К содержанию
РецензированоUZ2025

,,TIME MANAGEMENT” ASOSIDA MAKTAB DIREKTORLARINING BOSHQARUV SAMARADORLIGINI OSHIRISH

TIMEMANAGEMENT”ASOSIDAMAKTAB DIREKTORLARINING BOSHQARUV · SAMARADORLIGINI OSHIRISH · Sanaqulova E’zoza Shavkatjonqizi

Научный информационный бюллетень · 6 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada maktab direktorlarining boshqaruv samaradorligini oshirishda “Time Management” konsepsiyasining ahamiyati tahlil qilinadi. Maktab rahbarlarining samarali vaqtni rejalashtirish ko‘nikmalari ta’lim jarayonini yaxshilash va tashkilotning strategik maqsadlariga erishish imkoniyatlarini kengaytiradi. Tadqiqot davomida vaqtni boshqarishning zamonaviy usullari, ularning samaradorligi va amaliy qo‘llanilishi o‘rganiladi. Shuningdek, maktab direktorlarining vaqtni to‘g‘ri taqsimlash orqali ta’lim sifatini oshirishga ta’siri muhokamaqilinadi. Kalit so‘zlar: Time management, maktab direktori, boshqaruv samaradorligi, ta’lim tizimi, vaqtniboshqarish, rejalashtirish, strategik maqsadlar. Bugungi kunda tezlik bilan rivojlanib borayotgan zamonda insonlarda vaqt yetishmasligidan ko‘plab norizo bo‘lishadi. Albatta bu, ta’lim muassasalari rahbarlari begona emas. Ular o‘z faoliyatida samaradorlikni oshirish va vaqtni oqilona boshqarish muammosi bilan duch kelmoqdalar. Umumta’lim maktablari rahbarlari vaqtni boshqarish qobiliyatini rivojlantirish orqali o‘zlarining boshqaruv jarayonlarini samarali tashkil etishlari mumkin. Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, ,,time menejment’’ nazariyasining asosiy tamoyillarini o‘rganish va unga amal qilish maktab rahbarlari uchun niyohatdaahamiyatlidir. ,,Time menejment’’ nazariyalarini maktab rahbarlari faoliyatiga integratsiya qilish ularning tashkiliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga, qaror qabul qilish jarayonlarini yaxshilashga va ta’lim sifatinioshirishga xizmat qiladi.Shusababli, ushbu mavzu ilmiyva amaliy jihatdan muhimdir. Demak, biz oldin ,,Time menejment’’ nazariyasining asosiy tamoyillari bilan tanishib o‘tamiz. Time menejment – bu vaqt resurslarini rejalashtirish va boshqarish san’ati bo‘lib, shaxsiy va kasbiy faoliyatda samaradorlikni oshirishga yordam beradi. Uning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: Birinchidan, time menejmentga amal qilish uchun maqsadni aniqlash va ustuvorliklarni belgilash lozim bo‘ladi. Vaqtni samarali taqsimlash uchun aniq maqsad va ustuvor vazifalarni belgilash. 308 Ikkinchidan, rejalashtirish va tartib-intizomga rioya qilish ya’ni, har kunlik, haftalik va oylik rejalashtirish orqali samaradorlikni oshirish mumkin. Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 6,issue1,Fevral 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. Keyingi qadam, delegatsiya qilish. Bunda rahbar barcha vazifalarni mustaqil bajarish o‘rniga, ularni xodimlarga taqsimlashi lozimhisoblanadi. To‘rtinchidan, ish jarayonlarini optimallashtirish orqali maktab rahbarlari mehnat unumdorligini oshirishuchun zamonaviy boshqaruv texnologiyalaridan foydalanishlari lozim. Oxirgi qadam, chalg‘ituvchi omillarni kamaytirish – vaqtni befoyda sarflashga olib keladigan omillarni minimallashtirish lozim, shundaginaish unumdorligining oshirishga yordam beradi. ,,Time menejment’’ nazariyasining asosiy tamoyillarini maktab rahbarlari faoliyatiga tatbiq etishlari mumkin. Zamonaviy time menejment yondashuvlari Eisenhower matritsasi, Pomodoro texnikasi, SMART maqsad belgilash, GTD – Getting Things Done usullari orqali maktab boshqaruvida samarali qo‘llaniladi. Boshqaruv samaradorligini oshirish uchun klassik va zamonaviy time menejment modellari maktab rahbarlari faoliyatiga qanday moslashtirilishi mumkinligi tahlil qilinadi. Maktab rahbarlari tomonidan samarali time menejment strategiyalarining qo‘llanilishi ularning boshqaruv samaradorligini oshiradi va ta’lim jarayonining sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ta’lim muassasasida tizimli time menejment tamoyillarining joriy etilishi o‘qituvchilar va boshqa xodimlarningish samaradorligini oshiradi. Shuningdek, vaqtni boshqarish ish joyidagi muhim mahoratdir. Bu unumdorlikka erishish, stressni kamaytirish va sog‘lom ish va hayot muvozanatini saqlash uchun zarurdir. Bugungi tezkor ish muhitida vaqtni samarali boshqarish muvaffaqiyat va charchash o‘rtasidagi farq bo‘lishimumkin. Zamonaviy umumiy ta’lim tizimi samarali boshqaruv qarorlarini talab qiladigan ko‘plab muammolarga duch kelmoqda. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi, ijtimoiyiqtisodiy sohadagi o‘zgarishlar va ta’lim sifatiga qo‘yiladigan talablar ortib borayotgan bir sharoitda umumta’lim maktablari rahbarlari ta’lim muassasalarining muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi va rivojlanishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ta’lim muassasalarida samarali boshqaruv nafaqat qulay o‘quv muhitini yaratishga yordam beradi, balki o‘quv natijalariga, professor-o‘qituvchilarning kasbiy o‘sishiga va o‘quv jarayonining barcha ishtirokchilarining qoniqishdarajasiga ijobiy ta’sirko‘rsatadi. Maktablarda boshqaruvga ta’sir etuvchi asosiy omillar tashkiliy tuzilmani optimallashtirish, o‘qituvchilarni rag‘batlantirish va rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish, pedagogik boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish va resurslar

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada maktab direktorlarining boshqaruv samaradorligini oshirishda “Time Management” konsepsiyasining ahamiyati tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada maktab direktorlarining boshqaruv samaradorligini oshirishda “Time Management” konsepsiyasining ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
vaqtni boshqarish, rejalashtirish, maktab direktori, ta’lim tizimi, boshqaruv samaradorligi, strategik maqsadlar., Time management
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники