Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OILA MUHIT BARQARORLIGINING BOLA PSIXOLOGIYASIGA TA’SIRI VA UNING DOLZARB MUAMMOLARI
DSc., dots.Z.S.Elov,magistr. · OILAMUHIT BARQARORLIGINING BOLAPSIXOLOGIYASIGA TA’SIRIVA · UNING DOLZARB MUAMMOLARI
ИКРО журнал · 14 · 3071-3076 · 2025
Аннотация
This article highlights the impact of the stability of the family environment on the psychology of the child growing up in the family. Additionally, interesting insights are provided about the teachings of our ancestors. It discusses how parents should behave in front of their children, the importance of paying attention to family psychology, and the critical role they play. This topicis undoubtedly relevant. Key words: Child psychology, family, family relations, family environment, socialization, children, motherland, state, peace, affection, love, enthusiasm, complete family, incomplete family, spirituality, culture. Kirish. Inson psixalogik rivojlanishi va shaxsiyati shakllanishining asosiy omillaridan biri oila muhitidir. Oila – bu inson hayotidagi eng birinchi ijtimoiy institut bo‘lib, u bolani dunyo bilan tanishtiruvchi hamda uning ma’naviy, ruhiy va aqliy salomatligini ta’minlovchi birinchi muhit hisoblanadi. Mazkur ilmiy maqolada oila muhitining barqarorligi va uning bolaning psixologik rivojiga ta’sirini chuqurroq tahlil qilish, shuningdek, noto‘liq oilalar sharoitida tarbiyalanayotgan farzandlarning psixologik holatiga oid dolzarb muammolaro‘rganiladi. Oila muhitining shaxsiyat shakllanishida tutgan o‘rni. Shaxs ma’naviyati, uning dunyoqarashi, tasavvuri va e’tiqodiga aloqador ko‘nikmalar majmui asosan oilada shakllanadi. Shu ma’noda, oila – haqiqiy ma’naviyat o‘chog‘i, tarbiya omili muhiti bo‘lib hisoblanadi. Bobolarimizning o‘gitlari va ota-ona mehri orqali bolaga dastlabki dunyoqarash singdiriladi. Hukumatimizning oila mustahkamligini ta’minlash, uning ijtimoiy funktsiyalarini amalga www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 oshirish imkoniyatlarini kengaytirish, ayniqsa, oilaning farzandlar tarbiyalashdagi nufuzini oshirishga ko‘maklashish hamda yosh er-xotinlarning moddiy hamda maishiy shart-sharoitlarini yaxshilash borasidagi aniq dasturiy tadbirlari mamlakatimizda oila va nikoh munosabatlarining qadriyat sifatidae’tirofetilishinita’minlaydi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev aytganlaridek: «Oila kichik vatan, oila tinch bo‘lsa, vatan tinch bo‘ladi». Oila tuzilishi turli xil ota-ona resurslari orqali bolaning farovonligiga ta’sir qilishi mumkin: ruhiy salomatlik, munosabatlar sifati, ota-ona sifati va ota-onaning ishtiroki. Har bir oilada voyaga yetayotgan farzand tarbiyasiga ta’sir etmay qo‘ymaydi. Farzand psixologiyasiga oilaning tarkibi ham o‘z ta’siriniko‘rsatishi fanda o‘z isbotini topgan. Oila tuzilishi va farzand tarbiyasi. Oila tuzilishiga kelsak, an’anaviy oilalar, tuzilishiga ko‘ra to‘liq va noto‘liq oilalarga bo‘linadi. Oilada faqat bir ota yoki ona bo‘lsa, bunday oila noto‘liq oila deb ataladi. Noto‘liq oila haqida gapirilganda shuni alohida ta’kidlash joizki, noto‘liq oilalar turlicha yuzaga keladi. Oilada er-xotinlardan birining vafot etganligi tufayli yoki ularning ajralishi tufayli oila noto‘liq bo‘lib qolishi mumkin. Albatta, oilada ota yoki onaning vafot etishi bu ulkan fojea, lekin bunday oilalarda marhumning ruhi hurmati, unga nisbatan ijobiy munosabatlar saqlanib qoladi. Biroq, er-xotinningajralishi sababliyuzaga kelgan noto‘liq oilalarda «tirikyetim»bolalar qoladi. «Tirik yetimlik» jamoatchilik o‘rtasida, ayniqsa bolalar jamoalarida (bog‘chada, maktabda, teng doshlar davrasida) nisbatan kuchliroq qoralanadi. Ajralish faqatgina ajralgan er-xotinlarga emas, balki ajralish oqibatida otasiz yashayotgan farzandlarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Izlanishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, noan’anaviy oilalar farzandlari an’anaviy oilalar farzandlariga qaraganda psixososial muammolarga duch kelish xavfi yuqori ekanligi o‘z isbotini topdi. Ushbu natijalar an’anaviy oilalar farzandlari noan’anaviy oilalarga qaraganda kamroq ijtimoiy- emotsional va yuqori kognitiv ko‘rsatkichlarga ega degan xulosaga kelgan oldingi tekshiruvlarni tasdiqladi. Noto‘liq oilada voyaga yetayotgan farzandlarning psixologik xususiyatlari. Bunday oilalarda voyaga yetayotgan farzandlar o‘zida bolalik pozitsiyasini emas, balki ota, ona yoki katta odam pozitsiyasini shakllantiradilar. Natijada, ularning psixologiyasida bir qancha buzilishlar paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, noto‘liq oilada ona tomonidan katta o‘g‘ilga ota rolini yuklab, o‘g‘il pozitsiyasiga chek qo‘yish ham kuzatiladi. Noto‘liq oilada voyaga yetayotgan qiz bola ham ayol va erkakning o‘zaro munosabatlariga noto‘g‘ri yondashishi mumkin. Psixologlarning ta’kidlashlaricha, «otaning yo‘qligi onaning yo‘qligiga nisbatan bola tarqiqiyotiga kamroq salbiy ta’sirko‘rsatadi, chunki ona bolani emotsional jihatdan barcha ehtiyojlarini qondira oladi». Affektiv ajralish va uning bola ruhiyatiga ta’siri. Psixologiyada «affektiv ajralish» tushunchasi ham mavjud bo‘lib, uning bola ruhiyatiga ta’siri yuridik ajralishdan asoratliroq va og‘iroq hisoblanadi. Bunday ajralishning psixologik mohiyati shundaki, ba’zan yuridik jihatdan bir
Доказательный фрагмент
«This article highlights the impact of the stability of the family environment on the psychology of the child growing up in the family.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article highlights the impact of the stability of the family environment on the psychology of the child growing up in the family. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Child psychology, family, family relations, family environment, socialization, to‘liq oila, madaniyat., muhabbat, bola psixologiyasi, oila muhiti, farzandlar, oila, ijtimoiylashuv, vatan, davlat, tinchlik, ma’naviyat, oilaviy munosabatlar, mehr, qadriyat, ishtiyoq
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025