К содержанию
РецензированоUZ2025

ALISHER NAVOIYNING O‘ZBEK ADABIYOTIGA QO‘SHGAN HISSASI

Otaxonova GulasalBoboxonqizi

Международный журнал научных исследователей · 10 · 2025

Аннотация

The articlecontains the works ofAlisher Navoi and information about them. Key words:epic, Huseyn Baykara, aruz, verse, ghazal, rubai, moral qualities. “Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g‘ururi, sha’n-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo‘lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so‘zlovchi biron-bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat vae’tiqodbilan qaramasa”[1,29]. Ulug‘ mutafakkir bobomizning qay bir asarini olmaylik, unda insonning ma’naviy tarbiyasi bilan bog‘liq biron fikr, hikmat uchramasdan qolmaydi. Hikmatli so‘z, pand-u o‘git Sharq adabiyotining qon-qoniga singib ketgan. Alisherning she’riyatdagi ilk ustozi tog‘asi Mir Sayyid Kobuliy va Muhammad Ali G‘aribiylardir. Navoiy “Majolis un-nafois” asarida Kobuliy haqida: “Yaxshi tab’i bor erdi, turkchada mayli ko‘proq erdi…” – desa, G‘aribiy haqida: “Xush muxovara (xushsuhbat) va xushxulq va dardmand yigit erdi. Ko‘proq sozlarni yaxshi chalar erdi. Uni va usuli xo‘b erdi. Musiqiyilmidin ham xabardor erdi…”–deydi. Navoiyning bundan besh asr avval ilgari surgan g‘oyalari bugun ham o‘z dolzarbligi va ahamiyatini yo‘qotmay kelayotgani kishini hayratga soladi. Bu jihatdan shoirning isrof to‘g‘risidagi mulohazalari, ayniqsa, ibratli. “Isrof qilish saxiylik emas; o‘rinsiz sovurishni aqlli odamlar saxiylik demas. Halol molni kuydirganni devona deydilar; yorug‘ joyda sham yoqqanni aqldan begona deydilar. Maqtanish uchun mol bermoq – o‘zini ko‘z-ko‘z qilmoq va shunday qilib o‘zini “saxiy” demoq – behayolik bilan nom chiqarmoq. Kimki xalqqa ko‘rsatib ehson bersa, u pastkash, saxiy emas”. 1465-1466-yillarda uning muxlislari she’rlarini to‘plab, “Devon” tuzdilar. Bu kitob bugungi kunda shartli ravishda “Ilk devon” deb nomlanadi. 1469-yilda Hirot taxtiga Husayn Boyqaro chiqadi va Samarqandga xat yo‘llab, Alisher Navoiyni o‘z yoniga chaqirib oladi. U do‘stining iltimosiga binoan Hirotga qaytadi va ramazon hayiti munosabati bilan do‘sti sharafiga bitilgan “Hiloliya” qasidasini unga taqdim etadi. Husayn Boyqaro Alisherni muhrdor qilib tayinlaydi va shu paytdan shoirning el xizmatidagi faol jiddu jahdi 351 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 10,issue1,February 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X boshlanadi. Boyqaro do‘stining noroziligiga qaramay, 1472-yil fevralida uni vazir lavozimiga tayinlaydi va “Amiri Kabir” (“Ulug‘ Amir”) unvonini beradi. Bu lavozimda Navoiy el-ulus manfaati, shahar va mamlakat obodonchiligi, madaniyat ravnaqi, adolat tantanasi uchun foydalanadi-ki, bularning barchasi pirovard natijada Sulton Husayn davlatining barqarorligi va nufuzinita’minlaydi. Hirot bu davrda nihoyatda ko‘rkamlashdi, xalq turmushi yaxshilandi, she’riyat, nafis san’atlari rivoj oldi. Talabalar uchun “Ixlosiya” madrasasi, darveshlar uchun “Xalosiya” xonaqohi, bemorlar uchun “Shifoiya” shifoxonasi, masjidi Jome’ yoniga Qorixona (“Dor ul- huffoz”) qurildi. Ulug‘ amirning kutubxonasida 70 dan ortiq xattot va musavvirlar qo‘lyozmalarni oqqa ko‘chirish, ularni badiiy bezash bilan band edilar. Hirotda yana “Nizomiya”, Marvda “Xusraviya”va boshqamadrasalarbinoetildi. Alisher Navoiy 1472-1476-yillarda o‘z qo‘li bilan birinchi devoni “Badoye ul-bidoya” (“Badiiylik ibtidosi”)ni tuzdi. Bu devonga uning yoshlik va yigitlik paytlarida yozgan 800 dan ortiqshe’rlari jamlangan bo‘lib, shoirijodiykamolotiningbirinchi bosqichiniaks ettiradi. Alisher Navoiyga bag‘ishlangan tarixiy va ilmiy asarlarda batafsil tavsif qilinishicha, 1469-1481-yillar Alisher Navoiyning ijtimoiy hayot va obodonchilik borasidagi eng faol xizmat ko‘rsatgan yillari bo‘lgan. Shoir 1481-yili “Vaqfiya” asarini yozib, unda o‘zining binokorlik va xayriya ishlariga yakun yasab, o‘zo‘zigahisob bergan. 1483-yildan Alisher Navoiy o‘zining buyuk “Xamsa” asarini yozishga kirishdi va uni 3 yilda tugalladi. Besh dostonni o‘z ichiga olgan bu ulkan badiiy qomus 50 ming misradan oshiq bo‘lib, Navoiyning barcha she’riy merosini deyarli yarmini tashkil qiladi. “Xamsa” – Alisher Navoiy ijodiningqalbidir. Fors tilidagi birinchi “Xamsa” buyuk shoir Nizomiy Ganjaviy (1141-1209) tomonidan yaratildi. Shoir hech bir o‘rinda o‘zining “Xamsa” yozganligini qayd etmaydi. Nizomiy vafotidan 100 yil o‘tib, Hindistonda tug‘ilib o‘sgan forsiyzabon turk o‘g‘loni Xusrav Dehlaviy Nizomiy “Xamsa”siga birinchi bo‘lib tatabbu yozadi va “xamsachilik” an’anasini boshlab beradi. Dehlaviy “Xamsa”si Nizomiyga ajoyib sharh va undagi mazmunlarning yangicha talqini sifatida o‘zining ham, salafining ham shuhratini olamga yoyd

Доказательный фрагмент

«The articlecontains the works ofAlisher Navoi and information about them.»

Образец извлечения

Демо-превью

The articlecontains the works ofAlisher Navoi and information about them. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
epic, Huseyn Baykara, aruz, verse, ghazal, rubai, moral qualities, g‘azal, doston, axloqiy fazilatlar., ruboiy, Husayn Boyqaro, vazn
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники