К содержанию
РецензированоUZ2025

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA IJODIY QOBILIYATNI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI

Ikromova ShahnozaRajabovna · BOSHLANG‘ICHTA’LIMDA IJODIYQOBILIYATNI RIVOJLANTIRISHNING

ИКРО журнал · 14 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada ta’lim jarayonining mazmuni va sifati axborotlashgan jamiyatning dolzarb masalalari va ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rilyotgani, o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda integratsiyalashgan yondashuvlarning rolini o‘rganish shuningdek ijodiy qobiliyatning boshlang‘ich ta’limda rivojlanishi o‘quv mashg‘ulotlarining rangba-rang tashkil qilinishi va u orqali o‘quvchilarning turli bilim va ko‘nikmalarni egallab olishlari muhim ahamiyat kasb etishi tahlilqilingan. Kalitso’zlar: boshlang‘ich ta'lim, integratsiya, fanlararo yondoshuv, ijodiy qobiliyat, ta'lim metodikasi, pedagogika, innovatsion metodlar, ijodiy fikrlash, yaratilish va kreativlik, ta'lim tizimi,o‘quvchi faoliyati, ta'lim samaradorligi. Kirish: O‘zbekistonda barpo etilayotgan Uchinchi renessans davrida boshlang’ich ta’limni rivojlantirish va uning vositasida 7-11 yoshli shaxslarni barkamol voyaga yetkazish muhim vazifa hisoblanadi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2022-yil 20-dekabr kuni Oliy Majlisga yo’llagan murojaatnomasida quyidagi vazifalar alohida qo’yildi:“Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi”. Shu ma’noda oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo’lajak o’qituvchilarga o’qitilayotgan “Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi” fani quyidagi jihatlardan takomillashtirilishi lozim: -fanning o’quvdasturini hozirgi zamon talablari asosidatakomillashtirish; -fan bo’yicha talabalar va amaliy faoliyatdagi o’qituchilar hamda murabbiylar uchun xalqaro mezonlarga mosdarslik va o’quvqo’llanmalari yaratish; -boshlangich ta’limjarayonini yangi pedagogik ishlanmalarbilan boyitish. Mazkur vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida “Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi” fanining o’quv dasturi 2024-2025 o’quv yilidan boshlab takomillashtirildi, uni o’qitish asoslari yangilanib qator darsliklar tuzildi. Shuningdek boshlang‘ich ta’lim fanlarini integratsiyalash orqali o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga mo’ljallangan holda yangi zamonaviy darsliklar umumta’limmaktablari amaliyotidatadbiq etildi. 1Integratsiyalashgan ta’lim serqirra harakterga ega. Umumta’lim muassasalarida samarali ta’lim jarayonini tashkil qilish qulay ta’lim muhitini yaratish, o’quvchilar bilan ishlash uchun o’qituvchinig pedagogik qobiliyati, tajribasi, bilim va malakasi hamda uni qo‘llay olishi muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy pedagog hayotning barcha sohalarida faol bo‘lishi lozim. Biroq, ular orasida psixologiya muhim ahamiyatgaega. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 Pedagog faoliyati - bu eng avvalo boshlang‘ich ta'limda fanlararo integratsiyani amalga oshirishda o‘quvchilarni bir nechta fanlar bo‘yicha bir vaqtning o‘zida bilim olishga undaydi. Bu jarayonda pedagog turli fanlar o‘rtasida bog‘lanishlar yaratib, o‘quvchilarni birlashtirilgan, tizimli tarzda fikrlashga o‘rgatadi. Aynan, mana shu o‘qituvchi o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun turli usullarni qo‘llaydi. Bunga kreativ mashqlar, guruh ishlari, muammolarni hal qilish vazifalari, loyihalar va o‘yinlar kiradi. Pedagog o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus metodikalarni ishlab chiqadi. Pedagog o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda, har bir o‘quvchining qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Masalan, ayrim o‘quvchilar uchun ijodiy qobiliyatlarni oshirishga qaratilgan qo‘shimchamashqlar va topshiriqlarbera olishishart. Muammo doirasida ilmiy manbalarni tahlil qilish natijasida boshlang‘ich ta'limda fanlararo integratsiyaning nazariy asoslarini o‘rganadi va bu yondoshuvni o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qanday ta'sir ko‘rsatishini tahlil qiladi. Fanlararo integratsiya orqali ta'lim jarayonining birlashtirilgan va tizimli yondoshuv bilan amalga oshirilishi nazariy jihatdan asoslanadi. Ijodiy qobiliyatlarning rivojlanishi bilan bog‘liq psixologik va pedagogik asoslarni o‘rganadi. Ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish uchun ta'lim jarayonida qanday psixologik, kognitiv va emotsional yondoshuvlar qo‘llanishi zarurligini ko‘rsatadi. Tadqiqotda o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlari, motivatsiya va faoliyatga bo‘lgan yondoshuvlarning ijodiy rivojlanishga ta'siri faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Har qanday faoliyatni psixologik ta’minlash o‘qituvchi yangi texnologiyalarni o‘z faoliyatiga kiritadi. Bu interaktiv ta'lim vositalari, raqamli materiallar, onlayn platformalar va boshqa zamonaviy ta'lim texnologiyalarini o‘z ichiga olishi mumkin. Bu pedagogga o‘quvchilarga yanada qiziqarli va samarali ta'lim berish imkoniyatini yaratadi. Har qanday faoliyatni takomillashtirish ayniqsa, uning murakkab, keng qamrovli ekanligi uni amalga oshiruvchi shaxsga nisbatan bir qator talablarni qo‘yadigan faoliyatning samaradorligini oshirish bizning mustaqil de

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada ta’lim jarayonining mazmuni va sifati axborotlashgan jamiyatning dolzarb masalalari va ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rilyotgani, o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda inte…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada ta’lim jarayonining mazmuni va sifati axborotlashgan jamiyatning dolzarb masalalari va ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rilyotgani, o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda inte… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o‘quvchi faoliyati, ijodiy fikrlash, ijodiy qobiliyat, yaratilish va kreativlik, fanlararo yondoshuv, boshlang‘ich ta'lim, innovatsion metodlar, pedagogika, ta'lim samaradorligi., ta'lim metodikasi, ta'lim tizimi, integratsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники