К содержанию
РецензированоUZ2025

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA INSON RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNING ASOSIY TAMOYILARI VA MEZONLARI

Gapparova Vasila Xamdamovna · FOYDALANISHNING ASOSIYTAMOYILARI VAMEZONLARI

Международный журнал научных исследователей · 10 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida inson resurslaridan samarali foydalanishning asosiy tamoyilari vamezonlari haqida ma’lumotlarkeltirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar:umumiy o‘rta ta’lim maktabi, boshqaruv, inson resurslari, menejment, mezon, tamoyil. Bugungi kunda Respublikada inson resurslaridan samarali foydalanish uchun asosan quyidagi uch tamoyilga asoslanish zarur: ijtimoiy yo‘naltirilgan ish bilan bandlikni vujudga keltirish (qishloq xo‘jaligidagi ortiqcha inson resurslarini iqtisodiyotning boshqa sohalariga, sanoatga va xizmat ko‘rsatish sohalariga yo‘naltirish); inson resurslarining sifat jihatlarini - kasbiy tayyorgarligi, ma’lumoti, malakasini oshirish; hududlarda inson resurslarining sifat jihatlarini oshirishga qaratilgan “maxsus dasturlar” ishlab chiqish; inson resurslarini boshqarishni to‘g’ri yo‘lga qo‘yish, boshqarish tarkibini takomillashtirish lozim. Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiy islohotlar yanada chuqurlashtirilayotgan paytda O‘zbekiston uchun inson resurslaridan foydalanishning asosiy yo‘li iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini keskin o‘zgartirish orqali mehnatkashlarning mehnatda band bo‘lish tarkibini takomillashtirishdan iboratdir. Inson resurslaridan oqilona foydalanish uchun, bugungi kunning dolzarb vazifasi bo‘lgan inson resurslarini milliy iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida intensiv ravishda qaytadan taqsimlash, mehnatda bandlik tarkibini, tuzilishini xizmat ko‘rsatuvchi sohalar hisobiga o‘zgartirishga qaratilgan ishlarni jadallashtirish kerak. Inson resurslaridan samarali foydalanishning asosiy mezonlariquyidagilardan iborat:  tarmoqlar, hududlar bo‘yichainson resurslarining qanday joylashganligi;  ijtimoiymehnat unumdorligi;  mehnat qaytimiva hokazolar. Jahon amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, fan-texnika taraqqiyotining rivojlanishi bilan ishga layoqatli odamlarni moddiy ishlab chiqarish bilan xizmat ko‘rsatish sohasi o‘rtasida qayta taqsimlashyuz beradi. Bugungi kunda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlayotganlar ulushi iqtisodiyotda band aholining 55-70 foizini tashkil etadi. Bizda ham ishchi kuchlarining bir qismini milliy iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga ko‘chirish, qishloqlardagi yashirin ishsizlikni tugatish shu kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Qishloq xo‘jaligidan bo‘shatib olingan ortiqcha ishchi kuchlarini mashinasozlik, avtomobilsozlik, neft-gaz sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan industrial sohalarga sarfarbar etish kerak. Shuningdek, qishloqda butunlay yangi hisoblangan ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma, kommunikatsiya, zamonaviy ishlab chiqarish va maishiy xizmatlar tarmoqlarini vujudga keitirish lozim. 85 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 10,issue1,February 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X Rivojlangan davlatlarda bozor munosabatlarining shakllanish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, inson resurslaridan oqilona foydalanish ko‘p jihatdan ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida fan-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan, davlat iqtisodiy strategiyasini, xo‘jalikni boshqarish amaliyotiga joriy etishga qodir mutaxassislar, ishchi kadrlarga bog‘liq.Bu esa o‘z navbatida boshqaruv va ishlab chiqarish tizimini bilimdon, yuqori malakali, bozor sharoitida ish yuritishningo‘ziga xos jihatlarini yaxshibiladigan kadrlar bilan mustahkamlashni taqazo etadi. Hozirgi davrda inson omili rolining ortib borishi fan-texnika taraqqiyotining, bozor iqtisodiyotining ham muhim xususiyati bo‘lib, yangi texnika va texnologiyani ishlab chiqish va undan foydalanish xodimlarga, ularning ma’lumot darajasiga, bilim doirasining kengligiga, malakasiga, yangilikni idrok etish hamdaamalda o‘zgartirish mahoratiga bog’liq. Inson resurslaridan foydalanish samaradorligi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan son va sifat ko‘rsatkichlari bilan aniqlanadi. Son ko‘rsatkichlari resurslarning ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb qilinganligi darajasini aks ettirib, iqtisodiyotda bandlar soni bilan aniqlanadi. Iqtisodiyotda bandlarning inson resurslarining umumiy soniga nisbati mehnatga layoqatli yoshdagi aholining ijtimoiy mehnat faolligini tavsiflaydi. Ushbunisbat ijtimoiy- foydali mehnat bilan bandlik darajasini belgilaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ish bilan bandlik muammosi nazariy ham amaliy jihatlarda yangicha ma’no kasb etadi. Mehnat bozori ish bilan bandlikni tartibga solishda faol o‘rin egallaydi. Mehnat bozorida asosiy milliy resurs - ishchi kuchi shakllanadi hamda korxonalar, tarmoqlar va mintaqalar bo‘yicha taqsimlanadi. Ish bilan bandlikni ishchi kuchiga talabni kengaytirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar va harakatlar yig‘indisi deb ta’riflash mumkin. Bu borada“

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida inson resurslaridan samarali foydalanishning asosiy tamoyilari vamezonlari haqida ma’lumotlarkeltirib o‘tilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida inson resurslaridan samarali foydalanishning asosiy tamoyilari vamezonlari haqida ma’lumotlarkeltirib o‘tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
umumiy o‘rta ta’lim maktabi, inson resurslari, boshqaruv, menejment, mezon, tamoyil.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники