К содержанию
РецензированоUZ2025

SHAXS RIVOJLANISH BOSQICHIDA O’SMIRLIK DAVRINING XUSUSIYATLARI VA YUNOGOGIKANING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK AHAMIYATI

Toshpo‘latova Bibizikriyo Obidjonqizi · Nizomiynomidagi TDPU · SHAXS RIVOJLANISHBOSQICHIDAO’SMIRLIKDAVRINING XUSUSIYATLARI · VAYUNOGOGIKANING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK AHAMIYATI

Международный журнал научных исследователей · 10 · 2025

Аннотация

Insoniyat paydo bo’lganidan to shu davrgacha shaxsni komillikka yetishish bosqichlari, turli yosh davrlarida shaxs sifatida shakllanishida yuzaga keladigan o’zgarishlar hamda ularning paydo bo’lishiga olib keluvchi omillar o’rganilib kelingan. Mazkur maqolada shaxs rivojlanishida o’smirlik davri hamda yunogogika mazmuniga oid asosiy tushunchalar haqidafikr yuritiladi. Kalit so’zlar:Klassifikatsiya, yunogogika, ilk bolalik, yoshlik, o’smirlik, keksalik, ijtimoiylashtirish,identifikatsiya, oila,mahalla,ijtimoiy tarbiya,maktab. Malumki, shaxs rivojlanish bosqichlarini o’rganish inson tabiatini tushunish, shaxs sifatida kamolga yetishida to’g’ri yo’l-yo’riq ko’rsatish, insonlarda turli yosh davrlarida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan psixologik va ijtimoiy muammolarni oldini olish va ularni hal etish choralarini aniqlash, jamiyatda muvaffaqiyatli shaxsni shakllantirishda muhim o’rin tutadi. Hozirgi kungacha ilmiy manbalarda shaxs rivojlanish bosqichlari turlicha bosqichlar va davrlarga ajratilgan holda keltiriladi, Xususan, E.Erikson „Psixosotsial rivojlanish nazariyasi“ orqali yosh davrlarini 8 bosqichga, Z.Freud „Psixoanalitik nazariyasi“da 5 davrga, J.Piyaje „Kognitiv rivojlanish nazariyasi“da 4 davrga, L.Vygotskiy „Madaniy-tarixiy rivojlanish nazariyasi“da va D.B.Elkonin “Bolalik davrlarining psixologik tizimi nazariyasi“da 5 davrga bo’lgan holda ilmiy asoslashga harakat qilgan. Ko’plab manbalar va nazariyalarni umumlashritgan holda, butun jahon olimlari tomonidan qabul qilingan shaxs rivojlanishining asosiy bosqichlari sifatida Xalqaro Fanlar Akademiyasining 1965-yildagi maxsus simpoziumidagi „Yosh davrlari klasifikatsiyasi“ quyidagi hisoblanadi. 334 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 10,issue1,February 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X Yuqoridagi jadvaldan kelib chiqib, turli yosh davrlarida shaxs rivojlanishidagi xususiyatlarni quyidagichaifoda etish mumkin. Yosh davrlari Shaxsiyatrivojlanishidagixususiyatlar ko‘rsatkichlari 0-6yosh Jismoniy o’sish, motorika ko’nikmalarini rivojlantirish, hissiy va ijtimoiy aloqalarni o’rnatish 6-12yosh Kognitiv ya’ni aqlni rivojlanishi va ijtimoiy o’zgarishlar, o’zini anglash va guruhgamansublik hissinishakllanishi 12-18yosh Jismoniy rivojlanish jadallashishi, jinsiy xususiyatlar, identifikatsiya qilish, mustaqil bo’lishga intilish, hissiy arqarorlik va qaror qabul qilish qobilyati shakllanishi. 18-30yosh Mustaqil hayotga tayyorgarlik, professional va ijtimoiy yo’nalishlarni belgilash, o’ziga xos hayotiy yo’lni tanlash, erkin munosabatlarni shakllanishi. 30-50yosh Professional rivojlanish, o’zini namoyon qilish, o’zlikni to’laqonli anglash, oilaviy, ijtimoiy sharoitda shaxssifatidamas’ulyatni bajarish 50yoshdan yuqori O’z xatolarini tahlil qilish va tan olish, hayotiy bilim va tajribalarni keyingi avlodga yetkazish, ijtimoiy mas’ulyatini kamayishi, hayotning tugab borishi va o’lim haqida o’ylash, yashab o’tgan hayotidan qoniqish hosil qilish yoki afsus vaumidsizlikkatushish. Yuqoridagi yosh davrlari orasida o’smirlik davrining o’ziga xos xususiyatlari haqida so’z borar ekan ushbu yosh davrini o’rganuvchi fan sohasi bo’lmish yunogogikaga to’xtalib o’tishimiz lozim. Yunogogika - o‘smirlik davridagi shaxsga shaxsiy o‘zini o‘zi belgilash va 335 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 10,issue1,February 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X uning ijtimoiy yo‘naltirilgan tafakkurini shakllantirish jarayonida pedagogik ta’sirni o‘rganadigan, shuningdek, o‘g‘il va qizlarning ijtimoiylashuvi va tarbiyasi jarayonlariga xizmat qiluvchi pedagogika sohasidir. Yunogogika – pedagogikaning bir bo‘limi bo’lib, pedagogikaning tarkibida bo‘lgan muhim bir yo‘nalish, ushbu soha dastlab yoshlar ta’limi nomi ostida ko’plab olimlar tomonidan chuqur o’rganilgan. XX asrning oxirlariga kelib esa bilan “Yunogogika” nomi ostida alohida fan sifatida pedagogikadan ajralib chiqdi. Shiddat bilan rivojlanib borayotgan jamiyatda har bir yosh davrida shaxsga nisbatan individual yondashish, har bir bosqichda duch kelishi mumkin bo’lgan muammolarni oldini olish hamda bartaraf etishni taqozo etar ekan yunogogika fani oldida o’smir yosh davrida yoshlarni ijtimoiylashuvini ta’minlashdek muhimvazifaturadi. O’smirlik davri xususiyatlarini ko’rib chiqar ekanmiz, Erik Eriksonning nazariyasiga e’tiborimizni qaratishimiz lozim. Erikson nazariyasi sh

Доказательный фрагмент

«Insoniyat paydo bo’lganidan to shu davrgacha shaxsni komillikka yetishish bosqichlari, turli yosh davrlarida shaxs sifatida shakllanishida yuzaga keladigan o’zgarishlar hamda ularning paydo bo’lishiga olib keluvchi om…»

Образец извлечения

Демо-превью

Insoniyat paydo bo’lganidan to shu davrgacha shaxsni komillikka yetishish bosqichlari, turli yosh davrlarida shaxs sifatida shakllanishida yuzaga keladigan o’zgarishlar hamda ularning paydo bo’lishiga olib keluvchi om… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ilk bolalik, keksalik, Klassifikatsiya, yoshlik, identifikatsiya, o’smirlik, oila, ijtimoiy tarbiya, maktab., yunogogika, mahalla, ijtimoiylashtirish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники