К содержанию
РецензированоUZ2025

BOSHLANGʻICH TAʼLIMNI TASVIRIY SANʼAT BILAN INTEGRATSIYALASH

Masharipova Sevinch (Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining boshlangʻich taʼlim fakulteti 3-D kurs talabasi)

Научный информационный бюллетень · 6 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda tasviriy san’atni oʻqitish jarayonida fanlararo aloqadorlikning ahamiyati, predmetlararo uzviylikni oʻrnatish yoʻl-yoʻriqlari haqida ma’lumotberilgan. Kalitsoʻzlar:integratsiya, uzviylik, dars, tasviriy san’at, kreativlik, pedagogik mahorat. Integrasiya - bu fanlarning differensial jarayon davomida yaqinlashuvi va bog‘liqligidir. Integratsiya jarayoni fanlar orasidagi aloqani yangi, yuqori sifatda bir-biriga bog‘lash bosqichi boʻlib, oʻzini yuqori koʻrinishda namoyon etadi. Shuni alohida qayd etish kerakki, integratsiya jarayoni asoslari uzoq oʻtmishdagi xalq pedagogikasi va ilmiy pedagogikaga asoslangan. Integratsiya fanlararo bog‘liqlikdir. Fanlararo bog‘liqlik asoslari tabiatni toʻla holda oʻquv darsliklardakoʻrsatish vatushuntirish zaruratidan paydo boʻlgan. Ta’lim integratsiyasi - fanlararo aloqaning yuqori darajasi, bir butun integrallashgan bilimlarni yaratishga imkon beruvchi vosita. Integratsiya tushunchasiga berilayotgan ta’riflar turlicha; ushbu ta’riflarning umumiylik tomoni - integratsiya bu atrofimizdagi borliqqa yaxlit qarashga erishishdan iborat. Integratsiyaning asosini fanlararo aloqadorlik tashkil etadi va oʻzining rivojini integratsiya g‘oyasida topadi. Integrativ mazmunga ega boʻlgan predmetlarni oʻrganish boʻlajak mutaxassislar bilimi, ish uslublari, shaxsiy fazilatlari yaxlit, bir butunligini ta’minlovchi omilsifatidaqaraladi. Boshlang‘ich sinflarda fanlarni integratsiyalashda samaradorligini oshiradi, vaqtdan unumli foydalanishga olib keladi, darsni chuqur oʻzlashtirishga yordam beradi, boʻsh vaqt orttiriladi va toʻgaraklarga jalb etiladi. Boshlang‘ich ta’limda ona tili, oʻqish savodxonligi, tabiiy fan, tasviriy san’at darslarini integratsiyalash mumkin. Masalan, Oʻzbekiston mening Vatanim mavzusini oʻtishi uchun mavzu tushuntiriladi, tabiiy boyliklari va ularni qadriga yetish koʻrib chiqiladi va mavzu asosida rasm ham chiziladi. Bu esa bolani mavzuni yaxshi tushunib olishiga yordam beradi, kengroq va chuqurroq tushunishiga imkon ortadi, uzoq vaqt yodda saqlab qolishiga yordam beradi. Bundan tashqari, bolada ijodiylik ya’ni kreativ fikrlash olish salohiyati ham rivojlanibboradi. Masalan: Daraxtda3 taqush bor edi. Ularga yana 2 ta qush kelib qo‘shildi. Daraxtda jami nechta qush bor? Bu masala asosida o‘quvchilar qushlarni chizadi va ularda masalani yechish uchun aniq tasavvurlar shakllanadi. Bunda o‘quvchilar aynan mukammal shaklga ega bo‘lgan qushlarni chizishi shart emas, albatta. Bu faqat ularda berilgan masalaning mohiyatini anglashi uchungina zarur. Yoki quyidagi shunga o‘xshash masalani ko‘rib chiqamiz: 54 Bir to‘plamda 6 ta finjon bor. Bir qutida 5 ta finjonlar to‘plami bor. Ikkita qutida jami nechta finjon bor? Ushbu masalaning yechimini topish uchun o‘quvchilarda avvalo tasavvur hosil qilinishi kerak. Dastlab bir to‘plamdagi finjonlarni kichikroq yashikda tasvirlaymiz. So‘ngra shunday kichik yashiklarda katta bir qutida 5 tasini tasvirlaymiz. Masalaning aniq yechimini Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 6,issue1,Fevral 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. olish uchun xuddi shunday katta qutidan ikkitasidagi finjonlar sonini aniqlash kifoya. Bu usul orqali o‘quvchilar keyinchalik avtomatik turda hisoblay olish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Bola bir darsning oʻzida fasllar, geometrik shakllar, to‘plam haqida ma’lumotga ega bo‘ladi, mevalar haqida biladi va rasm chizadilar. Shunday qilib, oʻquvchi birgina integratsiya darsida juda koʻp ma’lumotlarga ega boʻladi va uzoqvaqt esda saqlab qoladilar. Umuman olganda integratsiya darsi bir-biriga mos kelishi (mavzu jihatdan) va puxta reja asosida tuzilgan boʻlishi kerak. Boshlang‘ich maktablarda oʻqitish va tarbiyalash integratsiyasi muammolari nazariy va amaliy jihatdan hozirgi zamon nuqtai-nazaridan juda muhim boʻlib, yangi ijtimoiy talablar asosida yanada dolzarblik kasb etadi. Bugungi kunda fan rivoji va ishlab chiqarishdagi ulkan oʻzgarishlar tufayli kelib chiqayotgan talablar maktab ta’limi oldiga yangi vazifalarni qoʻymoʻqda. Hozirgi zamon ilm berish sistemasi yuqori darajada fan asoslarini oʻrnatishga, tafakkurni rivojlangan, olamni bir butunlikda anglashga va tasavvur etishga, tevarak atrofda boʻlayotgan voqealarni to‘g‘ri anglashga, ularning mohiyatini anglab oladigan yoshlarni tarbiyalashga yoʻnaltirilgan. Integrasiyalashtirilgan darslar boʻlalar dunyoqarashida bir butunlikni, voqealar uzviyligini tushunishini tabiatan anglab yetishga oʻrgatadi. Shuni alohida hisobga olish kerakki, maktablardagi boshlang‘ich sinflarda darslarning integratsion bog‘lanishlari ilmiy jihatdan kam ishlab chiqilgan. Mavjud turli fiklar va qarashlar esa bir-biriga zid va uzviy boʻlmaganligi sababli integrasiya muammosi hamon olishlarimiz oʻrtasida bahsli masalalardan biri boʻlib qolmoqda. Foydalanilganadabiyotlar: 1. S.Mirxayitova. Boshlang‘ich ta’

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda tasviriy san’atni oʻqitish jarayonida fanlararo aloqadorlikning ahamiyati, predmetlararo uzviylikni oʻrnatish yoʻl-yoʻriqlari haqida ma’lumotberilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda tasviriy san’atni oʻqitish jarayonida fanlararo aloqadorlikning ahamiyati, predmetlararo uzviylikni oʻrnatish yoʻl-yoʻriqlari haqida ma’lumotberilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kreativlik, tasviriy san’at, pedagogik mahorat., uzviylik, integratsiya, dars
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники