К содержанию
РецензированоUZ2024

Raqamli inqilob va sun'iy intellektning ijimoiy taraqqiyotga ta'siri

TARAQQIYOTGA TA'SIRI · Eshmatova Hosiyat Sherzod qizi

Значение цифровой экономики и технологий искусственного интеллекта в развитии общества · 2024

Аннотация

Raqamli inqilob va sun’iy intellekt (AI)ning ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri bugungi kunda eng dolzarb mavzulardan biridir. Ushbu maqolada AI va raqamlashtirishning jamiyatga ko’rsatadigan ijobiy va salbiy oqibatlari tahlil qilinadi. Yangi ish o’rinlari yaratish, ma’lumotlarga kirishning kengayishi va samaradorlikni oshirish kabi ijobiy oqibatlar, bir tomondan, ish o’rinlari yo’qotish, ma’lumotlar maxfiyligi masalalari va ijtimoiy bo’linishning kuchayishi kabi salbiy oqibatlar bilan birga keladi. Maqolada, AI va raqamlashtirishning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlarga ta’siri, shu jumladan, kelajak istiqbollari ham batafsil ko’rib chiqiladi. Kalit so’zlar: raqamli texnologiyalar, raqamli inqilob, sun’iy intellekt, AI, ijtimoiy taraqqiyot, tarmoqlar Texnologik taraqqiyotning tez sur’atlarda rivojlanishi raqamli iqtisodiyotni shakllantirmoqda va bu jarayonda sun’iy intellekt (AI) hal qiluvchi rol o’ynaydi. Sun’iy intellekt raqamli iqtisodiyotning asosiy yo’nalishiga aylanib bormoqda, biznes jarayonlarini optimallashtirishdan tortib, yangi mahsulotlar yaratishga qadar turli sohalarda samaradorlikni oshirishga olib keladi. Sun’iy intellect(ingl.Artificial intellegence) – kompyuter tizimlarining shu vaqtgacha insonlarga xos bo‘lgan ijodkorlik va intellectual faoliyatni bajarish qobiliyatidir. [2] U neyron tarmoqlar, mashinani o‘qitish (machine learning), tabiiy tilni qayta ishlash, kognitiv (ongli) hisobkitoblar, kompyuterning tasvirni ko‘rishi singari fanning o‘ta murakkab yangi yo‘nalishlarini o‘zida birlashtiradi. Sun’iy intellekt atamasi birinchi bo‘lib, 1956 yilda Dortmund konferensiyasida Jon Makkarti va uning hamkasblari Marvin Li Minskiy, Nataniel Rochester, Klod Shennonlar tomonidan taklif etilgan. Jon Makkarti ushbu atamaning muallifi sifatida qabul qilinadi. [3] Sun’iy intellektning quyidagi 4 ta turini ajratib ko‘rsatish mumkin: Reaktiv mashinalar. Misol tariqasida 1990- yillarda jaxon chempioni Garri Kasparovni yutgan shaxmat programmasi bilan jihozlangan Deep Blue kompyuterini keltirish mumkin. Deep Blue shaxmat doskasidagi figuralarni tanib olish va prognoz qilish xususiyatiga ega kompyuter hisoblanadi. 1. Chegaralangan xotira. Suniy intellektning bu tizimi kelgusidagi yеchimlarni shakllantirishda oldingi tajribalardan foydalanishlari mumkin. Avtonom transport vositalarida 47 “Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston qaror qabul qilishning ma’lum bir funksiyalari shu tariqa ishlab chiqilgan. Olib borilgan kuzatuvlardan kelgusida amalga oshiriladigan harakatlar to‘g‘risida axborot olish uchun foydalaniladi. Bu kuzatuvlar doimiy saqlanmaydi. 2. Aql nazariyasi. Bu psixologik mavzu bo‘lib, boshqalarda qaror qabul qilishga ta’sir qiluvchi o‘z e’tiqodlari, istaklari va niyatlari borligini tushunib еtishga taaluqli termin hisoblanadi. 3. O‘z-o‘zini anglab yеtish. Sun’iy ongning paydo bo‘lishi yozish tizimlarini yaratish va kvant darajasida axborotlarni deyarli abadiy saqlashni o‘z ichiga oladi. O‘z-o‘zini anglaydigan mashina o‘zining joriy holatini tushunadi va boshqalar nimani his qilayotganini aniqlash uchun ma’lumotlardan foydalanishi mumkin [1]. Bugungi kunda jahon amaliyotida Kanada, Singapur, Birlashgan Arab Amirliklari, Finlyandiya, Yaponiya, Xitoy, Italiya, Tunis, Buyuk Britaniya, AQSh, Shvesiya, Meksika, Yevropa Ittifoqi, Keniya, Daniya, Fransiya, Avstraliya, Koreya Respublikasi, Hindiston va Germaniya kabi davlatlar sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyalarini e’lon qilgan.[4] So‘nggi yillarda O‘zbekiston sun’iy intellekt (AI) sohasida sezilarli yutuqlarga erishmoqda. Texnologik innovatsiyalarga qiziqish ortib borayotganligi va raqamli transformatsiyaga bo'lgan qarashlari bilan mamlakat turli sohalarda taraqqiyotni ta'minlash uchun sun'iy intellektdan foydalanmoqda. Ushbu maqola O‘zbekistondagi sun’iy intellektning hozirgi holati, uning qo‘llanilishi hamda oldinda turgan muammolar va imkoniyatlarni o‘rganadi. Respublikamizda ta’lim tizimida, raqamli texnologiyalar sun’iy intellekt texnologiyalari sohalarida katta islohotlar amalga oshirilmoqda. «Raqamli O‘zbekiston — 2030» Strategiyasini amalga oshirish dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.02.2021 yilda «Sun’iy intellect texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Prezident tomonidan bu qarorlarni qabul qilinishi albatta respublikamizda raqamli iqtisodiyotni jadal sur’atlar bilan rivojlantirish vazifalariga va ularni amalga oshirishga qaratilganligi bilan katta ahamiyatga egadir. [5] O’zbekistonda AI qo’llanilishi mumkin bo’lgan sohalar juda ko’p va ular davlat siyosatining turli sohalarini qamrab oladi : Ta’lim: • Har bir bolaga individual o’quv dasturi: AI yordamida har bir bolaga o’ziga xos o’quv rejasi tuzish mumkin. Bu esa talabalarning qobiliyatlarini maksimal darajada ochib berishga i

Доказательный фрагмент

«Raqamli inqilob va sun’iy intellekt (AI)ning ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri bugungi kunda eng dolzarb mavzulardan biridir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Raqamli inqilob va sun’iy intellekt (AI)ning ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri bugungi kunda eng dolzarb mavzulardan biridir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
digital technologies, ijtimoiy taraqqiyot, social progress, tarmoqlar, цифровая революция, raqamli texnologiyalar, социальный прогресс, ИИ, AI, цифровые технологии, искусственный интеллект, сети, sun’iy intellekt, artificial intelligence, raqamli inqilob, digital revolution, networks
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники