Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA TA’LIMDA LOGOPEDIK O‘QITISHNING NAZARIY ASOSLARI
Djamolova Noila Zayniddinovna · NAZARIY ASOSLARI (O ‘zbekiston Finlandiya pedagogika instituti)
Международный журнал научных исследователей · 10 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida logopedik o‘qitishning nazariy asoslari tahlil qilinadi. Logopedik ta’lim bolaning nutqiy rivojlanish bosqichlari, psixolingvistik va pedagogik jihatlari hamda nutqiy nuqsonlarni bartaraf etish usullari asosida yondashiladi. Shuningdek, dislaliya, dizartriya, alaliya va duduqlik kabi logopedik muammolar hamda ularni tuzatish metodlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada logopedik mashg‘ulotlarning bolaning muloqot qobiliyatini rivojlantirish, psixologik barqarorlikni ta’minlash va maktabga tayyorgarlik jarayoniga ijobiy ta’siri ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari maktabgacha ta’limda logopedik yondashuvlarni samarali qo‘llashga yo‘naltirilgan tavsiyalarni o‘zichiga oladi. Mazkur maqolada maktabgacha taʼlimda logopedik o'qitishning bo'yicha tadqiqotlarga bag'ishlangan Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining rivojlanishi ularning ijtimoiy, emotsional vaaqliy o‘sishidamuhim o‘rin tutadi. Ba’zibolalarda turli nutqiy buzilishlarkuzatilishi mumkin, bu esa ularning muloqot qilish qobiliyatiga salbiy ta’sir qiladi. Shu sababli logopedik o‘qitish maktabgacha ta’limmuassasalaridaalohida ahamiyat kasb etadi. Kalit so’zlar:maktabgacha ta’lim, logopedik o‘qitish, nutqiy rivojlanish, nutq nuqsonlari, dislaliya, dizartriya, alaliya, duduqlik, psixolingvistika, pedagogika, defektologiya, muloqot qobiliyati, logopedik mashg‘ulotlar, nutq terapiyasi, maktabgatayyorgarlik. Kirish. Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy rivojlanishi ularning kelajakdagi muvaffaqiyati va ijtimoiy moslashuvi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Nutq bolaning fikrlash, muloqot qilish va atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlarini shakllantirish vositasidir. Shu sababli, maktabgacha ta’limda logopedik o‘qitish bolalarning to‘g‘ri nutqiy rivojlanishini ta’minlash va turli nutqiy nuqsonlarni barvaqt aniqlab, ularni tuzatish orqali ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Maktabgacha ta’limda logopedik o‘qitishning nazariy asoslarini ishlab chiqishda bir qancha mashhur olimlar muhim hissa qo‘shgan. Ularning tadqiqotlari nutqiy rivojlanish jarayonlarini tushunish va logopedik ta’lim metodikasini shakllantirishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Logopediya va nutq rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlar: 1. Lev Semyonovich Vygotsky (1896–1934) Bola nutqining psixologik rivojlanishi va “yaqin rivojlanish zonasi” nazariyasini yaratgan. Nutq va tafakkurning o‘zaro bog‘liqligini o‘rgangan. Aleksandr Romanovich Luriya (1902–1977)Neyropsixologiya asoschilaridan biri bo‘lib, nutq va miya faoliyati o‘rtasidagi bog‘liqlikni tadqiq qilgan. Logopedik diagnostika va tuzatish metodlarini ishlab chiqqan. Raisa Evgenyevna Levina (1898–1984 ) Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy rivojlanish xususiyatlarini o‘rgangan. Nutq buzilishlarini tashxislash 372 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 10,issue1,February 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X va tuzatish bo‘yicha muhim tadqiqotlar olib borgan. Natalya Sergeyevna Zhukova (XX asr) Logopedik metodika bo‘yicha ko‘plab amaliy qo‘llanmalar muallifi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning fonematik eshitish va talaffuz qobiliyatlarini rivojlantirish usullarini ishlab chiqqan.Tatyana Borisovna Filicheva (XX asr) Nutqiy rivojlanish kechikishi va umumiy nutq buzilishlarini (ОНР) tuzatish bo‘yicha uslubiyat ishlab chiqqan. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun logopedik dasturlar yaratgan. Margarita Nikolaevna Shishkova (XX asr) Nutq apparatining fiziologik va psixologik rivojlanishiga oid tadqiqotlar olib borgan. Artikulyatsion gimnastikava nafas mashqlari bo‘yicha ilmiyishlanmalar muallifi. Logopedik o‘qitishning nazariy asoslari psixolingvistika, pedagogika va defektologiya fanlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bolaning nutqiy rivojlanish bosqichlarini o‘rganish, nutq buzilishlarining sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish usullarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan. Maktabgacha yoshda dislaliya, dizartriya, alaliya va duduqlik kabi muammolar ko‘p uchraydi va ularni vaqtida tuzatish bolaning kelgusidagi ta’lim olishi hamda ijtimoiy faoliyatidamuhim rolo‘ynaydi. Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida logopedik o‘qitishning nazariy asoslari, uning asosiy tamoyillari va metodologik yondashuvlari tahlil qilinadi. Shuningdek, logopedik mashg‘ulotlarning bola nutqining rivojlanishiga ta’siri va samarali logopedik texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Logopediya – nutq buzilishlarini o‘rganish, oldini olish va tuzatish bilan shug‘ullanuvchi fan. Uning nazariy asoslari psixolingvistika, neyropsixologiya, pedagogika vafiziologiyaga tayanadi. 1. Logopedik o‘qitishning psixolingvistik asosi: Logopedik o‘qitishning psixolingv
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida logopedik o‘qitishning nazariy asoslari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida logopedik o‘qitishning nazariy asoslari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- dislaliya, logopedik mashg‘ulotlar, defektologiya, psixolingvistika, nutqiy rivojlanish, dizartriya, maktabga tayyorgarlik., nutq terapiyasi, nutq nuqsonlari, maktabgacha ta’lim, pedagogika, logopedik o‘qitish, duduqlik, alaliya, muloqot qobiliyati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025