К содержанию
РецензированоUZ2025

MINTAQADA ZIYORAT TURIZMINI DIVERSIFIKATSIYA QILISH VA RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Naimova Sh.Gʻ. · MINTAQADA ZIYORAT TURIZMINI DIVERSIFIKATSIYAQILISHVA · RIVOJLANTIRISHMEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

ИКРО журнал · 14 · 2025

Аннотация

Mazkur tadqiqot mintaqada ziyorat turizmini diversifikatsiya qilish va uni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan. Ziyorat turizmi nafaqat diniy-madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan tarmoq, balki mintaqaviy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga xizmat qiluvchi muhim yo‘nalish sifatida qaraladi. Shu sababli, uning diversifikatsiyasi orqali xizmatlar sektori kengaytirilishi, mavsumiy cheklovlar kamaytirilishi va turistik oqimniko‘paytirish imkoniyatlari yaratilishi mumkin. Tadqiqotda ziyorat turizmini sog‘lomlashtirish, gastronomik, ekoturizm va madaniy turizm bilan uyg‘unlashtirish, transport va mehmonxona infratuzilmasini takomillashtirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish, marketing strategiyalarini kuchaytirish hamda davlat-xususiy sheriklik asosida investitsiyalarni jalb qilish kabi diversifikatsiya mexanizmlari ilmiy jihatdan asoslangan holdatahlil qilingan. Shuningdek, xalqaro tajribalar asosida ziyorat turizmini rivojlantirishning samarali strategiyalari ko‘rib chiqilib, Qashqadaryo viloyati misolida uning iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasi baholangan. Natijalar asosida mintaqaviy turizm siyosatini takomillashtirishbo‘yichailmiy-amaliy tavsiyalarishlab chiqilgan.. Kalit soʻzlar: ziyorat turizmi, diversifikatsiya, turizm infratuzilmasi, mintaqaviy iqtisodiyot, investitsiyalar, turizmni rivojlantirish, innovatsion xizmatlar, raqamli texnologiyalar, davlat- xususiy sheriklik, ekoturizm, sog‘lomlashtirish turizmi, gastronomik turizm, marketing strategiyalari, transport va mehmonxonainfratuzilmasi. Kirish. Mamlakatimizda turizm industriyasini zamonaviy asoslarda barqaror rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda ziyorat turizmini diversifikatsiya qilish va uningrivojlanish mexanizmlarinitakomillashtirish sohasidainnovatsion infratuzilmalarni barpo etish, sohaga investitsiyalar jalb qilish, xizmatlar spektrini kengaytirish hamda turistik salohiyatdan samarali foydalanish bo‘yicha tizimliislohotlar amalga oshirilmoqda. Ziyorat turizmini rivojlantirishda an’anaviy usul va vositalar muqaddas joylarni jozibali ziyorat yo‘nalishlariga aylantirish, turistik xizmatlarning sifati va salohiyatini oshirish, halol turizm konsepsiyasini rivojlantirish kabi jihatlarga asoslanadi. Biroq, turistik faoliyatni zamonaviy yondashuvlar asosida diversifikatsiya qilish zarurati ortib bormoqda. Xususan, ziyorat turizmini ekologik turizm, sog‘lomlashtirish turizmi, gastronomik turizm va madaniy turizm bilan uyg‘unlashtirish, innovatsion xizmat turlarini joriy etish, raqamli texnologiyalar asosida ziyorat turizmini rivojlantirish hamda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini takomillashtirish kabi masalalar dolzarb ahamiyat kasbetmoqda. Shuningdek, ziyorat turizmi faoliyatining innovatsion va investitsion faolligini oshirish, klaster tizimlarini joriy etish orqali mintaqaviy turizmni yanada rivojlantirish zarurati mavjud. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, ziyorat turizmini diversifikatsiya qilish orqali xizmatlar sohasi va hududiy iqtisodiyotni samarali rivojlantirish mumkin. Shu bois, mamlakatimizda ziyorat turizmini yangi zamonaviy mexanizmlar asosida takomillashtirish va diversifikatsiya qilish www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 iqtisodiy samaradorlikni oshirish hamda turizm sohasining raqobatbardoshligini ta’minlash uchun muhimstrategik yo‘nalishlardan biri bo‘libqolmoqda. Ziyorat turizmini diversifikatsiya qilish zarurati va uni rivojlantirishning dolzarbligi hozirgi zamon talablariga javob berishi hamda global iqtisodiy jarayonlarga integratsiya qilish zarurati bilan izohlanadi. Ziyorat turizmi iqtisodiy rivojlanishning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, uning samarali boshqarilishi quyidagi jihatlarbilan asoslanadi:  ziyorat turizmi iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri sifatida kelajakda yuqori sur’atlar bilan rivojlanishi lozimligi – turizm sohasi mintaqaviy va milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, diversifikatsiya orqali xizmatlar turlarining kengayishi turistik faoliyatning uzoqmuddatlirivojlanishinita’minlaydi;  ziyorat turizmi rivojlanishi natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilishi-xizmat ko‘rsatish, infratuzilma, tadbirkorlik va transport tizimining rivojlanishi aholi bandligini oshirishga xizmat qiladi;  jahon miqyosidaziyorat turizmining jadal rivojlanishi-global miqyosda turizm sohasi yil sayin o‘sib bormoqda va O‘zbekistonning boy madaniy merosi bu jarayonga faol qo‘shilish uchun qulay imkoniyat yaratadi;  ziyorat turizmiga xalqaro talabning ortib borishi-hozirgi kunda musulmon sayyohlar oqimi oshib borayotgani hisobga olinsa, halol turizm konsepsiyasi va innovatsion xizmatlar joriy etish orqali xizmatlar eksportini kengaytirish mumkin;  aholi daromadlari oshishi va turizm xizmatlariga talabning ortishi-turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish orqali ich

Доказательный фрагмент

«Mazkur tadqiqot mintaqada ziyorat turizmini diversifikatsiya qilish va uni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tadqiqot mintaqada ziyorat turizmini diversifikatsiya qilish va uni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
diversifikatsiya, turizm infratuzilmasi, turizmni rivojlantirish, raqamli texnologiyalar, sog‘lomlashtirish turizmi, transport va mehmonxona infratuzilmasi., ziyorat turizmi, innovatsion xizmatlar, mintaqaviy iqtisodiyot, davlat-xususiy sheriklik, gastronomik turizm, investitsiyalar, marketing strategiyalari, ekoturizm
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники