К содержанию
РецензированоUZ2025

FAYOZTEPA: MARKAZIY OSIYO HUDUDIDAGI QADIMIY YODGORLIK

Zoirova Yulduz · Fayoztepaning Kashfiyoti

Научный информационный бюллетень · 6 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolamizda Fayoztepa yodgorligi va uning qadim o’tmishdagi tarixi xususida so’z boradi. Ko’plab izlanishlar va ilmiy tadqiqotlar natijasida biz Fayoztepa qadimda Markaziy osiyoning markaziy hududlaridan bo’lganligi va buddaviylik keng tarqalganligini bilib olamiz. Kalitso’zlar:Fayoztepa, Markaziy Osiyo, Buddaviylik dini,Tadqiqotchi olim Albaum. Fayoztepa — O‘zbekistonning janubiy qismida joylashgan, Termiz shahridan bir necha kilometr masofada joylashgan qadimiy Buddaviylik madaniyatining muhim markazlaridan biri hisoblanadi. Fayoztepa arxeologik yodgorligi, o‘zining tarixiy ahamiyati, me‘moriy tuzilishi va san‘at asarlari orqali o‘rganish uchun juda katta ahamiyatga ega. Bu joyni o‘rganish orqali nafaqat Buddaviylik madaniyatining rivojlanishini, balki o‘sha davrning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotini ham tushunish mumkin. Fayoztepa miloddan avvalgi I asrdan milodiy IV asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi, bu esa uni Markaziy Osiyodagi eng qadimiy va muhim arxeologik obidalardan biriga aylantiradi. Fayoztepaning Kashfiyoti Fayoztepaning tarixiy va arxeologik ahamiyati 1968 yilda ochilib, qadimiy Budda haykalining topilishi bilan oshkor bo‘ldi. Bu kashfiyot, mahalliy aholi tomonidan qumtepada topilgan Budda haykali natijasida yuzaga keldi va bu haykal o‘sha davrning madaniy va diniy merosini ilmiy asosda o‘rganish uchun yo‘l ochdi. Arxeologlar, bu topilmani izlab, keyinchalik L.I. Albaum boshchiligidagi guruh tomonidan o‘tkazilgan qazishmalarni davom ettirdilar. 1968-1976 yillar orasida olib borilgan tadqiqotlar davomida, Fayoztepa majmuasi to‘liq o‘rganildi. Ushbu qazishmalar jarayonida majmuaning turli qismlarida turli davrlar va madaniyatlarning izlari aniqlandi, shuningdek, Buddaviylikning o‘ziga xos xususiyatlari, yuksalishi va boshqa madaniyatlarbilan aloqalari o‘rganildi. Fayoztepa hududi arxeologik yodgorlik sifatida 1,5 kvadrat kilometrni tashkil etadi va u o‘z ichiga uchta asosiy qismnioladi. Majmuaning markaziy qismida ibodatxona joylashgan, shimoli- g‘arbiy qismida monastir, janubi-sharqiy qismida esa turar joylar va xo‘jalik binolari topilgan. Ushbu joylar arxeologlarga nafaqat tarixiy ma‘lumotlar, balki o‘sha davrning madaniy va diniy qarashlarinio‘rganish imkonini berdi. Me‘moriy Tuzilishi Fayoztepa majmuasi o‘zining me‘moriy tuzilishi bilan ham ajralib turadi. Fayoztepada 93 joylashgan Buddaviy ibodatxonasi 19 alohida xonadan iborat. Har bir xonada chuqur tokchalar va o‘ziga xos bezaklar mavjud. Markaziy qismda joylashgan hovli esa ustunlar va bo‘rtma rasmlar bilan bezatilgan. Bu hovli o‘rtasida, muqaddas bodxa daraxti ostida o‘tirgan Budda Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 6,issue1,Fevral 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. tasvirlanadi. Ushbu tasvir Buddaviylik e‘tiqodining asosiy tamg‘alaridan biri bo‘lib, u o‘zining estetik vadiniy ahamiyati bilan ajralib turadi. Majmuaning me‘moriy tuzilishi o‘z zamonida murakkab va ilg‘or yondashuvlarni o‘z ichiga olgan. Ibodatxona devorlari rang-barang san‘at asarlari bilan bezatilgan. Bu asarlarda Budda va uning izdoshlari tasvirlangan, shuningdek, boshqa ma‘budlar va diniy elementlar ham ko‘rsatilgan. Buddaviylik madaniyatining me‘moriy yechimlari bu hududda o‘zining yuksak san‘at darajasini namoyon qiladi. Bularning barchasi, Fayoztepa majmuasining nafaqat diniy, balkisan‘at va madaniyat tarixidagi o‘rni haqidama‘lumotberadi. San‘at vaMadaniyat Fayoztepa majmuasidagi san‘at asarlari Buddaviylik madaniyatining yuqori darajasini ko‘rsatadi. Devoriy rasmlar, haykallar va boshqa san‘at asarlari o‘sha davrning estetik qarashlarini va diniy e‘tiqodlarini aks ettiradi. Masalan, ibodatxona devorlarida Budda qizil libosda tasvirlangan, uning yonida esa uzun kiyim kiygan ikki figura mavjud. Bu rasmlar Buddaning ilohiy maqomini va uning izdoshlari tomonidan hurmatini ko‘rsatadi. Boshqa rasmlar va haykallar orqali esa, Buddaning ta‘limotlari va uning diniyahamiyati haqida ko‘proq ma‘lumotolish mumkin. Fayoztepa majmuasida topilgan haykallar orasida, Budda va uning shogirdlariga bag‘ishlangan haykallar ham mavjud. Bu haykallar, o‘sha davrda haykaltaroshlik san‘atining yuqori darajada rivojlanganligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, ibodatxona devorlaridagi rasm va naqshlar, ularning diniy e‘tiqodlar va falsafiy tushunchalarini qanday tasvirlaganini yaqqol aks ettiradi. Fayoztepa san‘atining bujihatlari, nafaqat diniy, balki madaniy yondashuvni ham ifodalaydi. Topilmalar Fayoztepa hududida olib borilgan qazishmalar davomida ko‘plab qimmatli arxeologik topilmalar aniqlangan. Topilmalar orasida loydan yasalgan Budda haykallari, tangalar, idishlar, turli uy- ro‘zg‘or buyumlari va nilufar gulining tasviri tushirilgan chiroqlar mavjud. Bu topilmalar, o‘sha davrning madaniy va iqtisodiy hayotinio‘rganishdamuhim manbahisoblanadi. Fayoztepada topilgan tangalar Kushon imperiyasiga tegis

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolamizda Fayoztepa yodgorligi va uning qadim o’tmishdagi tarixi xususida so’z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolamizda Fayoztepa yodgorligi va uning qadim o’tmishdagi tarixi xususida so’z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Tadqiqotchi olim Albaum., Fayoztepa, Buddaviylik dini, Markaziy Osiyo
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники