Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTONDA BANK XIZMATLARINI RAQAMLASHTIRISHNING IJTIMOIY TA’SIRI
ATB “Kapitalbank” Xatarlarniboshqarish · O‘ZBEKISTONDABANK XIZMATLARINI RAQAMLASHTIRISHNING
Международный журнал научных исследователей · 10 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekistonda bank xizmatlarini raqamlashtirish jarayonining ijtimoiy ta’siri tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning keng joriy etilishi fuqarolarning moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish, qulaylik yaratish hamda bank tizimining samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, raqamlashtirish jarayoni aholiningraqamli savodxonligini oshirish,yangi ish o‘rinlarini yaratish vaiqtisodiyrivojlanishga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Maqolada ushbu jarayonning ijtimoiy hayotga ta’siri, imkoniyatlari vamavjud muammolartahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: bank xizmatlari, raqamlashtirish, ijtimoiy ta’sir, moliyaviy texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot, elektron to‘lovlar, raqamli savodxonlik,bank tizimi. Zamonaviy texnologiyalarning jadal rivojlanishi bank-moliya tizimini tubdan o‘zgartirib, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Raqamlashtirish jarayoni global miqyosda moliyaviy sektorga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda va O‘zbekiston ham bu jarayondan chetda qolmayapti. So‘nggi yillarda mamlakatimizda bank xizmatlarini raqamlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Elektron to‘lov tizimlari, mobil ilovalar, onlayn banking va sun’iy intellekt asosida ishlovchi moliyaviy texnologiyalarning joriy etilishi natijasidamijozlarga qulay, tezkorva samarali xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari yaratildi. Raqamli bank xizmatlarining joriy etilishi aholining moliyaviy operatsiyalarni oson va xavfsiz amalga oshirishiga keng yo‘l ochmoqda. Elektron hamyonlar, kontaktless to‘lov tizimlari va biometrik identifikatsiya kabi innovatsion yondashuvlar mijozlarning banklarga bo‘lgan ishonchini oshirishga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, aholi uchun elektron xizmatlarning qulayligi va arzonligi sababli bank tizimidan foydalanish imkoniyati kengayib, moliyaviy inklyuziya darajasi oshmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu borada prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Biz bank-moliya sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish niyatidamiz. Gap mazkur sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish, xorijiy banklarni O‘zbekistonga faol jalb etish, samarali fond bozorini shakllantirish haqida bormoqda. Bu zalda bank sohasiga investitsiya kiritgan xorijiy hamkorlarimizni ko‘rish bizga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi. Biz xorijiy sarmoyadorlarning bank-moliya sohasini yanada takomillashtirishga qaratilgan taklif va tashabbuslari uchun ochiqmiz”1, - deya o‘z nutqidata’kidlab o‘tgan. Biroq bank xizmatlarini raqamlashtirish jarayoni faqat ijobiy jihatlar bilan cheklanmaydi. Jamiyatda texnologik nomutanosiblik, kiberxavfsizlik tahdidlari, internet tarmog‘iga kirish imkoniyatining yetarlicha yuqori emasligi va ayrim aholining raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarining sustligi kabi muammolar mavjud. Shu sababli, raqamli bank 1PrezidentShavkatMirziyoyevningO„zbekistonRespublikasiPrezidentihuzuridagiXorijiyinvestorlar kengashiningbirinchiyalpimajlisidaginutqi(16.11.2022yil)https://president.uz/uz/lists/view/5702. 122 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 10,issue1,February 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X xizmatlarini yanada rivojlantirishda nafaqat texnologik yangiliklarni joriy etish, balki aholining raqamli savodxonligini oshirish, xavfsizlik choralarini kuchaytirish va moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish muhimahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonda bank xizmatlarini raqamlashtirish so‘nggi yillarda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Prezidentning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga oid farmonlari va Markaziy bank tomonidan qabul qilingan strategiyalar bank sektorining raqamli transformatsiyasini jadallashtirdi. Xususan, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturi doirasida bankvamoliyaviy xizmatlarning ko‘pchiligi elektron shaklga o‘tkazildi. Bugungi kunda O‘zbekiston banklari mobil ilovalar, onlayn banking, elektron to‘lov tizimlari va sun’iy intellekt asosida ishlovchi xizmatlarni keng joriy etmoqda. Humo, UzCard va Click, Payme, Apelsin, Paynet kabi to‘lov tizimlari orqali aholining aksariyati an’anaviy bank xizmatlaridan foydalanmagan holda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatigaega bo‘ldi. Bu esa raqamli bankxizmatlarining jadal rivojlanishidan dalolat beradi. Raqamlashtirish jarayoni jamiyatning turli qatlamlariga turlicha ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu jarayonning asosiy ijtimoiy ta’sirlariniquyidagi jihatlar orqali baholash mumkin: Moliyaviy inklyuziyaning kengayishi. Raqamli bank xizmatlari aholining keng qatlamlariga moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratmoqda. Xususan, avval moliyaviy xizmatlarg
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada O‘zbekistonda bank xizmatlarini raqamlashtirish jarayonining ijtimoiy ta’siri tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada O‘zbekistonda bank xizmatlarini raqamlashtirish jarayonining ijtimoiy ta’siri tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- raqamlashtirish, raqamli iqtisodiyot, bank tizimi., moliyaviy texnologiyalar, ijtimoiy ta’sir, raqamli savodxonlik, elektron to‘lovlar, bank xizmatlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026