К содержанию
РецензированоUZ2025

JADIDCHILIK VA JADIDLARNING MA’RIFATPARVARLIK G‘OYALARI

Manzura Xo‘jamberdiyeva

Международный журнал научных исследователей · 10 · 2025

Аннотация

from the second half of the 19th century, progressive enlighteners understood very well that the main reason for the loss of state independence is the political, socio-economic and cultural backwardness of the Central Asian society. They came from different social strata and most of all they were intelligent and became the first generation of progressive intellectuals. It was on this basis that Jadids grew up and developed their ideas and moved from enlightenment topolitics. Key words: spiritual-ideological, ideological currents, modernists, reformers, Bedilists, Mashrabkhans, enlightened teachings, theories, foreign nation, history, culture ofstates, Jadidchilik dastlab XX asrning 80-yillarida Qrimda Ismoilbek Gasprinskiy rahbarligida qrim tatarlar oʻrtasida vujudga keldi. Jadidchilik harakati namoyandalari koʻpincha oʻzlarini taraqqiyparvarlar, keyinchalik jadidlar deb atashgan. Oʻsha davrning ilgʻor taraqqiyparvar kuchlari, birinchi navbatda, ziyolilar mahalliy aholining umumjahon taraqqiyotidan orqada qolayotganligini his etib, jamiyatni isloh qilish zaruriyatini tushunib yetgandilar. Jadidchilik mohiyat eʼtibori bilan avvalo siyosiy harakat edi. Uning shakllanish va magʻlubiyatga uchrash davrlari boʻlib,ularni shartli ravishdatoʻrtga boʻlish mumkin. Aslida «jadid» so‘zining ma’nosi «yangi» demakdir. Lekin u shunchaki «yangi», «yangilik tarafdori» degani emas, balki «yangi tafakkur», «yangi inson, «yangi avlod» singari keng 207 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 10,issue1,February 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X ma’nolarni o‘zida mujassam etgan. Jadidchilik – davlat, tuzum, boshqaruvni isloh etish va millatni rivojlantirish orqali, umuman, jamiyatni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqishni maqsad qilib qo‘ygan hamda aniq amaliy tadbirlarni o‘zida mujassamlashtirgan g‘oyalar tizimi. Bu tizim jahon sivilizatsiyasida nihoyatda katta ro‘l o‘ynagan Turkistondek bir tarixiy o‘lkada sharqona hayot tarzinisaqlaganholdauniG‘arbvaYevropataraqqiyotinatijalaribilanboyitishniko‘zlagan. Jadidlik Turkistonda XIX asrning oxirida maydonga kelgan, XX asrning boshida shakllanib, qisqa muddatda oʻzining choʻqqisiga koʻtarilgan. Jadidlik 1917-yilgi bolsheviklar toʻntarishidan keyin ham sotsialistik diktatura oʻrnatilgunga qadar oʻz mavqe va yoʻnalishini saqlab qola olgan ijtimoiyharakatdir. Baʼzimanbalardajadidlik oqim deb atalsa, baʼzisidaharakat deb aytiladi. Jadidlik oqim emas, harakat deb taʼkidlaydi B.Qosimov [3:61]. Ijtimoiy, siyosiy, maʼrifiy harakat yaqingacha ham ataylab faqat maʼrifatchilik harakati deb kelindi. Maqsad jadidlikning doirasini toraytirish, sotsialistik-kommunistik mafkuradan boshqasi keng xalq ongini qamrab olishi, egallashi mumkin emas, degan soxta tushunchaning asorati edi. Jadidshunos olim B.Qosimov jadidlikharakatining xarakter vamuddaosini 3turga boʻlibizohlaydi:  Jamiyatning barcha qatlamlarini jalb etaoldi. Uygʻonishmafkurasi boʻlibxizmat qildi.  Mustaqillik uchun kurash olib bordi. Uning gʻayrat va tashabbusi bilan dunyo koʻrgan Turkiston muxtoriyati buyoʻldagi amaliy harakatning dastlabki natijasi edi.  Maorifvamadaniyatni, matbuotniijtimoiy-siyosiy maqsadlarga moslab chiqdi. Bu xarakter va yoʻnalishni qator olimlar eʼtirof etdi. Bugungi kunda jadidlarni olib borgan ishlari keng jamoatchilik oʻrtasida turli xil bahslarning vujudga kelishiga sabab boʻlmoqda. Aslida jadidlarharakati faqat Turkistondavujudga kelmadi. Turkistonda jadidchilik XIX asrning 80-yillarida Rusiya musulmonlari, xususan, Kavkaz va Volga boʻyida yoyilgan shu nomdagi taraqqiyparvarlik harakatining bevosita taʼsiri va samarasi sifatida dunyoga keldi. Bunda Ismoil Gaspiralining “Tarjimon” gazetasi (1883) va u asos solgan “usuli jadid” (ikkinchi nomi “usuli savtiya”) maktabi (1884) muhim rol oʻynadi. Bu harakatning jadid deb atalishi haqida Abdulla Avloniy “Shul zamonda (1894-1904 yillar) yerli xalqlar orasida eskilik-yangilik (qadim-jadid) janjali boshlandi. Gʻazit oʻqigʻuvchilarni mullalar “jadidchi” nombilan atar edi” [3:61],degan fikrni keltiradi. Jadidlikning poydevori, tamal toshi usuli jadid maktablarining tashkil qilinishi edi. Hamonki, maqsad jamiyatni yangilash ekan, uni yangi avlodgina qilishi mumkin edi. Buning uchun esa zamon talabiga mos yoshlarni tarbiyalash masalasi jadid allomalarining oldiga qoʻyilgan bosh masala boʻldi. 1900-1925 yillar “jadidchilik” tushunchasining paydo boʻlishi oʻz davrining eng peshqadam, tashabbuslar davridir [3:10]. Oʻzbek falsafasining ijtimoiy-falsafiy, diniy-axloqiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotida “XIX asrning soʻnggi va keyingi yuz yillikning boshlanish davri gʻoyaviy-nazariy va mafkuraviy shakllanishining xilma-xilligi bilan ajral

Доказательный фрагмент

«from the second half of the 19th century, progressive enlighteners understood very well that the main reason for the loss of state independence is the political, socio-economic and cultural backwardness of the Central…»

Образец извлечения

Демо-превью

from the second half of the 19th century, progressive enlighteners understood very well that the main reason for the loss of state independence is the political, socio-economic and cultural backwardness of the Central… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
spiritual-ideological, ideological currents, modernists, reformers, Bedilists, bedilchilar, islohotchilar, davlatlarning tarixi, mashrabxonlar, maʼrifiy taʼlimotlar, nazariyalar, madaniyati, maʼnaviy-gʻoyaviy, jadidchilar, oʻzga millat, mafkuraviy oqimlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники