kuchli va samarali chora-tadbirlar talab etiladi. Mavzuni yanada keng yotish uchun bola mehnati o’zi nima ekanligini bilishimiz lozim. Bolalar mehnati - bu hozirgi zamonning eng dolzarb ijtimoiy masalalaridan biri bo‘lib, nafaqat rivojlanayotgan mamlakatlarda, balki rivojlangan davlatlarda ham mavjud muammo hisoblanadi. Bu fenomen ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy jihatdan jiddiy ta’sir ko‘rsatadi va bolalar huquqlarining buzilishi, ularning ta’lim olish huquqi, sog‘liqni saqlash, rivojlanish imkoniyatlari kabi asosiy jihatlariga putur yetkazadi. Bolalar mehnatini kamsituvchi, ekspluatatsiya qiluvchi va ularning erkin rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi holatlar ko‘plab mamlakatlarda uchraydi va bu jamiyatda barqaror rivojlanish, iqtisodiy farovonlikni ta’minlashga salbiy ta’sir qiladi. Bolalar mehnati - bu bolalar yoki voyaga yetmagan shaxslarning o‘z yoshiga mos kelmaydigan yoki ularning jismoniy, ruhiy, ma’naviy va ijtimoiy rivojlanishiga zarar yetkazadigan mehnat faoliyatidir. Ushbu mehnat bolalarning to‘liq o‘sishi va rivojlanishiga to‘siq bo‘ladi va ular o‘z huquqlaridan foydalanishdan mahrum bo‘lishadi. Shuningdek bolalar mehnatining turlari mavjud, ular quyidagilar: - Majburiy mehnat: bolalar o‘z ixtiyori bilan emas, balki majburlash orqali ishlashga jalb qilinadi. Bu bolalarni ekspluatatsiya qilish va ular uchun yomon sharoitlarda ishlashni anglatadi. - Zo‘ravonlikka asoslangan mehnat: bolalar jismoniy yoki psixologik zo‘ravonlikka duchor bo‘lib, majburiy ishlarga jalb qilinadi. - Uy-ro‘zg‘or mehnati: ko‘pincha qishloq joylarda bolalar uy-ro‘zg‘or ishlariga jalb qilinadi. Bu holatda, bolalar ta’lim olishdan mahrum bo‘lishadi. - Bolalar mehnati qishloq xo‘jaligida: qishloq xo‘jaligida bolalar o‘z yoshiga mos kelmaydigan ishlarni bajaradi, masalan, ekin ekish, hosil yig‘ish va boshqa mehnat faoliyatlari. - Bolalar mehnati shaharlar va sanoat sohalarida: shahar va sanoatlarda bolalar og‘ir ishlarda ishlatiladi, ular xavfli va salbiy sharoitlarda ishlaydi. Bu kabi zo’ravonliklar bolani ilmsizlikka yokida hayotda o’z o’rnini topa olmaslikka, o’zi sevimli mashg’uloti bilan shug’ullana olmasligi, o’z ustida ishlamasligi, qobiliyatlarini kashf qilmasligiga olib keladi. Bolalar mehnatining ijtimoiy oqibatlari ular uchun ta’lim olish imkoniyatlarini cheklaydi, sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va ularning rivojlanishiga to‘siq bo‘ladi. Bolalar mehnatiga jalb qilingan b

Доказательный фрагмент

«This research paper examines the topic "Combating Child Labor" and analyzes the social, economic and legal effects of child labor.»

Образец извлечения

Демо-превью

This research paper examines the topic "Combating Child Labor" and analyzes the social, economic and legal effects of child labor. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
child labor, labor rights, children's rights, social protection, right to, mehnat huquqlari, bolalar huquqlari, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, bolalar rivojlanishi, ijtimoiy va iqtisodiy ta’sir, mehnat sharoitlari., ta’lim huquqi, zo‘ravonlik va ekspluatatsiya, bolalar mehnati, ijtimoiy himoya, bolalar mehnatiga qarshi kurash, mehnatni me’yorlash, xalqaro me’yorlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники