К содержанию
РецензированоUZ2025

NO’XAT (CICER ARIETINUM L.) O’SIMLIGI NAVLARINING EKILISHI, HOSILDORLIK BELGILARI VA YETISHTIRISH ISTIQBOLLARI

HOSILDORLIKBELGILARI VAYETISHTIRISH ISTIQBOLLARI

Международный журнал научных исследователей · 10 · 2025

Аннотация

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligining muhim vazifalaridan biri, aholini oziq-ovqat maxsulotlarga bo’lgan talabini to’liq qondirishdan iboratdir. Bu maqsadga erishishda don va dukkakli-don ekinlarini yetishtirish, ularni xilma-xilligi, xosildorligini oshirish, sifatini yaxshilash jiddiy ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada no’xatning navining ekish usullari va ularning o‘sishiga, rivojlanishiga va hosildorligiga ta’siri haqida ma’lumot berilgan. Bundan tashqari maqolada no‘xatning ko‘plab navlari to‘g‘risida kerakli va qisqacha ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu maqolada no‘xat o‘simligining nav va namunalarida don soni, don og‘irligi, 1000 ta don vazni kabi hosildorlik belgilari va 1 m2 don hosili (g.) ko‘rsatkichlari aniqlandi va qiyosiy tahlil qilindi, Tahlil natijalariga asoslanib no‘xatning nav va namunalari orasidan don soni, don og‘irligi va 1 m2 don hosilining eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgani seleksion tadqiqotlaruchun tanlab olindi. Kalitso’zlari: no‘xat, o‘suvdavri, no‘xat ildizlari, no‘xat nigritum navi, ekish me’yori, Asosiy qism.No‘xat hozirgi kundagi insoniyatning eng zarur oziqa manbaidir. No‘xat poyasidan yem xashak sifatida qishloq xopjalikda eng sermahsul ekin sifatida foydalaniladi. Ayniqsa o‘zbek olimlari tomonida sug‘oriladigan ekin maydonlarda ekilib tuproqning strukturasi va unumdorligi yaxshilanyapti. Hozirgi kunda global iqlim o‘zgarishi dunyoning ko‘plab hududlarida suv tanqisligining kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Bunday holatlarda suv tanqisligiga chidamli bo‘lgan ekin turlarini ko‘paytirish talab etiladi. Bunday ekin turlaridan biri no‘xat o‘simligi hisoblanadi [1,2]. No‘xat o‘simligi quruq iqlim sharoitli 55 dan ortiq mamalakatlarda yetishtiriladi. Aholi o‘sishi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda (Hindiston, Pokistan, Meksika, Efiopiya) no‘xat asosiy oziq-ovqat mahsuloti sifatida ovqat ratsioniga kiritilgan [4]. No‘xat doni tarkibida o‘rtacha 25% oqsil, 4,5% moy, 46% gacha kraxmal, B1 vitamini, turli mineral tuzlar va ovqat hazm qilishga yordam beradigan eng muhim aminokislotalar bor. No‘xat mevasi dorivorlik hususiyatlari bilan ham alohidaajralib turadi. 125 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 10,issue1,February 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X No‘xat – dukkaklilar oilasiga mansub bir yillik va ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik turkumi; dukkakli don ekini. Vatani Osiyo. Poyasi o‘tsimon, tik o‘sadi, dag‘al, qovurg‘ali, sershox, tukli, balandligi 30-70 sm. Bargi murakkab, patsimon. Guli ikki jinsli, kapalaksimon, mayda. Mevasi dukkak, dukkagida 1-2 ta, goh 3 ta don bo‘ladi. Don rangi oq, pushti, to‘q-sariq, issiqsevar va yorug‘sevar, bahorgi ekin. Boshqa dukkakli ekinlarga nisbatan qurg‘oqchilik va sho‘rga chidamli, urug‘i 2-5°C haroratda unib chiqadi, past haroratda sekin o‘sadi. Maysasi bahorgi -6- 8°C gacha qorasovuqlarga chidaydi. Namlik meʼyordan ortiq bo‘lsa kasallanadi, shona va guli to‘kiladi. O‘zidan changlanadi. O‘suv davri 70-190 kun. Don tarkibida 19-33% oqsil, 4-7% moy, 0,2-4,0% kul, 48-61% azotsiz ekstrativ moddalar, 2-12% klechatka, vitaminlar hamda aminokislotalar mavjud. Bir mavsumda bir gektar yerda no‘xat ildizlari 50-70 kg sof modda hisobida azot to‘playdi. Keng qatorlab (qator orasi 45-60 sm) yoki yoppasiga qatorlab (qator orasi 15 sm), baʼzan sepma usulida 5-10 sm chuqurlikda ekiladi. O‘zbekistonda aksariyat lalmi yerlarda ekiladi. Gullash davrida suvni kam meʼyorda berish yaxshi natija beradi, to‘liq pishganda guli to‘kiladi, dukkagi deyarli chatnamaydi, hosili don kombaynlarida yig‘ib olinadi.So‘ngi yillarda iqlimni glabal o‘zgarishi, haroratni keskin ko‘tarilishi, lalmi xududlarni cho‘lashishi bir davrda, axolini don va dukkakli - don ekinlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadidano‘xat ekinini sug‘oriladigan yerlarda yetishtirish samara bermoqda. Hozirgi kunda O‘zbekistonda no‘xatning 11 navi yetishtiriladi.Shuningdek, navlar pishib etish jihatidan farq qiladi. Erta pishgan turlarni birinchi kurtaklar paydo bo'lganidan 1-2 oy o'tgach iste'mol qilish mumkin. No'xatning o'rta pishib etish davri 2-2,5 oy. Kech turlarni 2,5-3 oydan keyin yig'ib olish mumkin.No‘xat nigritum avlodiga mansub oqsilga boy bir yillik o’simlik hisoblanadi. No’xat o’simligining ozuqaviyligi yuqori bo’lib doni tarkibida o’rtacha 19-30% oqsil, 4-7% moy, 47-60% azotsiz ekstraktov moddalar, 2,4-12,8% kletchatka, 0,2-4,0% kul va shuningdek, V1 vitamini hamda mineral tuzlar mavjud.Bu navda bir tonna urug‘ va tegishli barg – poya yetishtirish uchun 45-60 kg sof modda hisobida azot, 16-20 kg fosfor, 30 kg kaliy, 25-30 kg kalsiy, 8-13 kg magniy sarflanadi. Erkin azotni o‘zlashtirish xususiyatini nazarda tutib gektariga 20-30 kg azot, 60-80 kg fosfor

Доказательный фрагмент

«O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligining muhim vazifalaridan biri, aholini oziq-ovqat maxsulotlarga bo’lgan talabini to’liq qondirishdan iboratdir.»

Образец извлечения

Демо-превью

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligining muhim vazifalaridan biri, aholini oziq-ovqat maxsulotlarga bo’lgan talabini to’liq qondirishdan iboratdir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
no‘xat, ekish me’yori, no‘xat ildizlari, o‘suv davri, no‘xat nigritum navi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники