Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDURAHMON JOMIYNING ILMIY MEROSI VA “FAVOIDUZ ZIYOIYYA” ASARINING YARATILISH SABABLARI
ASARINING YARATILISHSABABLARI · Vohidova Dilfuza Abduqahhorqizi (Sharq xalqlari tillari vaadabiyoti instituti)
Научный информационный бюллетень · 6 · 2025
Аннотация
Abdurahmon Jomiy (1414-1492) – o’z davrining yetuk mutafakkiri, tasavvuf falsafasining buyuk vakili hamda ilm-fan sohasida yuksak yutuqlarga erishgan shoir va olim. Uning ilmiy merosi grammatikadan tortib, tasavvuf, falsafa va she’riyatgacha bo’lgan ko’plab yo’nalishlarni qamrab oladi hamda Sharq madaniyatining ajralmas qismi bo’lib, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Jomiyning “Favoiduz ziyoiyya” asari nahv (arab tili sintaksisi) sohasidagi muhim risola bo’lib, u grammatik qonun- qoidalarni qisqa, ravon va tizimli shaklda taqdim etgani bilan mashhurdir. Bu maqolda Jomiyning ilmiy merosi va aynan “Favoiduz ziyoiyya” ning yaratilish sabablari, uning mazmuni vaahamiyati yoritiladi. Kalit so’zlar: Abdurahmon Jomiy, Favoiduz ziyoiyya, nahv, arab tili grammatikasi, ilmiy meros, ta’lim, hoshiyalar. Abdurahmon Jomiyning ilmiy faoliyati tasavvuf, falsafa, adabiyot, grammatika, mantiq singari ko’plab sohalarni qamrab oladi. Uning din, xususan, arab tiliga oid asarlari qayta-qayta nashr etilgan, keyingi davrlarda ham madrasalarda darslik va qo’llanma vazifasini o’tagan. Uning ilmiy merosi birnechta asosiy yo’nalishlarga bo’linadi: 1. Tasavvuf va falsafa: Jomiyning asarlari tasavvuf falsafasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ular ilohiy muhabbat, ruhiy poklanish va insonning kamolotga erishish yo‘llarini ochib beradi. U o‘zining tasavvufiy qarashlarini Ibn Arabiy, Al-G‘azzoliy va Najmiddin Kubro singari buyuk mutafakkirlar ta’limotiga asoslanib rivojlantirgan. Abdurahmon Jomiy Hirot 172 naqshbandiylik tariqatining piri va murshidi bo’lgan. Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy Abdurahmon Jomiyni o’zlariga pirvaustozdeb bilishgan. Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 6,issue1,Fevral 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. U“Shavohidi nubuvva”(“Payg’ambarlikka dalillar”), “Naqshband ta’limoti haqida risola”, “Haj qilish yo’llari haqida risola”, “Xo’jalar tariqati haqida risola” va boshqa asarlarida islom dini, tasavvuf, falsafaning asosiy masalalari yuzasidan o’z fikrlarini bayon etgan. Jumladan, “Nafahot ul-uns min hazorot il-quds” (“Muqaddas dargohdan esuvchi do’stlik shabadalari”) asari tasavvuf tarixini o’rganishda muhim manba sanaladi, unda 616 nafar mutasavvif hayoti va faoliyati to’g’risida muxtasar ma’lumotlar bor. Hazrat Alisher Navoiy bu asarni Abdurahmon Jomiy vafotidan so’ngto’ldirishlarbilan turkiy tilga tarjimaqilgan. Abdurahmon Jomiy asarlarida diniy-tasavvufiy mazmun, Allohni tanish va bilish bilan bog’liq haqiqat majoziy yo’l bilan ifodalangan. Abdurahmon Jomiy Allohni yorug’ nur ko’rinishida tasavvur etgan va uni go’zal mahbub qiyofasida tasvirlagan. Uning fikriga ko’ra, Alloh minglab ko’zguda, turli qiyofa va ko’rinishda namoyon bo’ladi. Ulug’ shoir Abdurahmon Jomiy hayot, inson go’zalligi, tuyg’u va ehtiroslariga tasavvufiy ma’no bergan. “Tuhfat ul ahror” (“Ahrorlaruchuntuhfa”) asarida tasavvufga oidatamalarni izohlagan. 2. Adabiyot va she’riyat: Abdurahmon Jomiy fors-tojik adabiyotida o’ziga xos she’riy maktab yaratgan va o’z ijodida insoniyatning ma’naviy yuksalishiga xizmat qiluvchi asarlar qoldirgan. Uning eng yirik adabiy merosi “Haft avrang” (“Yetti taxt”) she’riy turkumidir. Bu to’plam yetti masnaviydan iborat bo’lib, ularda turli falsafiy, tasavvufiy va axloqiy mavzular yoritilgan: 1.“Olijanoblarga tortiq”(1481-1482); 2.“Taqvodorlar tasbehi” (1482-1483); 3.“Yusufva Zulayho” (1485); 4.“Layli vaMajnun”(1485 yil yakunlangan); 5.“Iskandarning donishmandlik kitobi”(1485); 6.“Oltinzanjir”(uning uchinchi qismimuallifhayotining harxil davrlaridan tashkil topgan); 7.“Salomonva Ibsol”(1480-1481). Jomiyning she’riyati yuqori badiiy uslubi bilan ajralib turadi. U obrazlar, ramzlar va falsafiy mazmunni badiiylik bilan uyg’unlashtirishda benazir mahorat ko’rsatgan. Abdurahmon Jomiy ijodiy merosining so’nggi yillari “Bahoriston” (1487) dostoni, uchta lirik devon (1479-1491) va “Musiqahaqida risola”bilan boyitilgan. Uning “Risolayi aruz”, “Risolayi muammoyi kabir”, “Risolayi muammoyi sagʻir”, “Risolayi muammoyi mutavvassit”, “Risolayi muammoyi manzum”, “Sharhi bayti masnaviy, “Sharhi bayti Xusrav”, “Sharhirubbiyot”, “Risolayi qofiya” kabi asarlari Sharq adabiyoti tarixini, uning vazn, qofiya va sheʼr turlari bilan bogʻliq nazariy masalalarini oʻrganishda hozirgi kunga qadar oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Olimning faqat muammo haqidagina 4 ta nazariy qoʻllanma yaratgani yoki ulugʻ salaflari asarlarining murakkab bir baytini izohlash, tasavvufning biron atamasini yoritish uchun maxsus risolalar yozgani uning adabiyot tarixini oʻrganishga juda katta ahamiyat berganini, oʻzi bu sohalarning haqiqiy donishmandiboʻlganini koʻrsatadi. 3. Ilmiy asarlar: Jomiyning ilmiy merosi nafaqat adabiyot va tasavvuf, balki mantiq, 173 grammatika va tilshunoslik kabi sohalarni ham qamrab oladi. Uning aruz bilan bir qatorda musiqa na
Доказательный фрагмент
«Abdurahmon Jomiy (1414-1492) – o’z davrining yetuk mutafakkiri, tasavvuf falsafasining buyuk vakili hamda ilm-fan sohasida yuksak yutuqlarga erishgan shoir va olim.»
Образец извлечения
Демо-превьюAbdurahmon Jomiy (1414-1492) – o’z davrining yetuk mutafakkiri, tasavvuf falsafasining buyuk vakili hamda ilm-fan sohasida yuksak yutuqlarga erishgan shoir va olim. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ta’lim, ilmiy meros, hoshiyalar., Abdurahmon Jomiy, arab tili grammatikasi, nahv, Favoiduz ziyoiyya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025