К содержанию
РецензированоRU2025

“MALIKAYI DILOROM” DOSTONINING TOSHBOSMA NUSXALARI TAVSIFI VA QIYOSIY TAHLILI

Odilova XolidaxonMuzaffar qizi · Prof. ZohidovRashidFozilovich · Mirzo Ahmad sahhof · Orifjonov matbaasi.

Международный журнал научных исследователей · 10 · 2025

Аннотация

В данной статье описаны литографии эпоса «Маликайи Дилором», написанного Саодатом Муштари, одним из представителей литературной среды Коканда, сравниваются некоторые экземпляры, изучаются и доводятся до сведения ученых ихобщиеи различные стороны. Ключевые слова:«Маликайи Дилором», мулла Мир Азам, мулла Саид Ходжа Эшон, Зафар Охундбек,Мирзо Ахмад cаххоф,типографияАрифджонова. Annotation:This article describes the lithographs of the epic “Malikayi Dilorom” written by Saodat Mushtari, one of the representatives of the Kokan literary environment, some copies are compared, common and different changes are studied, and brought to the attention of scholars. Keywords:“Malikayi Dilorom”, mulla Mir Azam, mullaSaid Khoja eshon, Zafar Okhundbek, MirzoAhmad Sahhof, Arifjonov printing house. XVIII-XIX asr Movarounnahr hududida adabiyot va san’at sohasida juda ko‘plab shoir va shoiralar ijod etganliklari hech kimga sir emas. Bu turkiy tilli hududning madaniy rivojida Qo‘qon adabiy muhitining ahamiyati beqiyosdir. Muslihabegim Miskin, Saodat Mushtariy va boshqa shoiralarning o‘quvchilar ommasiga kam ma’lum bo‘lgan, hatto noma’lum bo‘lib kelayotgan asarlarining ham mavjudligi tadqiqotchilar uchun muhim yangilik bo‘lishi mumkin. Qo‘qon adabiy muhiti rivojiga hissa qo‘shgan ijodkorlardan biri XIX asrning ikkinchi yarmida yashab ijod etgan shoiralardan biri Saodat Mushtariy (tavalludi 1810-1811–yillar orasida, vafoti haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas) lirik asarlari bilan bir qatorda liro- epik janrdaham ijodetgan. Shoirao‘zihaqida shunday yozadi: Olti yoshda Mushtar maktab kirdibiling… O‘nyoshida davot, qalam oldi, biling[Qodirova, 1977,164]. 181 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 10,issue1,February 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X Yana boshqa bir o‘rinda: “To‘qqiz yoshda qalamni tutdi Mushtar”,- deb aytadiki, bu hol Saodatning 9-10 yoshlaridayoq savodini chiqarib, yaxshigina yoza bilish iqtidoriga ega ekanligidan dalolat beradi. Qo‘lyozmaning 55-56-varaqlarida “Mushtariy Saodat” deb o‘zining ismi Saodat bo‘lganligiga ham ishora bor. Qo‘lyozmaning juda ko‘p varaqlarida va hikoyaning oxiriga “Mushtar”, “Mushtariy” taxallus qo‘yilishiga ko‘ra, Saodat asarlarini Mushtariy taxallusida yozgan. Qo‘lyozmning 104b varag‘ida “Mushtar qalamkash bir so‘z ayg‘oni turur yor -do‘stlarig‘a”,- deb sarlavha qo‘yilgan. “Bo‘lmasa” radifi bilan yozilgan bir g‘azalda uning otasi Qozi Mirrahim ekanligini bayon etadi. Demak, Saodatning otasi Qo‘qon xonlari davrida qozi o‘tgan. Endi “Malikayi Dilorom” dostonining umumiy mazmuniga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, bu asarda yozma adabiyot bilan xalq og‘zaki ijodi an’analari uyg‘unlashib ketadi. Shunga ko‘ra, u ham mazmun, ham shakl jihatidan o‘ziga xos bir ko‘rinishni kasb etadi. “Malikayi Dilorom” dostoni hajm jihatidan uncha katta emas. Shunga qaramay, unda hikoya qilingan voqealar sertarmoq, konfliktlar ko‘p, xarakterlar, personajlar rang- barang qiyofalarga egadir. Shoira bevosita o‘z dostoniga zamin bo‘lgan manba haqida aniq ma’lumot qoldirmagan. Shunga qaramay, biz shoiraning “Malikayi Dilorom” asariga yaqin “Orzigul” dostoni kabi xalq og‘zaki ijodi namunalari bilan ham tanishligi haqida to‘la asos bilan gapira olamiz[5].Quyida toshbosmalartavsifiga to‘xtalamiz. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida Saodat Mushtariy qalamiga mansub “Malikayi Dilorom” dostonining 10 ta toshbosma nusxasi hamda 2 nusxadagi qo‘lyozmalari saqlanmoqda[2]. 182 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 10,issue1,February 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 183 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 10,issue1,February 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X Endijadvalda berilgan ayrim bosmanusxalar vaqo‘lyozmalarga tavsifberamiz. №461 inventar raqamli nusxaning muqovasi yashil rangda, gulli naqsh bilan bezatilgan. 1-sahifa 3 qatorli jadvaldan iborat. Ramkaning tashqarisi gullar bilan bezatilgan, ichki qismi turli naqshlar chizilgan. 1-qatorda hech qanday yozuv yo‘q, faqat naqshlar, ikkinchi qatorda M

Доказательный фрагмент

«В данной статье описаны литографии эпоса «Маликайи Дилором», написанного Саодатом Муштари, одним из представителей литературной среды Коканда, сравниваются некоторые экземпляры, изучаются и доводятся до сведения учены…»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье описаны литографии эпоса «Маликайи Дилором», написанного Саодатом Муштари, одним из представителей литературной среды Коканда, сравниваются некоторые экземпляры, изучаются и доводятся до сведения учены… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“Malikayi Dilorom”, mulla Mir Azam, mullaSaid Khoja eshon, Zafar Okhundbek, mullo Said Xo‘ja eshon, Zafar Oxundbek, Orifjonov matbaasi., Mirzo Ahmad sahhof, mullo Mir A’zam
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники