Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JIGAR KASALLIKLARIDA INTOKSIKATSIYANING KECHISH XUSUSIYATLARI VA DAVOLASH CHORA-TADBIRLARI
Tosharova Munisa Abdisattor qizi · Maxmudova IntizorAbduraufqizi
Международный журнал научных исследователей · 10 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada jigar kasalliklarida tana haroratining kechuv xususiyatlari, uning patofiziologik asoslari va klinik ahamiyati keng yoritilgan. Jigar patologiyalarida kuzatiladigan harorat reaksiyalarining etiologik omillari, immunologik va yallig‘lanish jarayonlari bilan bog‘liqligi, shuningdek, virusli, autoimmun va metabolik kasalliklar bilan kechuvchi holatlarda harorat o‘zgarishiningxususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada yuqori harorat bilan namoyon bo‘luvchi jigar kasalliklarini boshqa infeksion va yallig‘lanish kasalliklaridan differensial diagnostika qilish muhim jihatlari ko‘rib chiqilib, tana haroratining diagnostik va prognostik ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida zamonaviy davolash usullari, jumladan, antipiretik vositalar, immunomodulyatorlar, gepatoprotektorlarva yallig‘lanishga qarshi terapiyaning samaradorligi muhokamaqilinadi. Ushbu maqola jigar kasalliklarida tana haroratining klinik monitoringi, uning diagnostik ahamiyatini chuqur tushunish va davolashning individual yondashuvlarini ishlab chiqish uchun muhimilmiyvaamaliy ahamiyatgaega. Kalit So‘zlar:Jigar kasalliklari, tana harorati, patofiziologiya, virusli gepatit, jigar sirrozi, xolestatik sindrom, intoksikatsiya, differensial diagnostika, antipiretik terapiya, gepatoprotektorlar, immunitet, yallig‘lanish jarayoni, zamonaviy davolash usullari. KIRISH: Jigar organizmning eng muhim organlaridan biri bo‘lib, metabolik, detoksikatsion va immunologik jarayonlarda faol ishtirok etadi. Jigar kasalliklari turli xil etiologik omillar – virusli infektsiyalar, autoimmun jarayonlar, metabolik va toksik ta’sirlar natijasida rivojlanishi mumkin. Ushbu patologik holatlar ko‘pincha umumiy intoksikatsiya belgilari bilan kechadi, ulardan biri tana haroratining o‘zgarishidir. Jigar kasalliklarida tana haroratining ko‘tarilishi yoki o‘zgarishi ko‘plab klinik holatlarda uchraydi va uning patofiziologik mexanizmlari turlicha bo‘lishi mumkin. Virusli gepatitlar, jigar absessi, xolestatik sindrom va jigar sirrozi kabi kasalliklarda haroratning o‘ziga xos ko‘rinishlari kuzatiladi. Ba’zi hollarda tana harorati biroz ko‘tarilgan (subfebril) bo‘lsa, ayrim og‘ir infeksion yoki yallig‘lanish jarayonlaridayuqori (febril)yoki gektik harorat qayd etilishi mumkin. Temperatura 215 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 10,issue1,February 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X reaksiyasining klinik ahamiyati shundaki, u kasallikning kechishiga, davolash strategiyalarini tanlashga va bemorning umumiy holatini baholashga ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, jigar kasalliklarida haroratning dinamikasini kuzatish, uni boshqa kasalliklardan differensial diagnostika qilish va samarali terapevtik yondashuvlarni ishlab chiqish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada jigar kasalliklarida tana haroratining kechuv xususiyatlari, uning asosiy sabablarini tahlil qilish hamda zamonaviydavolash usullarihaqida ilmiyyondashuvlar ko‘rib chiqiladi. ASOSIYQISM: 1.Jigar kasalliklarida tanaharoratining o‘zgarish sabablari: Jigar kasalliklarida tana haroratining ko‘tarilishi turli patofiziologik jarayonlar bilan bog‘liqbo‘lishimumkin.Asosiy sabablar quyidagilardan iborat: Virusli infektsiyalar – Gepatit A, B, C, D va E viruslari organizmga tushganda immun tizimi yallig‘lanish reaktsiyasini chaqiradi, bu esa tana haroratining ko‘tarilishiga olibkeladi. Bakterial infektsiyalar – Jigar absessi, xolangit va boshqa bakterial kasalliklar isitma bilan kechadi. Bunday holatlarda ko‘pincha sepsis rivojlanish xavfi yuqori bo‘ladi. Autoimmun jarayonlar – Autoimmun gepatitda immun tizimi jigar hujayralariga hujumqiladi, buesa yallig‘lanish vaharorat reaksiyasiga sabab bo‘lishi mumkin. Toksik ta’sirlar – Giyohvand moddalar, alkogol va ba’zi dorilarning jigar hujayralariga zarar yetkazishi intoksikatsiyani kuchaytirib, harorat ko‘tarilishiga olibkeladi. O‘sma jarayonlari – Jigar saratoni yoki metastazlari tana harorati oshishi bilan kechishi mumkin,chunki organizm yallig‘lanish mediatorlarini ishlab chiqaradi. 2.Jigar kasalliklarida tanaharoratining klinikkechishi: Jigar kasalliklariga qarab tanaharoratining ko‘tarilishi turli xilkechishi mumkin: Subfebril harorat (37,1–38,0°C) – Ko‘pincha virusli gepatit, jigar sirrozi va autoimmungepatitlarda kuzatiladi. Febril harorat (38,1–39,0°C) – Jigar absessi, xolangit, bakterial infektsiyalar va sepsisbilan bog‘liqbo‘lishimumkin. Gektik harorat (39,0°C dan yuqori, kun davomida keskin tushib-ko‘tarilishi) – Sepsis, yiringli yallig‘lanish jarayonlari va jigar o‘smalarining nekrozga uchrashi bilanbog‘liqbo‘lishimumkin. 3.Jigar kasalliklarida tanaharoratining diagnostik ahamiyati Tana haror
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada jigar kasalliklarida tana haroratining kechuv xususiyatlari, uning patofiziologik asoslari va klinik ahamiyati keng yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada jigar kasalliklarida tana haroratining kechuv xususiyatlari, uning patofiziologik asoslari va klinik ahamiyati keng yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Jigar kasalliklari, tana harorati, zamonaviy davolash usullari., yallig‘lanish jarayoni, intoksikatsiya, immunitet, jigar sirrozi, antipiretik terapiya, xolestatik sindrom, gepatoprotektorlar, virusli gepatit, differensial diagnostika, patofiziologiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025