Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“BAYOZI SULTON” ASARI TAVSIFI VA TASNIFI
Sodiqova MaftunaBaxtiyor qizi
Международный журнал научных исследователей · 10 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada XIX asrda yashab ijod qilgan, shahzoda shoirlardan biri bo‘lmish Sultoniy ijod namunalari o‘rin olgan “Bayozi Sulton” asari haqida ma’lumot beriladi. Asardagi she’rlar janriy va mavzuviytahlilqilinadi. Tayanchso‘zlar: Sultoniy, “Bayozi Sulton”,janr, g‘azal, muxammas, musaddas, qasida. O‘zbek adabiyoti o‘zining boy va qadimiy tarixiga ega. U o‘zidan ko‘plab iste’dodli ijodkorlarni yetishtirib bera olgan. Tariximizga nazar tashlaydigan bo‘lsak, hamma davrlarda ham o‘zbek adabiyoti noyob durdona asarlar yarata olgandir. Birgina XIX asr adabiyotini oladigan bo‘lsak, bu davrda ko‘plab ijodkorlar va ularning asarlari dunyoga keldi. Ushbu asarlar ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, madaniy-marifiy mavzularga bag‘ishlangan. Biroq bu davrda xalqimiz juda og‘ir kunlarni boshidan kechirgan. Tinimsiz urushlar, talafotlar xalqning tinkasini quritibgina qolmasdan, ularning ma’naviy hayotini ham butkul izdan chiqargan. Ayniqsa, nodir qo‘lyozmalar, ijodkorlarning asarlari: devonlari, tazkiralari, ilmiy asarlarning talon-taroj qilinishi xalqimizuchun kattayo‘qotish bo‘ldi. Mustaqillikka erishilgandan so‘ng esa barcha sohalar qatorida qadimiy qo‘lyozma va toshbosma asarlarni ilmiy tadqiq etish, asrab avaylash, mazkur qo‘lyozmalarni joriy alifboga ko‘chirib, o‘tmishda yashagan ijodkor va olimlarning ijod namunalaridan bahra olish imkoniyati yaratilib berildi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti SH.M.Mirziyoyevning “...Avvalo xalqimizning yaratuvchilik dahosi bilan bunyod etilgan noyob merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti va ilmiy- ijodiy faoliyati haqida yaxlit tasavvur uyg‘otish, yosh avlodni gumanistik g‘oyalar, milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalashdek ezgu maqsadlar ko‘zda tutilgan”1, degan so‘zlari dasturulamal bo‘libkelmoqda. Ayni shu maqsadda, yaqin yillarda yurtboshimiztomonidan qadimiy qo‘lyozmalar, ularning saqlanishi va o‘rganilishiga katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2017-yil 24-maydagi PQ- 2995-son “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori fikrimizni dalillaydi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida ko‘plab qo‘lyozma va toshbosma asarlar saqlanmoqda. Ularning ayrimlari yetarlicha o‘rganilgan bo‘lsa, ayrimlari hanuz o‘ztadqiqotchilarini kutmoqda. Bugungi kunda muzey, kutubxona va fondlarida ko‘plab tarixiy hujjatlar, noyob qo‘lyozma yodgorliklar mavjud bo‘lib, ular madaniy merosimizning zalvorli qismini tashkil qiladi. Jumladan, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti eng boy qo‘lyozma 1 Мирзиёев Ш.М. Адабиёт ва санъат, маданиятни ривожлантириш – халқимиз маънавий оламини юксалтиришнинг мустаҳкам пойдеворидир. Президент Ш.Мирзиёевнинг Ўзбекистон ижодкор зиёлилари вакилларибиланучрашувдагимаърузаси/Халқсўзи.–Тошкент,2017,4август. 397 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 10,issue1,February 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X fondlaridan biri hisoblanadi. Fond bu yerdagi noyob durdonalar soni, mavzu, til va davriy xilma- xilligi, o‘ziga xos kitob ziynati bilan mashhur. U 2000-yilda YUNESKOning “Jahon xotirasi” ro‘yxatiga kiritilgan. Bugungi kunda ushbu fondda arab yozuvidagi 26 mingdan ziyod qo‘lyozmava40mingga yaqin bosma kitobva 5000danziyod tarixiyhujjatlar mavjud. Ular orasida ilmiy va badiiy ahamiyatga molik manbalar ko‘p. Shulardan “Bayozi Sulton” asari ham badiiy qiymatga egadir. U XIX asr o‘zbek adabiy muhitining nodir qo‘lyozmasi hisoblanadi. “Bayozi Sulton” Muhammad Rahimxon (Feruz) davrida uning suyukli nabirasi Sayyid Nosir to‘raning ijod namunalari jamlangan asardir. Asar “ Bayozi g‘azaliyot Sultoniy” nomi bilan mashhur. U turkiy tilda bitilgan bo‘lib, Sultoniy qalamiga mansub she’rlar jamlanmasidir. 88 sahifadan iborat, asarda chiziqlar soni 4, ustunlar soni 3ta. Hajmi 21,5x13, sharqona silliq va qalin qog‘ozdan foydalanilgan. Qog‘oz ranglari: qizil, ko‘k,va tillarang. Asar hijriy 1323-yil, milodiy 1905(1906)-yilda nasta’liq xatida Mulla Karimbergan devon ibn Rahimbergan Xorazmiy tomidan ko‘chirilgan. Kitob “Zihi qodirki, sun’idin qilib arz samo paydo, Jahon bog‘ida qildi yuz tuman nash’u namo paydo” Allohga hamd g‘azal bilan boshlanadi va “Hazin Sultoniyni ishrat tuni vasl uyqusi eltsa, Navoiydek yotar to subh mahshar tark” baytlari bilan yakunlanadi. Asar kolofonida quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: “kitaba ahqar al’abad ma’ nuqson mullo Karimbergan devon ibn Rahimbergan Xorazmiy G‘afrulloh zanubhamo va aybuhmo 1323 sana” deb yozilgan. Asarda Sultoniyning g‘azal, musaddas, muxamm
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada XIX asrda yashab ijod qilgan, shahzoda shoirlardan biri bo‘lmish Sultoniy ijod namunalari o‘rin olgan “Bayozi Sulton” asari haqida ma’lumot beriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada XIX asrda yashab ijod qilgan, shahzoda shoirlardan biri bo‘lmish Sultoniy ijod namunalari o‘rin olgan “Bayozi Sulton” asari haqida ma’lumot beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- muxammas, g‘azal, “Bayozi Sulton”, qasida., musaddas, Sultoniy, janr
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025