Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BUXORO AMIRLIGIDAGI AFG’ONLAR: HAYOTI VA FAOLIYATI XUSUSIDA
Ahmadov Ahmadjon Asror o‘g‘li
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article scientifically analyzes the number of Afghans in the Bukhara Emirate, their participation in economic life, and their activities in the emirate. Keywords: Afghan, ethnic group, Bukhara Emirate, Karki, religious beliefs, merchant, migration, archival document, BKSR, Mirza Salimbek, economic life. АФГАНИСТАНЦЫ В БУХАРСКОМ ЭМИРАТЕ: ОБ ИХ ЖИЗНИ И ДЕЯТЕЛЬНОСТИ Аннотация. В статье научно анализируется численность афганцев, проживающих в Бухарском эмирате, их участие в экономической жизни и их деятельность в эмирате. Ключевые слова: афганец, этническая группа, Бухарский эмират, Карки, религиозные верования, купец, переселение, архивный документ, БКСР, Мирза Салимбек, экономическая жизнь. O‘rta Osiyo hududi bo‘yicha tarqalgan afg‘onlar haqida ma’lumotlar ko‘pchilik rus tadqiqotchilari tomonidan talqin etilganda tub joy aholisidan, ularni oz sonli etnik guruhlar qatorida o‘rganilganligi, statistik to‘plamlarda aynan afg‘onlar kam sonli xalqlar sifatida berilganligi tarixiy manbalardan o‘rin olgan. A.Xoroshxin ma’lumotlariga ko‘ra O‘rta Osiyo hududida keng tarqalgan oz sonli xalqlardan biri afg‘onlardir. Ular diniy e’tiqodi musulmon bo‘lsada tog‘lik xalqlarga xos qo‘polligi sababli mahalliy xalq ularni yoqtirmaydi[1] kabi salbiy ma’lumot ham uchraydi. Buxoro amirligining Karki viloyatida tijoratchi afg‘onlardan tashqari yana 300 nafarga yaqin afg‘onistonliklar istiqomat qilib, ular asosan dehqonchilikning paxtachilik sohasi bilan shug‘ullanishgan, ayrilari esa kun ko‘rish maqsadida mardikorlik qilganlar. Afg‘onlar kunlik, oylik maoshlari hisobidan kambag‘al va qashshoqlarcha kun ko‘radilar, ular o‘z vatanlariga borib turadilar[2] deb ma’lumot bergandi, arxiv hujjatlaridan birida. 1388 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2 Ma’lumotlarning birida “1922-yilda BXSR hukumatining Karki viloyati va shahriga afg‘on savdogarlari kelib kumush pul barobarida qorako‘l hamda yung olib Afg‘onistonga uzatar ekanlar”[3] - deb yozilgan. Afg‘on fuqarolarining amirlik hududiga kirib kelishi bilan bog‘liq asosiy sabab arzon ishchi kuchiga bo‘lgan talabning yuqoriligi edi. Chunki, ularning o‘z mamlakatlaridagi bundanda og‘ir moddiy qiyinchilik bunday migratsiyaga sabab bo‘lgandi. Afg‘on fuqarolari haqidagi ma’lumotlar “Spravochnaya knijka Samarkandskoy oblast” “Samarqand viloyati ma’lumotnoma kitobchasi”da uchrab, jumladan, 1892-yil 28-noyabrda Samarqand shahri aholisini ro‘yxatga olish jarayonida 10-12 nafar afg‘on fuqarosi qayd etilganligi manbada keltiriladi[4]. Bundan tashqari arxiv hujjatlarining birida Samarqanddagi afg‘on fuqarolari haqida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan. Afg‘on amirining qarindoshlaridan Abdulmajidxonning onasi, buvisi, singillari, o‘g‘li shuning bilan birga 3 ta quli, 1 nafar ayol xizmatchisi hamda 8 ta erkak afg‘on yashaganligi keltirilgan. Bundan tashqari 18-42 yosh oralig‘idagi 4 nafar afg‘on (1 tasi dehqonchilik bilan, 1 tasi tibbiyot bilan, 2 tasi choy savdosi bilan shug‘ullanadi) Kattaqo‘rg‘on uyezdida, 1 nafari Jizzax uyezdida yashaganligi xabar qilingan[5]. Umumiy afg‘onlarning Samarqanddagi soni viloyat statistikasining 1904-yil ma’lumotida 0,010 foiz deb ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lsa[6], 1916-yil yanvar oyi holatiga ko‘ra Samarqandda 36 nafar, Kattaqo‘rg‘onda 6 nafar afg‘on millati vakillari qayd etilgan[7]. Turkiston general- gubernatorlik mahkamasi 1897-yilda Samarqand harbiy gubernatoriga yo‘llagan xabarnomasiga javoban 1898-yilda Samarqan va uning uyezdlarida 305 nafar afg‘on millati vakillari yashashi qayd etilganligi, shundan Samarqand shahrida 80 kishi, uyezdlarda 105 nafar kishi yashashi bilan bog‘liq raqamlar keltirib o‘tilgan. Ma’lumotlarning birida XIX asrning 70 yillarida Buxoroda 70 afg‘on oilasi yashaganligi keltiriladi[8]. Karshi shahrida 1914-1915-yillarda istiqomat qilgan afg‘onistonlik tijoratchi va do‘kondor fuqarolarning ism-sharifi, tug‘ilgan joyi, kasb-kori, to‘plagan sarmoyasi, qachondan boshlab istiqomat qilishi, oilaviy ahvoli bilan bog‘liq ma’lumotlar bir qator tarixiy hujjatlardan o‘rin olgan. Ulardagi ma’lumotlarda afg‘on fuqarolarining ko‘pchilik qismi Karki shahrida yashashi, ular Afg‘onistonning Qandahor, Toshqo‘rg‘on, Oybaliq, Shibirg‘on, Kobul, Balx, Sabg‘on, Anxo‘y, Maymana, Hirot, Oqcha kabi shaharlaridan ko‘chib va qochib kelib yashayotganini ko‘rish mumkin bo‘lgan. Arxiv hujjatlarida Afg‘onistondan ko‘chib kelgan afg‘on fuqarolarining Karki, Boysun, Qorategin, SHerobod va boshqa beklarning o‘z bekligi hududidagi afg‘onlar haqidagi ma’lumotni amirlikdagi oliy mansab egalaridan biri qushbegi ma’lumoti orqali olinganligi keltiriladi[9]. 1389 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2 Buxoro amirligidagi afg‘onlarning faoliyati tarixchi va diplomat Mirza Salimbekning asarida ham kengroq tasvirlangan. Jumladan, Buxoroda yashagan afg‘onlar turli sohalar bilan shug‘ullanganliklari, ular orasida etikido‘zlar, choy savdosi bilan shug‘ullanuvchilar, kabobpazlar, suv tashuvchilar, nonvoy va batraklar bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lum
Доказательный фрагмент
«This article scientifically analyzes the number of Afghans in the Bukhara Emirate, their participation in economic life, and their activities in the emirate.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article scientifically analyzes the number of Afghans in the Bukhara Emirate, their participation in economic life, and their activities in the emirate. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Afghan, ethnic group, Bukhara Emirate, Karki, religious beliefs, merchant, BXSR, afg’on, xo’jalik hayoti., savdogar, Mirza Salimbek, diniy e’tiqod, migratsiya, Buxoro amirligi, etnik guruh, arxiv hujjati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024