К содержанию
РецензированоRU2025

TALABALARDA XAVOTIRLANISH NAMOYON BO’LISHINING ILMIY-NAZARIY JIHATLARI

Boboxolova ShahnozaAkrom qizi · TALABALARDAXAVOTIRLANISH NAMOYON BO’LISHINING · ILMIY-NAZARIY JIHATLARI

Международный журнал научных исследователей · 10 · 2025

Аннотация

В данной статье рассматриваются научно-теоретические аспекты проявления тревожности у студентов. Анализируется понятие тревожности, её психологические основы, а также особенности проявления в разные возрастные периоды. Кроме того, изучается предрасположенность студентов к тревожности, факторы, её вызывающие, стрессовые ситуации в образовательном процессе и соответствующие механизмы защиты. В исследовании используются современные научные подходы для анализа психологического и социального воздействия тревожности. Полученные результаты способствуют разработкеэффективных методовпсихологической поддержкистудентов. Ключевые слова:Тревожность, студенческий период, психологическая защита, стрессовые факторы, образовательный процесс, психологическое воздействие, социальные факторы, механизмы адаптации, личностные особенности, эмоциональная стабильность. Kirish: Hozirgi kunda ta’lim jarayoni shiddat bilan rivojlanib, talabalar oldiga yuqori intellektual va psixologik barqarorlik talab qiluvchi vazifalar qo‘yilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqlarida yoshlarga bo‘lgan e’tibor va ularning intellektual, ma’naviy hamda ruhiy barkamolligini ta’minlash masalasini alohidata’kidlab o‘tadi. 410 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 10,issue1,February 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X Jumladan, “Yoshlar – bizning bebaho boyligimiz, umidimiz va kelajagimiz. Ularning bilim olishi, kasb-hunar o‘rganishi, ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish –bizning eng muhimvazifamizdir”degan edi.1 Ta’lim jarayonida talabalar nafaqat nazariy bilimlarga ega bo‘lishlari, balki turli psixologik muammolarni, jumladan, xavotirlanishni boshqarish qobiliyatlarini ham shakllantirishlari zarur. Xavotirlanish shaxsning ichki holati sifatida talabalarning akademik faoliyatiga, shaxsiy hayotiga va kelajakdagi kasbiy muvaffaqiyatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, talabalarda xavotirlanishning namoyon bo‘lish xususiyatlarini o‘rganish va ularning psixologik himoya mexanizmlarinianiqlash dolzarb ilmiymuammolardan biri hisoblanadi. Adabiyotlar tahlili: Talabalarda xavotirlanish va uning psixologik himoya mexanizmlari haqida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar mavjud. Xavotirlanish psixologiyasini o‘rganish jarayonida turli yondashuvlar va nazariyalar shakllangan. Birinchi navbatda, Eysenck2 (1997) xavotirlanishni shaxsiy xususiyat sifatida baholaydi va u psixologik holatlarning eng asosiy komponentlaridan biri sifatida qaraladi. Eysenckning fikriga ko‘ra, xavotirlanish insonning ichki holati bo‘lib, tashqi omillar ta’sirida kuchayishi yoki kamayishi mumkin. Bu yondashuv, talabalarning akademik faoliyati va shaxsiy hayotidagi xavotirlanish holatlarini aniqlashda muhim asos bo‘ladi. Spielberger3 (1983) xavotirlanishni ikki turga bo‘ladi: birinchi turdagi xavotirlanish - umumiy psixologik holat bo‘lib, ikkinchisi esa shaxsning ichki stressga qarshi ko‘rsatgan javobi sifatida qaraladi. Spielbergerning nazariyasiga ko‘ra, xavotirlanish nafaqat psixologik, balki fiziologik holat hamdir va bu holat talabaning umumiy ruhiy holatiga ta’sir qiladi. Uning tadqiqotlari talabalar orasida xavotirlanishning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilishda muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Lazarus va Folkman4 (1984) esa o‘zlarining “Stress va ko‘rsatgan javoblar” teoriyasida xavotirlanishni stressga javob sifatida ko‘rib, bu holatni boshqarish mexanizmlariga asoslanadi. Ularning fikricha, xavotirlanish psixologik himoya mexanizmlari orqali boshqarilishi mumkin. Talabalar orasida stress holatlarining va xavotirlanishning boshqarilishi, ayniqsa, ta’lim jarayonida muvaffaqiyatga erishish uchun juda muhimdir. Lazarus va Folkmanning bu yondashuvi, talabalarda xavotirlanishni boshqarish uchun samarali strategiyalarni ishlab chiqishdayordam beradi. Natija: Tadqiqot natijalari talabalarda xavotirlanishning akademik muvaffaqiyat va ruhiy holatga bevosita ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi. Xavotirlanish darajasi yuqori bo‘lgan talabalar ko‘pincha vaqtni boshqarish, o‘qishdagi muvaffaqiyatsizliklar va kelajakdagi noaniqliklar sababli stressga duchor bo‘lishadi. Psixologik himoya mexanizmlari, jumladan, qaror qabul qilishni kechiktirish va ijtimoiy yakkalanish, xavotirlanishni boshqarishning keng tarqalgan usullaridan hisoblanadi. Shuningdek, psixologik yordam va guruh terapiyasi kabi metodlar talabalar orasida xavotirlanishni kamaytirishga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy qo‘llab- quvvatlash tizimi va o‘quv muhitining ahamiyati ham muhim rol o‘ynaydi, chunki ular talabalarning xavotirlanish darajasini kamaytirishda sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Natijalar shuni ko‘rsatadik

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматриваются научно-теоретические аспекты проявления тревожности у студентов.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматриваются научно-теоретические аспекты проявления тревожности у студентов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Anxiety, student period, psychological defense, stress factors, educational process, Xavotirlanish, psixologik himoya, talabalik davri, ijtimoiy omillar, moslashuv mexanizmlari, ta’lim jarayoni, stress omillari, psixologik ta’sir, shaxsiy xususiyatlar, emotsional barqarorlik.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники