Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“JISMONIY TARBIYA FANI O‘QITISH HUQUQINI BERISH BO‘YICHA KASBIY QAYTA TAYYORLASH” YO‘NALISHIDA ELEKTRON DARSLIKLARDAN FOYDALANISH MASALALARI
AmonovAsqar Nomozboyevich (va malakasinioshirish instituti“Sport psixologiyasi,) · QAYTATAYYORLASH”YO‘NALISHIDA ELEKTRONDARSLIKLARDAN (va malakasini oshirish institutiO‘quvishlari bo‘yicha prorektori, dotsenti)
Международный журнал научных исследователей · 10 · 2025
Аннотация
Maqolada “Jismoniy tarbiya fani o‘qitish huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash” ta’lim yo‘nalishida elektron darsliklardan foydalanish samaradorligi nimalardan iborat ekanligi bayon qilingan. Kalit so‘zlar:axbort, axborot texnologiyalar, elektron darsliklar, kompyuterli telekommunikatsiyalar, kompyuter savodxonligi. Mavzuning dolzarbligi va zarurati. Zamonaviy dunyoda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) ta’sirida tez sur’atda o‘zgarmoqda. Ushbu o‘zgarishlar hayotning deyarli barcha sohalariga, jumladan, jismoniy tarbiya va sportga ham ta’sir qiladi. Fan va texnikaning jadal rivojlanishi sharoitida sport mutaxassislarni qayta tayyorlashda kompyuterlar, smartfonlar, har xil turdagi gadjetlar ta’lim tizim jarayonining ajralmas instrumenti bo‘lib, ular uchun mo‘ljallangan elektron darsliklardan foydalanish masalasi dolzarbdir. Ishning maqsadi – Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti “Jismoniy tarbiya fani o‘qitish huquqini berish kasbiy qayta tayyorlash” yo‘nalishining o‘quv jarayonida elektron darsliklardan foydalanishning bo‘yicha dolzarb muammolarni aniqlash. Tadqiqot usullari – mavjud ilmiy-uslubiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlarni tahlil qilish va umumlashtirish, pedagogik kuzatuv, sohaning yetakchi mutaxassislari o‘rtasida anketa-so‘rov va suhbat o‘tkazish,ilg‘ortajribani o‘rganish va umumlashtirish. Adabiyotlar tahlili va metodologiya. Bunugi kunda O‘zbekiston va jahon ta’limi jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini, jumladan, elektron darsliklar va masofaviy ta’limga tizimlarini joriy etish tobora ommalashib bormoqda. Shu munosabat bilan elekton darsliklardan foydalanish samaradorligini o‘rganish sohasida ilmiy izlanishlar faollashmoqda [2,5,6,8]. Shu bilan birga, Respublikamiz va ko‘plab xorijiy mualliflarning fikriga ko‘ra, ta’lim oluvchi va beruvchilar ananaviy darslik, o‘quv qo‘llanma va boshqa ta’lim resurslariga 144 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 10,issue1,February 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X nisbatan raqamli elektron darsliklarni afzal ko‘rishadi. Bunday ta’lim resurslarda taqdim etilgan ma’lumotlar yaxshiroq eslab qolish bilan izohlashadi [3,4,7,8]. Mavjud ilmiy-uslubiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlarni tahlil qilish va umumlashtirish natijasida bir qator tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra elektron darsliklar quyidagi talablarga javob berishi kerak: - o‘quv materiallarining mazmuni davlat ta’lim standartlariga mos kelishi; - ma’lumotlarning turli shakllarda (matn, rasm, video, audio) taqdim etilishi; - tayanch tushunchalar yetarli darajada yoritilishi; - kompyuterlar, mobil telefonlar va planshetlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lishi; - interaktiv elementlar, testlar, animatsiyalar va videolar bo‘lishi; - interfeys intuitiv bo‘lishi, oson navigatsiya va funksiyalar bilan ta’minlanishi; - internetsiz ham foydalanish imkoni bo‘lishi; - doimiy ravishda yangilanib turishi va zamonaviy ma’lumotlar bilan ta’minlanishi; - tinglovchilarning darajasiga mos materiallar va nazorat testlar bo‘lishi; - o‘qituvchilar va tinglovchilar o‘rtasida fikr almashish imkoni bo‘lishi; - videolar, audiolar va grafikalarni o‘z ichiga olish; - tinglovchilar uchun aniq ko‘rsatmalar va yordam mo‘ljallangan bo‘lishi; - tinglovchilarning bilimini baholash uchun testlar va baholash mexanizmlari bo‘lishi kerak [2, 5,6,7,8]. Elektron darsliklar ushbu talablarga javob bersa, jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini “Jismoniy tarbiya va sportda axborot kommunikatsiya texnologiyalari” moduli bo‘yicha malakasini oshirda samaradorligi va tinglovchilar uchun foydali bo‘lishi ta’minlanadi. Bu, zamonaviy kasbiy malaka oshirish jarayonini yaxshilashga yordam beradi. Tadqiqotningnatijalari vamuhokamasi. Bugungi kunda jismoniy tarbiya fani o‘qitish huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlashda elektron darsliklarni yaratish zamonaviy ta’limning dolzarb masalasidir. Shu bois, hozirgi vaqtda elektron darsliklar yaratish malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarinijoriyqilishhamdata’limsamaradorliginioshirishmuhimahamiyatgaega. Bugungi kunda“Jismoniytarbiya o‘qitish huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash” yo‘nalishi tinglovchilarni “Jismoniy tarbiyada axborot-komunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish usullari” moduli bo‘yichasi qayta tayyorlashda elektron darsliklardan foydalanish ta’limuslublariningsamaradorliginioshirishgavatakomillashtirishgasamaralita’siretibkelmoqda. 145 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume
Доказательный фрагмент
«Maqolada “Jismoniy tarbiya fani o‘qitish huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash” ta’lim yo‘nalishida elektron darsliklardan foydalanish samaradorligi nimalardan iborat ekanligi bayon qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada “Jismoniy tarbiya fani o‘qitish huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash” ta’lim yo‘nalishida elektron darsliklardan foydalanish samaradorligi nimalardan iborat ekanligi bayon qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kompyuter savodxonligi., axborot texnologiyalar, elektron darsliklar, axbort, kompyuterli telekommunikatsiyalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026