Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HOMILADORLIKDA YURAK QON-TOMIR TIZIMI SHAKLLANISHINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI · Rajabova Dildora · ВРЕМЯ БЕРЕМЕННОСТИ
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
In the early stages of fetal formation, all its systems begin a complex anatomical and physiological process. The cardiovascular system begins to specialize in the first 1st month of pregnancy. The first 1st trimester is the stage of formation of these organs, during which various stimuli can cause major pathologies. It is necessary to be careful not to get sick with various diseases during the organogenesis stage. Keywords: fetus, heart, blood vessel, morphology, week, endocardium, myocardium. Yurak-qon tomir tizimi homilalikda, shu tizimni murtakchasi paydo bo‘lish paytidan, toki bola balog`atga yetguncha morfologik va fiziologik jihatdan muttasil o‘zgarib boradi. Har bir bolalik davridagi bu o‘zgarishlarni o‘rganib bilib olish, yurak qon tomir sistemasidagi o‘zgarishlarni o`z vaqtida baholab olish imkoniyatini beradi. 1309 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2 Yurakning rivojlanishi homiladorlikning ikkinchi - uchinchi haftasidan, ikkita alohida joylashgan yurak murtakchasining paydo bo‘lgan vaqtidan boshlanadi. Ikkala murtakcha ham ichki endokard va tashqi mio- va epikard qismlardan iborat bo‘lib, homila boshining kaudal (pastki), ichak trubkasining oldingi qismida simmetrik ravishda joylashgan bo‘ladi. Keyinchalik bu muratakchalar markaz yo`nalishida bir biriga qarab o‘sib, qo‘shilib birinchi yurak trubkasini paydo qiladilar. Yurak trubkasining chetgi qismiga yurak piyoz boshisi (bulbus cordis) deyilib, bu bevosita arteriya stvoliga qo‘shilgan bo‘ladi. Bulbus cordis dan so‘ng birinchi yurak qorinchasi va undan keyin birinchi yurak bo‘lmacha qismlari joylashgan bo‘ladi. Yurak bo‘lmacha qismidan pastroqda vena bo‘shlig`i (sinus venosis) qismi takomillashib, bunga vena qonlari yig`iladi. Homilaning 3 haftasidan yurak trubkasi tez o‘sib, cho‘zila boshlaydi, ammo uning ikki uchi birikkan, siljiymaydigan holda bo‘lgani uchun lotincha S-harfiga o‘xshash egilib qoladi. 4 hafta oxirlarida birinchi yurak trubkasida chuqur bo‘lmagan ariqchalar va o‘sha yerda trubkani biroz torayishi kuzatilgan. 3 bo‘lakchani ajratish mumkin. Mana shu ariqchalarda birinchi yurak trubkasi torayib, uning pchki sathida endokard ko‘tarilishidai yostiqchalar paydo bo‘lishi kuzatiladi. Bu yostiqchalardan keyinchalik yurak nardevorlari va klapanlari paydo bo‘ladi. Homilalikning 4-haftasidap yurakning o‘ng va chapga bo‘linishi boshlanadi. Homilalikning 5-haftasida bo‘lmachalararo birinchi pardevor -septum primum paydo bo‘lib, bunda arteriya stvoli ham bo‘linadi. Endilikda aorta chap qorinchadan, o‘pka arteriyasi o‘ng qorinchadan chiqadi. Septum primuma birinchi oval teshigi paydo bo‘ladi. Demak, bu davrda yurak uch kamerali ko‘rinishda bo‘lib, bo‘lmachalararo teshik ochiq bo‘ladi. Biroz keyinroq homiladorlikning 5-haftasida birinchi, pardevor yonida o‘z oval teshigiga ega bo‘lgan 2- pardevor o‘sib, birinchi oval teshigini berkitadi va natijada qon faqat bir yo`nalishga, bosimi ko‘p bo‘lgan o‘ng bo‘lmachadan chap bo‘lmacha tomon oqadi. Bola tug`ilgandan keyin chap bo‘lmachadagi yuqori bosim tufayli har ikki pardevor qisilib, ular bir-biriga qo‘shilib bitib ketadi va bu oval teshigini berkilishiga va bo‘lmachalararo haqiqiy pardevor paydo bo‘lishiga olib keladi. Homiladorlikning 4-haftasi oxirlaridan, bo‘lmacha va qorincha yo`nalishiga qorinchalararo o‘yiqchaga to‘g‘ri keladigan holda, yurakning mushak qismidan qorinchalararo pardevor (septum inter ventriculare) o‘sib, yuqoridan biroz joy qolgan holda qorinchani ikkiga, o‘ng va chapga bo‘ladi. Keyinchalik yuqorida qolgan joyni fibroz to‘qimasi to‘ldiradi. 1310 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2 Demak, qorinchalararo pardevor ikki qismdan pastki mushak va yuqorigi fibroz to‘qimalaridan tashkil topgan bo‘ladi. Yurak pardevorlari paydo bo‘lishi nihoyasida endokarddagi ko‘tarilgan yostiqchalardan yurak va qon tomir klapanlari paydo bo‘la boshlaydi. Bu paydo bo‘lgan klapanlardagi tabaqalar. soni endokarddagi yostiqchalar soniga mone bo‘ladi. Yurakning o‘tkazuvchi tizimi juda erta, embrionning 28-30 kunlik vaqtidan taraqqiy eta boshlaydi. Bu sistema rivojlanish jarayonida asab hujayralari va qon tomirlarga juda boy ta’minlangan bo‘ladi. Yurakning endokard qismida ko‘tarilgan yostiqchalar paydo bo‘lgan vaqtda bulbus cordisning birinchi va homiladorlikning 5-8 haftalari oralig`ida ikkinchi murakkab burilishi kuzatilib, natijada homiladorlikning 8-10 haftalarida yurakning o‘ng va chapga bo‘linishi, hamda yurakning barcha qismlarini shakillanishi o‘z nihoyasiga yetadi. Bu yo`nalishning rivojlanib yetilishiga mone holda kechib, homilada yo‘ldosh orqali qon aylanishni paydo bo‘lishiga imkon yaratadi. Homilada qon aylanish - homila ona organizmi bilan yo‘ldosh orqali bog`langan bo‘lib, u orqali o‘zini o‘sishi, rivojlanishiga zarur bo‘lgan moddalarni, qabul qiladi va modda almashuv jarayonida hosil bo‘lgan moddalarni chiqaradi. Embrional hayotni boshlang`ich, toki xorion vorsinkalari va kindik qon tomirlari paydo bo‘lguncha bo‘lgan davrlarda homila o‘ziga kerak
Доказательный фрагмент
«In the early stages of fetal formation, all its systems begin a complex anatomical and physiological process.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn the early stages of fetal formation, all its systems begin a complex anatomical and physiological process. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- fetus, heart, blood vessel, morphology, week, endocardium, myocardium, hafta, yurak, miokard., endokard, homila, morfologiya, qon tomir
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025