К содержанию
РецензированоUZ2025

ABDULLA ORIPOV VA SHAVKAT RAHMON IJODINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI

Aliyeva Orzigul

Международный журнал научных исследователей · 10 · 2025

Аннотация

Abdulla Oripovning ilk ijodidan tortib, to umrining oxirigacha yaratgan she’rlarini kuzatsak, ularda shoir shaxsi, ma’naviy-ma’rifiy takomili yilma yil mukammallik kasb etib borganligini ko‘ramiz. Shoirning butun ijodi doimo adabiyotshunoslar, she’rxonlar nigohida bo‘lib keldi.Abdulla Oripovning butun ijodi inson zakosi, uning mo‘jizalarga to‘la iqlimi, ruhiyati, qalbi, yuksakligi vatubanligi qarshisida lolqotgan hayrat talqinlaridir. Kalitso‘zlar: sheriyat, his-tuyg‘u,kamolot,quvonch, qayg‘u,ijodkor, badiiyso‘z. Inson jamiyatda yashar ekan, o‘sha jamiyatning muammolaridan chetda tura olmaydi. Qachonki, o‘zgalarning g‘amini, quvonchini o‘ziniki deb his qila olsagina u jamiyatning to‘laqonli a’zosiga aylanadi. Yashash mobaynida inson juda ko‘p narsalarga duch keladi. Boshidan ancha-muncha og‘ir-yengil kunlar o‘tadi. Suv yuvgan sayin daryoning toshi qanchalik yarqiragani sari, odamning ham boshidan qanchalik ko‘p siru-sinoatlar o‘tsa, tosh yanlig‘ bardoshini ko‘rsatib, tafakkuri teranlashib, shuuri tiniqlasha boradi. Buyuk Alisher Navoiy yilning to‘rt fаsligа qiyos qilib umrini to‘rt bоsqichgа: yoshlik, yigitlik, o‘rtа yoshlik vа kеksаlikkа bo‘lgan edi. Hаmdа bu bоsqichlаrning chеgаrаsini bеlgilаgan: tufuliyat (yoshlik) 7-8 yoshdаn 20 yoshgаchа, shаbоb (yigitlik) - 20 yoshdаn 35 yoshgаchа, kuhuliyat (o‘rtа yoshlik) - 35 yoshdаn 45 yoshgаchа vа kеksаlik 45 yoshdаn 60 yoshgаchа. Nаvоiyning “Xаzоyin ul- mаоniy” tаrkibigа kiruvchi “Fаvоyid ul-kibаr” to‘rtinchi dеvоn bo‘lib, u insоn umrining qаrilik bоsqichidа vа uning qish fаsligа qiyosаn аtаlgаndir. Qаrilik yillаri dаvri tushunchаsini shоir mаxsus izоhlаb shundаy dеydi: “...Vа qirq bеshdin оltmish yaqingаchаkim, tа’yin qilsа bo‘lg‘аykim-bu fusul (fаsl) ning qishidurkim, kishining xаm (egik) qаd bilаn аdаm (yo‘qlik) yo‘ligа kirib, zаmоn аhli bilа xаyrbоd qilishidir. Аning duоsidа “Fаvоyid ul-kibаr” bilа nihоyatgа yеtkurdim”. Ulug‘ Navoiy belgilagan umr fasllarining barcha bosqichlarida inson ma’naviy-ruhiy jihatdan turli darajada bo‘ladi. Abdulla Oripovning ilk ijodidan tortib, to umrining oxirigacha yaratgan she’rlarini kuzatsak, ularda shoir shaxsi, ma’naviy-ma’rifiy takomili yilma yil mukammallik kasb etib borganligini ko‘ramiz. Shoirning butun ijodi doimo adabiyotshunoslar, she’rxonlar nigohida bo‘lib keldi. Hali yigitlik yoshidanoq o‘zining shoh asarlarini bitgan Abdulla Oripovning ijodiy shiddati zarracha bo‘lsa ham pasaymadi. Abdulla Oripovning butun ijodi inson zakosi, uning mo‘jizalarga to‘la iqlimi, ruhiyati, qalbi, yuksakligi va tubanligi qarshisida lol qotgan hayrat talqinlaridir. Agar shoirning ilk lirikasi namunalarida sevgi, vatan, ona, tabiat, insoniy fazilatlar va qusurlar yonib, jo‘shqin ifodalangan bo‘lsa, she’rdan she’rga, yildan yilga uning donishmandlik sari yuz tutganligini, tafakkuri yanada teranlashganligi ko‘rish mumkin. Bu davrda qator turkum she’rlari yaratildi. Bular: “Uyg‘onish fasli”, “Haj daftari”, “Hikmat sadolari”, “Aylayin qalbimni tortiq, O‘zbekistonim, senga”, “Jeneva daftari”, “Istqiqlol, ketma yurt peshonasidan”, “Yapon ohanglari”, “Jeneva daftari”dan, “Shoirlar va yulduzlar”, “Italiya daftari”dan, “Umr zinalari”, “Turkiya daftari”dan, “G‘azallar”, “Istiqlol manzaralari” (doston), “Ummon orti ilhomlari” kabi turkumlardir. Shavkat Rahmonning butun ijodini kuzatsak, ortiqcha jimjimadorlik, qarsakbozlik, xushomadgo‘ylik, shaklbozlik, so‘zbozlikni uchratmaymiz. Uning ijodida ona tabiatning sehrli tasviri, tabiat hodisalaridan inson kayfiyatiga monandlik sifatlarini topishga intilish, inson va tabiat uyg‘unligini tasvirlash ustunlik qilganligini anglaymiz. Har bir she’rida insoniy qalb tebranishlari, millatini jondan ortiq ko‘rish, 69 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 10,issue1,February 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X sevish tuyg‘usining ustuvorligi, shaxs va jamiyat fojialarining sabab va oqibatlarini anglashga intilishni his qilamiz. Uning ijodining o‘q tomiri shaxs erki va vatan ozodligi masalasidir. Shoirning xoh tabiat manzarasi haqidagi, xoh shaxs erki, qismati haqidagi, xoh millat tarixi haqidagi she’ri bo‘lsin, har biri o‘ziga xos qiymatga ega. Chaqin bo‘lma, Bo‘lma guldirak, Yerdan ko‘pam uzoqlab ketma. Ovozingni yirtmagin bekor, Yerni quchma-quloching yetmas. Agar Abdulla Oripov “Quvaning anoricha” deya ta’riflagan yerdan uzoqlashgan odam maqsadiga yetolmaydi, degan bo‘lsa, Shavkat Rahmon odamga qarata: shoshma, o‘tib ketadigan narsalar uchun osmon qadar kekkaymagin, ovozingni baland qo‘yma shamolga qarab qichqirma demoqchi. Mansab, boylik, shon-shuhrat izidan quvmaslik kerakligini uqtirmoqchi. Tabiat hodisalari insonni ogohlikka chorlaydi, xulosa chiqarishga undaydi. Momaqaldi

Доказательный фрагмент

«Abdulla Oripovning ilk ijodidan tortib, to umrining oxirigacha yaratgan she’rlarini kuzatsak, ularda shoir shaxsi, ma’naviy-ma’rifiy takomili yilma yil mukammallik kasb etib borganligini ko‘ramiz.»

Образец извлечения

Демо-превью

Abdulla Oripovning ilk ijodidan tortib, to umrining oxirigacha yaratgan she’rlarini kuzatsak, ularda shoir shaxsi, ma’naviy-ma’rifiy takomili yilma yil mukammallik kasb etib borganligini ko‘ramiz. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sheriyat, badiiy so‘z., kamolot, quvonch, qayg‘u, ijodkor, his-tuyg‘u
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники