Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ALEKSANDR FAYNBERG-QALBI O’ZBEK SHOIR
Majidova Husniya
Международный журнал научных исследователей · 10 · 2025
Аннотация
This article provides a comprehensive analysis of the life and work of Aleksandr Faynberg, a prominent Russian-speaking poet, translator, and screenwriter. Faynberg made a significant contribution to the development of Uzbek-Russian cultural relations through his exceptional poetry, literary translations, and work in the film industry. He translated numerous works of Uzbek poets into Russian, helping to introduce Uzbek literature to the international stage. The article explores his creative path, major works, and their thematic depth, as well as the films based on his scripts. Additionally, it examines the awards he received, his literary legacy, and his role in contemporary literature and art. This study aims to deepen the understanding of Faynberg’scontributions and assess his cultural heritage. Keywords:Translator, poetry, cultural heritage, Uzbek film,Russian and Uzbek literary relations, "Yoshlik", "Oʻzgarish", "Yangi Volga", Pushkin Medal, "Velosiped yo’lakchasi’’ ,poetry collection, literary heritage, contemporary Uzbek literature. Aleksandr Faynberg rus tilida ijod qilgam bo’lsa ham,uning ijodi o’zbek adabiyotida muhim o’rin tutadi. Uning ijodi juda ko‘p qirrali. Aleksandr Arkadyevich Faynberg 1939-yil 2- noyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. Faynberg maktabni bitirgach, Toshkent topografiya texnikumiga o’qishga kirgan. 1965-yil Toshkent universitetini tugatgach, talabalar gazetasida ishlagan. Uning otasi Arkadiy Lvovich Faynberg va onasi Anastasiya Aleksandrovna Aleksandr tug’ilishidan ikki yil oldin Nvosibirskdan Toshkentga ko’chib kelishgan. Aleksandr Faynberg asli rossiyalik bo’lishiga qaramay, umrining asosiy qismini Toshkentda o’tkazgan. Shuning uchun ham u xalqimiz orasida “Qalbi o’zbek shoir” nomi bilan mashhur. Aleksandr Faynberg O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi bo’lgan va o’n beshta she’riy to’plam yaratgan. Adibning “Smena”, ”Yangi dunyo”, ”Yoshlik” kabi she’rlari “Yangi Volga” jurnalida va xorijiy mamlakatlarda, shuningdek: AQSh, Kanada va Isroilning turli xildagi nashrlarida 338 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 10,issue1,February 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X chop etilgan.Faynberg hayoti davomida ko’plab asarlar muallifiga aylangan va uning ijodlari dunyo yuzini ko’rgan.’’Etyud’’, ”Soniya”, ”She’rlar”, ”Olis ko’riklar”, ”Ijobat”, ”Qisqa to’lqin”, ”Yoyma to’r”, “Erkin sonetlar” she’riy to’plam muallifi hisoblanadi. U o’zining asarlarida xalqlar o’rtasidagi hamjihatlik, milliy g’oya, millatlar farovonligi doirasida fikr yuritgan. Uning she’riy ijodida rus va Yevropa shoirlarining eng yaxshi badiiy tajribalari namoyon bo’lgan. Nafaqat rus yoki Yevropa, balki sharq mumtoz she’riyati an’analari bilan ham mashg’ul bo’lgan. Aleksandr Faynberg ijodining asosiy qismini badiiy tarjima tashlik qiladi va uning tarjima asarlari hozirgi zamon avlodlari uchun ham qo’l kelmoqda. U o’zbek milliy adabiyotining namoyondalari bo’lmish Alisher Navoiy g’azallarini, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Omon Matjon shoirlarining she’r va dostonlarini mukammal tarzda rus tiliga tarjima qilgan. Uning yordami bilan o’zbek shoirlaring ajib bir asarlari dunyo yuzini ko’rdi. U nafaqat tarjimonlik yoki she’rlar bilan chegaralanib qolmadi, uning mashhur ssenariylari ham mavjud. Shular jumlasidan: ”Mening akam”, ”Jazirama oftob tagida”, ”Qandahorda toblanganlar”, ”Jinoyatchi va oqlovchilar” ssenariylari asosida filmlar suratga olingan. Faynberg ssenariysi asosida to’rtta to’liq metrajli badiiy film hamda yigirmaga yaqin multifilmlar yaratilgan. Faynberg 1961-yilda InnaGlebovna Koval bilanturmush qurgan. 2009-yil 14-oktabrda Aleksandr Faynberg Toshkent shahrida vafot etgan. Toshkentdagi Botkin qabristonining bo’limiga dafn etilgan. Faynberg yetmish yillik hayoti davomida salmoqli tarzda ijod qildi va ko’plab ijodkor yoshlar qalbidan joy olgan. Shoirning vafotidan keyin ham uning ijodi yuksalib boraverdi.G.V.Malixinaning “Aleksandr Faynberg lirikasidagi badiiy obrazlar va tematik dominantlar tuzilishi"magistrlik dissertatsiyasi Faynberg ijodini o’rganishga bag’ishlangan. Arkadiy 2008-yilda Aleksandr Sergeyevich Pushkin medali, 2004- yilda O’zbekiston xalq shoiri va 1999-yilda O’zbekiston xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi unvonlari bilan taqdirlangan. Aleksandr Faynbergning she’rlarida juda ham ko’p ajoyib va yorqin hazil bor. ”Rubayat torlari” she’rida u o’zbek choyxonasini o’zgarmas palov bilan shunday zavq va shavq bilan tasvirlaganki, har bir o’quvchining yuzida tabassum paydo bo’ladi hamda kayfiyati ko’tariladi. Faynberg, nafaqat, Rossiyada, balki O’zbekistonda ham hurmat va ehtiromga sazovor bo’lgan. Toshkent shahrida joylashgan Adiblar xiyobonida barcha o’zbek
Доказательный фрагмент
«This article provides a comprehensive analysis of the life and work of Aleksandr Faynberg, a prominent Russian-speaking poet, translator, and screenwriter.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides a comprehensive analysis of the life and work of Aleksandr Faynberg, a prominent Russian-speaking poet, translator, and screenwriter. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Translator, poetry, cultural heritage, Uzbek film, Russian and Uzbek literary relations, rus va o‘zbek adabiy aloqalari, Yoshlik, Tarjimon, she’riyat, O‘zbekfilm, madaniy meros
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026