Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GI DE MOPASSANNING «DO’NDIQ» NOVELLASIDA REALIZM G’OYALARINING BADIIY IN’IKOSI
Xolmanova ShoxsanamQobiljon qizi
Международный журнал научных исследователей · 10 · 2025
Аннотация
Mazkur maqola Romantizm davri fransuz adabiyoting yorqin namoyandasi Gi de Mopassanning « Do’ndiq »novellasidagi realizm g’oyalariga bag’ishlanadi. Hamda XIX asr fransuz jamiyatida sodirbo’layotgan voqealar real tasvirlanadi. Kalitso’zlar:Romantizm, realizm, romantika, tanqidiy realizm Romantizm davri – Fransuz adabiyotida romantizm xos asarlarning eng rivoj topgan davri hisoblanadi. Romantizm har doim real, hayotiy boʻlmagan kelajakka intilganlik, goʻzallik va nafosat ideali haqida oʻy-xayol, ijtimoiy va maʻnaviy-axloqiy uygʻunlik, hamohanglikdek qabul qilinishi lozim. Masalan, oʻzining tanqidiy maqolalarida romantizm tushunchasiga keng taʻrif va tavsif bergan rus munaqqidi V.G.Belinskiy, romantizmda aynan romantika muhim ahamiyat kasb etajakligini uqtirarkan, romantikani alohida olingan shaxsning ichki maʻnaviy va ruhiy dunyosi bilan chambarchas bogʻlaydi:1 “Oʻzining uzviy va muhim maʻnosida romantizm, inson qalbidan, uning ichki dunyosi, yuragining sirli hayotidan boshqa hech narsa emas... Uning doirasi – insonning ichki, yuragidagi, dilidagi hayoti, qalb va yurakning sirli va yashirin sermahsul zamini, qayerdan barcha orzular ezgulik, olijanoblik, buyuklik sari koʻtariladi, oʻy- hayol yaratgan ideallarda oʻziga qanoat topish, mamnun boʻlish, huzur-halovat topishga harakat qiladi”2 XIX asrda ham fransuz falsafasining bunday ulugʻvorligi davom etdi. Fransuz sheʼriyati va romanchiligi XIX asrda oʻzining yuksak choʻqqisiga erishdi. Ushbu davrda yaratilgan asarlar yirik adabiy oqim – romantizmga yoʻl ochdi. Lamartin, Stendal, Musse, Viktor Gyugo, Bodler, Nerval, Gotye, Verlen bu davr ijodkorlari hisoblanadi. Yuqoridagi yozuvchilarning har birining alohida oʻz ijod uslublari boʻlgan va kitobxon qalbiga yoʻl topa olgan. Lekin, Gi de Mopassan oʻziga shunday bir yoʻl tanlagan ediki, unda ayrim adabiyot va jamiyat qoidalaridan chiqishga, ijtimoiy-madaniy hayotning ayrim qonuniyatlarini bajarmaslikkamajburboʻlgan edi. Mopassanning tanqidiy realizm va janr rivojiga taʻsiri uning ijodiy uslublari, qahramonlarni tasvirlash sanʻatida namoyon boʻladi. U insonni, uning sifatlarini butun ruhiy- psixologik badiiiy qiyofasini tasvirlagan, xarakterli xususiyatlaridan biri qanday qilib butun xarakter ruhiyatini egallab olganligini namoyish etgan. Agar u oʻzgarish jarayonidagi qahramonlarni tasvirlagan boʻlsa, ularda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni ilgari ularga xos boʻlgan xususiyatlarni toʻliq rad etishsifatidakoʻrsatdi. Fransuz romantizmida hikoya tizimida allegorik afsonalar koʻrinishida boʻlmay, real voqe'likda mavjud ijtimoiy, falsafiy muammolar, sirli hodisalar realistik uslub bilan romantik uslub qorishgan holda koʻrinadi. Fransuz romantizmida yorqin shaxslar voqe'likdagi fojiani chuqur his etadilar, despotiyaga, zulmga qarshi faol kurashadilar. Ba'zi adabiy qahramonlar original, individual xislatlari bilan bir vaqtda abstraklanib, umumlashib, ijtimoiy tiplarga 1Қаршибаева У.Д. Француз романтизм прозасининг поэтик хусусиятлари (Шатобриан ва В.Гюго ижоди мисолида) Дисс...филологияфан.доктори.–Тошкент,2015.–B.26. . 2БелинскийВ.Г.Полн.собр.соч.,т. VII.–М.,1955.-С.145-146. 212 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 10,issue1,February 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X aylanadi. Adabiy tip – allegorik qahramon – bu adabiy qahramonga oʻzgartirilgan insonning qimmatlimavhum (abstraksiyali) xususiyatidir3. Mopassan (Guy de Maupassant, 1850-1893) ijodida uning realizm va tanqidiy realizmga xos g’oyalari “Marjon shodasi” (“La Parure”, 1884), “Alvasti” (“Le Diable”, 1886), “Do’ndiq” (“Boule de Suif”, 1880), “Madmuazel Fifi” ("Mademoiselle Fifi", 1882) kabi novellalarida o’z ifodasini topgan. Mopassan asarlari ko'pincha quyidagi mavzularga murojaat qiladi: Inson tabiati, burjua jamiyati, sevgi va istak, o'lim va taqdir. Mopassan ko'pincha insonning zaif tomonlari va qarama-qarshiliklarini tekshiradi. Uning qahramonlari ko'pincha istaklari, qo'rquvlari va muvaffaqiyatsizliklari bilan to'qnash keladi. Ko'pgina qisqa hikoyalar taqdirning shafqatsiz va oldindan aytib bo'lmaydiganligini ko'rsatib, uning ijodida keng tarqalgan fatalizm tuyg'usini ta'kidlaydi. Illuziya va haqiqat: Mopassan tashqi ko'rinish aldamchi bo'lishi mumkin degan fikrni ilgari suradi. Uning novellalari ko'pincha narsalar yuzasi ostida yashiringan haqiqatlarni ochib beradi. Nikoh va nikoh hayoti: Romantik va oilaviy munosabatlar tez-tez o'rganiladi, ko'pincha ijtimoiyme'yorlarni vajamiyatdagi muommolarni qattiq tanqid ostiga oladi. Boule deSuif (Do’ndiq -1880) –o'zining realizmi bilan ajralib turadi. Hikoya tarixdagi birvoqea (1870-yilgi urush)ga asoslangan va adabiy realizmning ramziy na’munasidir. Yozuvchining ushbu novellasi
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqola Romantizm davri fransuz adabiyoting yorqin namoyandasi Gi de Mopassanning « Do’ndiq »novellasidagi realizm g’oyalariga bag’ishlanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqola Romantizm davri fransuz adabiyoting yorqin namoyandasi Gi de Mopassanning « Do’ndiq »novellasidagi realizm g’oyalariga bag’ishlanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Romantizm, romantika, realizm, tanqidiy realizm
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025