Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AKMEOLOGIK YONDASHUVNING BOSHLANG'ICH SINF O’QITUVCHILARINING FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA UNING O'RNI
XudaykulovDjalol Djafarovich · AKMEOLOGIK YONDASHUVNING BOSHLANG'ICH SINFO’QITUVCHILARINING · FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDAUNING O'RNI
ИКРО журнал · 14 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada Akmeologik yondashuvni boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari faoliyatiga tatbiq etish, o‘qituvchilarni rivojlantirish va ularning pedagogik faoliyatini sifatli qilishda muhim rol o‘ynashi ijodiy qobiliyatning boshlang‘ich ta’limda rivojlanishi o‘quv mashg‘ulotlarining rangba-rang tashkil qilinishi va u orqali o‘quvchilarning turli bilim va ko‘nikmalarni egallab olishlari muhim ahamiyat kasb etishi tahlilqilingan. Kalitso’zlar: boshlang‘ich ta'lim, integratsiya, fanlararo yondoshuv, ijodiy qobiliyat, akmeologiya, pedagogika, shaxsiy rivojlanish, ijodiy fikrlash, shaxsiy fazilat, ta'lim tizimi, qo‘llab-quvvatlash,ta'lim samaradorligi. O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish masalasi XXI-asrga kelib o’z dolzarbligi bilan alohida mazmun kasb etmoqda, shu nuqtai-nazardan ham o‘qituvchilarni professional rivojlantirish, malaka oshirish va yangi pedagogik metodlarni tatbiq etish bu jarayonda muhim o‘rin tutadi. Akmeologik yondashuv ta’lim tizimidagi bu o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlash bilan bir qatorda, o‘qituvchilarni eng yuqori natijalarga erishishga imkonini beradi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ta’lim tizimining muhim bo‘g‘inlaridan biri ekanligi bilan ajralib turadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining pedagogik faoliyatining samaradorligi, o‘quvchilarning bilim olish darajasi va shaxsiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu boisdan, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining malakasini oshirish va professional o‘sishini ta'minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Akmeologik yondashuv o‘qituvchilarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishini tizimli ravishda qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlar va texnologiyalarni qo‘llash zarurati ortib bormoqda. Akmeologik yondashuv orqali o‘qituvchilarni zamonaviy pedagogik metodlar va texnikalarga o‘rgatish, ularni yangi pedagogik yondashuvlarga tayyorlash masalasi dolzarb hisoblanadi. Bu, o‘z navbatida, ta’lim jarayonini samarali va sifatli qilishga muhim rol o’ynaydi. Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarni shaxs sifatida shakllantiribgina qolmay, o’quvchilarning ta’lim olishdagi muvaffaqiyati ko‘p jihatdan o‘qituvchilarning kasbiy mahoratiga bog‘liq. Akmeologik yondashuv yordamida o‘qituvchilar o‘z faoliyatini mukammallashtirib, o‘quvchilarga samarali ta’lim berish imkonini yaratadi, bu esa o’z navbatida o‘quvchilarning ijtimoiy, intellektual vashaxsiy rivojlanishiga ijobiy ta’sirko‘rsatadi. Zamonaviy pedagogik fanlar o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashish, yangi bilimlarni va texnologiyalarni o‘zlashtirishni talab qiladi. Akmeologik yondashuv, o‘qituvchilarga o‘z faoliyatini doimiy ravishda yangilab, o‘zlashtirishga yordam beradi. Bu, o‘z navbatida, ta’lim tizimining zamon bilan hamohang rivojlanishiga yordam berishi muhim nuqta hisoblanib muammoning dolzarbligini belgilab beradi. Akmeologik yondashuvni boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga tatbiq etish metodlari bo‘yicha bir qancha psixоlоg hamda pеdagоglar (L.I. Miroshnikova “shaxsiy rivojlanishning akmeologik yondashuvlari” haqida olib borgan, G.P. Ponomarenko akmeologik yondashuvni professional o‘sish va kasbiy faoliyatni samarali bajarish uchun zarur bo‘lgan shaxsiy fazilatlarni rivojlantirishda qo‘llagan, T.V. Shmeleva akmeologik yondashuvni o‘quvchilarning shaxsiy va www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 kasbiy rivojlanishida qo‘llashni ilmiy asoslagan,V.A. Petrov akmeologiyaning o‘quvchilarni rivojlantirishda vapedagogik amaliyotda qo‘llashda ilmiytadqiqotlar olib borgan, V.V. Davydov “shaxsning shakllanishi va rivojlanishidagi akmeologik yondashuv” mavzusidagi ishlari bilan mashhur, Venger, M. M. Verbitskiy, A. A. Shadrikov, S. I. Goykhman, N. S,Filippovalar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar insonning maksimal rivojlanishiga erishish, uning professional va shaxsiy rivojlanishini o‘rganish bilan shug‘ullanadigan fan sifatida, pedagogika va psixologiyaning integratsiyasi doirasida o‘rganilmoqda. Akmeologiyaningpedagogikafanidagi o‘rni Akmeologiya pedagogika fanida muhim o‘rin tutadi, chunki u o‘qituvchilar va o‘quvchilarning professional va shaxsiy muvaffaqiyatlarini yuksaltirishga yordam beradi. Pedagogik akmeologiya o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini va pedagogik faoliyatdagi yuqori natijalarga erishishni ta’minlashgaqaratilgan. Pedagogika vaakmeologiya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik: Pedagogik rivojlanish: Akmeologiya, pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, pedagogik malakalarini rivojlantirish va o‘qituvchilarni o‘z ishlarida yuqori natijalarga erishishga undaydi. Akmeologik yondashuv pedagogning rivojlanishinitashkillashtirishdaasosiy o‘rin tutadi. O‘qituvchining shaxsiy va professional rivojlanishi: Akmeologiya o‘qituvchilarning shaxsiy fazilatlari va pedagogik metodlarni mukammallashtirishda yordam beradi. O‘qituvchining pedagogik faoliyatidagi muvaffaqiyatlar akmeologik yondashuv orqali o‘rganiladi vaqo‘llaniladi. Ta’
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Akmeologik yondashuvni boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari faoliyatiga tatbiq etish, o‘qituvchilarni rivojlantirish va ularning pedagogik faoliyatini sifatli qilishda muhim rol o‘ynashi ijodiy qobiliyatni…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Akmeologik yondashuvni boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari faoliyatiga tatbiq etish, o‘qituvchilarni rivojlantirish va ularning pedagogik faoliyatini sifatli qilishda muhim rol o‘ynashi ijodiy qobiliyatni… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijodiy fikrlash, ijodiy qobiliyat, shaxsiy fazilat, akmeologiya, fanlararo yondoshuv, boshlang‘ich ta'lim, shaxsiy rivojlanish, pedagogika, ta'lim samaradorligi., qo‘llab-quvvatlash, ta'lim tizimi, integratsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025