Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HUSAYNIY SHE’RIYATI: TAHLIL VA TALQIN
Normatov Jamoliddin (Guliston davlat universiteti I bosqich magistranti)
Международный журнал научных исследователей · 10 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada Temuriylar sulolasining yirik vakili, shoir va hukmdor Husayn Boyqaro (Husayniy) ijodining badiiy va falsafiy xususiyatlari tahlil qilinib, shoir ijodining poetik xususiyatlari, undagi badiiy san’atlar, ramz va timsollar vositasida Husayniy she’riyatining o‘zbek mumtoz adabiyotidagi o‘rni ochib beriladi. Shoirning lirik qiyofasi, uning so‘z sehri orqali qalblarga yetkazmoqchi bo‘lgan falsafiy mushohadalari yoritiladi. Ushbu tahlil orqali Husayn Boyqaroning nafaqat hukmdor, balki inson qalbining eng nozik kechinmalari, muhabbat va hijronning olovli tuyg‘ulari, tabiat va hayot falsafasini teran anglagan, she’riyatga sadoqat bilanxizmat qilgan haqiqiy shoirekanligi anglashiladi. Kalit so‘zlar:Husayniy, g‘azal tahlili, ishq va hijron, bahor, tabiat va inson qalbi, tasavvuf, badiiysan’atlar, mumtozadabiyot. Husayn Boyqaro – o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixida o‘zining betakror, ravon uslubda yozilgan g‘azallari bilan alohida o‘ringa ega bo‘lgan ijodkorlardan biridir. Husayniy taxallusi bilan ijod qilgan Husayn Boyqaro (1438-1506 ) Sohibqiron Amir Temur Ko‘ragon naslidan bo‘lib, Mirzo Mansur binni Mirzo Boyqaroning o‘g‘lidir. U 1438-yilda Hirot shahrida tavallud topgan. Husayn Boyqaro uzoq davom etgan kurash va olishuvlardan keyin 1469-yilda Hirot taxtini egallaydi. Sulton Husayn Boyqaro davrida Hirot butun sharqda ilm, san’at va adabitotning yashnagan markaziga aylandi. Alisher Navoiy boshchilik qilgan, Husayn Boyqaro xayrixohlik bilan qaragan Hirot madaniy muhitida mashhur tilshunoslar va tarixchilar, xattot va kotiblar, bastakor va xonandalar, musavvirlar va naqqoshlar, sozanda va hofizlar, faylasuf va musiqashunoslar, shoir va adiblar ijod qilardilar. Zahiriddin Muhammad Bobur tili bilan aytganda, “SultonHusayn Mirzoningzamoni ajab zamone edi,ahli fazl vabenazir eldin Xuroson, bataxsis Hiriy shahri mamlu edi. Har kishiningkim, bir ishga mashg‘ullug‘i bor edi, himmati va g‘arazi ul erdikim, ul ishni kamolg‘a tegurgay1” Husayn Boyqaroning o‘zi o‘sha davr adabiyotining anchagina ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan edi. Alisher Navoiyning xabar berishicha, har ikki: turkiy va forsiy tilda she’r yaratish iqtidoriga ega bo‘lgan Husayn Boyqaro asosan o‘zbek tilida ijod qilgan2. Shu tilda yozgan asarlaridan devon ham tuzgan. Shuningdek, uning Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan risolasi ham o‘zbek adabiyotidagi qimmatbaho manba’lardan sanaladi. Husayn Boyqaro turkiy tilda yozishni ragʻbatlantirgan va shunga daʼvat qilgan, sheʼriyat majlislari tashkil etib, shoirlarga rahnamolik qilgan. Undan bizgacha sheʼrlar devoni va Navoiyga bagʻishlangan “Risola” asari yetib kelgan. Shoh shoirning hozirgacha adabiyot ahliga 202 gʻazal, Navoiy g‘azaliga bogʻlangan 3 muxammas, 6 ruboiy, shuningdek, fors-tojikcha 2 gʻazal,1 ruboiy va bir necha baytlari maʼlum. Gʻazallarining barchasi aruzning ramal bahrida bitilgan. Lekin ular Husayn Boyqaroning tabʼi baland, didi nozik shoir boʻlganligini koʻrsatadi. Husayn Boyqaro gʻazallari tilining musiqiyligi va jarangdorligi bilan ajralib turadi. 1Bobur.”Boburnoma”.Toshkent,1960,239-240-betlar 2AlisherNavoiy.Majolisun-nafois.–Toshkent:Fan,1992.–256b. 393 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 10,issue1,February 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X Bo‘ldigul vaqtiyu men dardu g‘amidamubtalo, Ishq o‘tidinloladek bag‘rimdayuz dog‘i balo. Holizorin, men kibi sultondin ayru tushgali, Yaproq ermas, guldakim yuz tilbilaaylar ado. Men bilurerdimki, yo‘qturintiho ishqimdahech, To guli vasling bilaqildimmuhabbat ibtido. Loladek mayjomini tutgilg‘animat, gul chog‘i. Xosaikim,ishrat urdi bulbulibedil sado. Garhusayniy,topmadi barge jamoling bog‘idin, Bu chamanda,ey guli navras,sanga bo‘lsun baqo3. Ushbu g‘azal Husayn Boyqaroning ishq va hijron, bahor faslining go‘zalligi, dard va hasrat, muhabbatning abadiyligi kabi mavzularni o‘z ichiga olgan lirik she’rlaridan biridir. G‘azalda tabiat manzaralari orqali oshiqning ichki kechinmalari ifodalangan. Unda quyidagi she’riy san’atlardan mahorat bilan foydalanilgan: - Tashbeh: Oshiqning qalbidagi dard loladek (lolaguliday) deya tasvirlangan. - Istiora: Ishq olovi lolaningrangi bilan bog‘langan. - Tazod: G‘azalda bahor va g‘am, gullar ochilishi va oshiqlik dardining kuchayishi qarama-qarshi qo‘yilgan. G‘azalning 1-baytda quyidagicha umumlashma ma’no ifodalangan: Bahor kelib, atrof go‘zallikkato‘lsa-da, oshiqning dard ichida. “Ishq o‘tida”–sevgining og‘riqli ta’sirini ifodalaydi. “Bag‘rimda yuz dog‘ibalo” –lolagulining rangiga o‘xshash hijron dog‘lari tasvirlangan. Demak, Bahor shodlikolib kelsa-da, oshiquchun ufaqat dardni kuchaytiradi. 2-bayt: Oshiqning “holi zori” uning yordan ayro tushganini bildiradi. “Yaproq ermas
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Temuriylar sulolasining yirik vakili, shoir va hukmdor Husayn Boyqaro (Husayniy) ijodining badiiy va falsafiy xususiyatlari tahlil qilinib, shoir ijodining poetik xususiyatlari, undagi badiiy san’atlar…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Temuriylar sulolasining yirik vakili, shoir va hukmdor Husayn Boyqaro (Husayniy) ijodining badiiy va falsafiy xususiyatlari tahlil qilinib, shoir ijodining poetik xususiyatlari, undagi badiiy san’atlar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tabiat va inson qalbi, Husayniy, tasavvuf, ishq va hijron, badiiy san’atlar, bahor, mumtoz adabiyot., g‘azal tahlili
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026