Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JAMIYAT VA OILADA BOLALARNING IJTIMOIY HIMOYASI ASOSLARI
Adizova Marjona Mirazizovna
Научный информационный бюллетень · 6 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada bolalarning ijtimoiy himoyasi, ularning jismoniy ehtiyojlarini qondirish, psixologik va ma’naviy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda oila va jamiyatning roli, bolalar uchun to‘g‘ri ijtimoiy himoya tizimini yaratish, jamiyatning barqaror rivojlanishining muhim omillari sifatida ijtimoiy himoya tizimi, oilalar, jamiyat va xalqaro tashkilotlarning bolalar ijtimoiy himoyasidagi hamkorligi, jamiyat va oilada bolalarning ijtimoiy himoyasi kabi masalalalr muhokamaqilinadi. Kalit so‘zlar: jamiyat, oila, ijtimoiy himoya, bolalar himoyasi, huquq, tenglik, tamoyillar, kuzatuv,diagnostika, statistiktahlil. Bolalar –jamiyatning eng himoyaga muhtoj qatlamlaridan biri hisoblanadi. Ularning rivojlanishi, ta’limi, sog‘lig‘i, huquqlari va erkinliklari to‘g‘risida doimiy g‘amxo‘rlik va e'tibor talab etiladi. Bolalarning ijtimoiy himoyasi — bu bolalarning jamiyatda to‘liq va xavfsiz o‘sishi, o‘z huquqlaridan foydalana olishlari va ularga zarur qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashga qaratilgan siyosat, tizim va amaliyotlar yig‘indisidir. Ijtimoiy himoya – bu nafaqat ijtimoiy xizmatlar, balki huquqiy, iqtisodiyva psixologik himoya vositalarini ham o‘z ichiga oladi. Jamiyatda va oilada bolalarning ijtimoiy himoyasi tushunchasi chuqur mazmun va mohiyatga ega.Bolalar ijtimoiy himoyasini aniqlashda ko‘plab yondashuvlar mavjud. Bu tushuncha,asosan, bolalarning jamiyatdagi himoyasini ta’minlash, ularga o‘rganish, rivojlanish, o‘qish, sog‘lom hayot kechirish, va adolatli sharoitlar yaratish uchun zarur bo‘lgan barcha imkoniyatlarni taqdim etishga qaratilgan tizimsifatidatushuniladi. Ijtimoiy himoya – bu faqat fuqarolik huquqlarini himoya qilish emas, balki bolalarning iqtisodiy, ijtimoiy, sog‘liqni saqlash va ma’naviy ehtiyojlarini ham qamrab oladi. Bolalarni himoya qilishning asosiy maqsadi, ularning jamiyatda teng huquqli va baxtli hayot kechirishlariga imkon yaratishdir. Bolalar – o‘zlarini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan, o‘rganishga va ijtimoiy muhitga moslashishga ehtiyoj sezadigan aholi qatlamidir. Ularning huquqlari, o‘rganish imkoniyatlari, sog‘liqni saqlash, uy-joy va boshqa zaruriyatlari jamiyat tomonidan doimiy nazoratda bo‘lishi kerak. Jamiyatda vaoiladabolalarning ijtimoiy himoyasi tizimi quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi: 1. Jamiyatda va oilada bolalarning huquqlari va erkinliklari. Har bir bola o‘zining inson sifatida huquqlarga ega bo‘lishi kerak. Bolalar huquqlari bo‘yicha xalqaro konvensiya (BCHB) va boshqa huquqiy hujjatlar, bolalarga nisbatan diskriminatsiyaga yo‘l qo‘ymaslikni, ularni shaxs sifatidahurmat qilishni,vaqti-vaqti bilanehtiyojlariga qarab yordam berishni belgilaydi. 2. Tenglik va adolat. Har bir bola teng huquqlarga ega bo‘lishi kerak. Taqsimot, imkoniyatlar va xizmatlar tenglik asosida amalga oshirilishi lozim. Hech bir bola ijtimoiy yoki iqtisodiy holatiga qarab biron-birhuquqdan mahrum bo‘lmasligi kerak. 293 3. Jamiyatda va oilada bolalarni himoya qilishning universalligi. Bolalar ijtimoiy himoyasi barcha bolalarni o‘z ichiga oladi, masalan, yetim bolalar, nogiron bolalar, iqtisodiy jihatdan zaif oilalar farzandlari, immigratsiya qilgan bolalar, ijtimoiy va psixologik jihatdan qiyinchiliklarga duchorbo‘lgan bolalar. Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 6,issue1,Fevral 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. 4. Bolalarning o‘zaro munosabatlar va tarbiyasi. Ijtimoiy himoya tizimi faqat tashqi sharoitlar bilan cheklanmasdan, bolalarning o‘zgalar bilan aloqalari, oila muhitida ularni tarbiyalash va o‘qitish kabi masalalarni ham o‘z ichiga oladi. 5. Jamiyatda va oilada bolalarni himoya qilishda jamiyat va davlatning mas'uliyati. Bolalar ijtimoiy himoyasi faqat ota-onalar yoki oilalarning mas'uliyatiga emas, balki butun jamiyat va davlatning vazifasidir. Oila va davlatning o‘zaro aloqalarini mustahkamlash, har bir bolaning huquqlarini himoya qilishdamuhim rolo‘ynaydi. Bolalar ijtimoiy himoyasining ijtimoiy-psixologik asoslari ham kattaahamiyatga ega. Bola o‘sib- ulg‘ayganida uning psixologik holati, rivojlanishi va muhit bilan o‘zaro aloqasi jamiyatning qo‘llab-quvvatlashi, psixologik yordam va qo‘llab-quvvatlash orqali shakllanadi. Shuning uchun, ijtimoiy himoya faqat tashqi yordam emas, balki bola ichki holatini, uning psixologik va emotsionalehtiyojlarini inobatga olgan holda amalgaoshirilishi zarur. Jamiyatda bolalarning psixologik ehtiyojlari haqida to‘g‘ri tushuncha va bilimga ega bo‘lish, ularni tarbiyalash va qo‘llab-quvvatlashda muvaffaqiyatli bo‘lish imkoniyatini yaratadi. Shuningdek, bola o‘sishi jarayonida u bilan ishlashda oilaning, maktab va boshqa ijtimoiy muassasalarining muhimo‘rni bor. Jamiyatda va oilada bolalarni ijtimoiy himoya qilishning asosiy mexanizmlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: qonunchilik – bolalar huquqlarini himoya qilishga doir qabul qilingan milliy va xalqaro qonunlar vanormat
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada bolalarning ijtimoiy himoyasi, ularning jismoniy ehtiyojlarini qondirish, psixologik va ma’naviy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda oila va jamiyatning roli, bolalar uchun to‘g‘ri ijtimoiy himoya tizi…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada bolalarning ijtimoiy himoyasi, ularning jismoniy ehtiyojlarini qondirish, psixologik va ma’naviy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda oila va jamiyatning roli, bolalar uchun to‘g‘ri ijtimoiy himoya tizi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- statistik tahlil., huquq, tenglik, diagnostika, bolalar himoyasi, oila, tamoyillar, jamiyat, ijtimoiy himoya, kuzatuv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025