Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AYOLLAR NUTQIGA XOS PARALINGVISTIK VOSITALARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI (Abdulla Qahhorning “Anor” hikoyasi asosida)
SEMANTIK XUSUSIYATLARI · Pirnazarova Nigina Majid qizi · ЛЕКСИКО-СЕМАНТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ПАРАЛИНГВИСТИЧЕСКИХ (Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti magistranti.)
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
In this article, the women used in the stories of Abdulla Qahhor. Information about paralinguistic tools spesific to the speech of the character is given. In particular, emphasis is placed on the lexical-semantic features of women’s speech, ways of expressing the character’s 9 28 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ unique character through verbal and non-verbal units. The description of paralinguistic elements in the characters’ speech in a unique style is taken from the story. Keywords: paralinguistics, gender linguistics, nonverbal verbs, mentality, concept, mimicry, gestures, body movements. Kirish. Paralingvistika – noverbal birliklar, ya’ni intonatsiya, ohang, ustsegment birliklar, mimika, imo-ishora, tana harakatlarining xususiyatlarini o’rganuvchi soha hisoblanadi. Nolisoniy vositalar nutq jarayonining uzviy va ajralmas bo’lagi sifatida, muhim qismi sifatida milliy o’ziga xoslikni aks ettiradi, urf-odatlar va odob harakatlari, jins munosabati bilan chambarchas bog’liq bo’ladi, nutq jarayonida qo’llanilib, mazmunni yorqin ifodalashga, ochib berishga xizmat qiladi. Asosiy qism. Abdulla Qahhorning “Anor” hikoyasi milliy mentalitetga yaqqol yo’naltirilgan hikoyalardan biridir. Adib hikoyalari, birinchi navbatda, samimiyligi, ishontirish kuchi, ta’sir quvvati bilan kishini hayratda qoldiradi. Yozuvchi tasvirlayotgan barcha voqealar hayot hodisasi, aynan sodir bo’lgan voqea, real hayotning bir parchasi, qahramoni bilan gavdalanadi. “Abdulla Qahhorning shunday hikoyalari borki, ularni jahon novellistik adabiyotining eng yaxshi namunalari bilan bir qatorga qo’yish mumkin”, rus tanqidchisi V.Smirnova. [1, 2] Nutqiy muloqot jarayonida ifodalanishiga ko’ra nolisoniy birliklar ayollar va erkaklar nutqida farqlanishi hammaga ma’lum. Nutqiy jarayonda ularning turlicha ko’rinishda aks etishi, erkaklar va ayollarning tana tuzilishi, fiziologik o’ziga xoslik, erkak va ayollar nutqining yuzaga chiqishida ularning psixlogik xususiyati, yoshi, kasbi, ijtimoiy kelib chiqishi va albatta, oilaviy muhiti alohida ahamiyat kasb etadi. Tilshunoslikda aynan jins bilan bog’liq lisoniy hodisalarni farqlash va tadqiq qilish maqsadida “gender tilshunosligi” istilohi keng qo’llaniladi. ”Gender” tushunchasi inglizcha so’zdan olingan bo’lib, “gender”-“jins” degan ma’noni anglatadi.Jins tushunchasi fiziologik voqelik asosi bo’lgan ijtimoiy qurilma sifatida baholaydi. [3, 11] Abdulla Qahhorning “Anor” hikoyasida ham ana shunday maskulinlik va femininlik qarashlari yaqqol aks etgan. Ya’ni ayollarga va erkaklarga xos noverbal vositalar deyarli har bir hikoyada uchraydi. ”Turobjon tugunchani berdi. Xotini shu yerning o’zida eshik oldida o’tirib tugunchani ochdi-da, birdan bo’shashib ketdi va sekin boshini ko’tarib eriga qaradi. O’z qilmishiga gerdayib turgan Turobjon uning ko’zida jiqqa yosh ko’rib:-Nima ekanini 9 29 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ bildingmi?-dedi. -Asalarining uyasi! Turgan bitgani asal! Mana, mana, siqsang asal oqadi. Bunisi oq mum, harom emas-shimsa ham bo’ladi, chaynasa ham bo’ladi.[1, 3] Ta’kidlash joizki, gender lingvistikasi hozirgi o’zbek tilshunosligida tadqiqot markaziga aylangan sohlardan biri hisoblanadi. Yuqoridagi parchada ham aynan gender lingvistikasiga xos elementlar ko’zga tashlanadi. Anorga bosh qorong’i bo’lgan ayol erining anor olib kelishini intiqlik bilan kutayotgan bir paytda, erining asalari uyasini ko’tarib kelishi, ayolining ahvolini qay darajaga tushganini, uning birdan bo’shashib ketgani va eriga sekin boshini ko’tarib qaragan vaziyatida tasvirlab berilgan. Aynan boshini sekin ko’tarishiga diqqatimizni qaratadigan bo’lsak, bu holat aynan ayollarga xos noverbal vositadir. Ayol eriga aynan shahd bilan qarasa ham bo’lardi, ammo bu yerda o’zbekona mentalitet va o’zbek ayollariga xos tarbiya, ularning erkaklarga bo’lgan hurmati, o’z xohishlaridan ham (ayni ana shunday vaziyat bo’lishiga qaramasdan) ustun qo’yishi o’z isbotini topgan. Shu vaziyatda, nutq jarayonida erining gerdayib turishi erkaklarga xos noverbal vaziyatning dalilidir. Ya’ni o’zbek erkaklariga xos gerdayish, qomatning g’oz turishi ularning fe’l-atvori va gender xususiyatlarining namunasidir. Bundan tashqari o’zbek erkaklari o’zining qat’iyatliligi, bir so’zliligi bilan ajralib turadi. Insoniyat paydo bo’lgan davrdan boshlab ayollar va erkaklar o’rtasidagi tafovut yaqqol ko’zga tashlanib kelinmoqda. Bu tafovutlar dastavval, ularning bajarayotgan ishlarida, yumushlarida, keyinchalik esa kishilik jamiyatining rivojlanishi natijasida, ularning xulq-atvorida, kiyinish uslubida, shuningdek, so’zlashida ham ajrala boshlagan. ”Turobjon uning ko’zida jiqqa yosh ko’rdi”,- [1, 3] ayollarga xos ojizalik, ko’ngil bo’shligi izohlangan. Ya’ni ularning vaziyatga ta’sirchanligi ifodalangan. Bu esa asar qahramonlari holatini yanada yaqqol tasvirlab bergan. “X
Доказательный фрагмент
«In this article, the women used in the stories of Abdulla Qahhor.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the women used in the stories of Abdulla Qahhor. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- paralinguistics, gender linguistics, nonverbal verbs, mentality, concept, gender lingvistikasi, mentalitet tushunchasi, noverbal vositalar, paralingvistika, imo-ishora, ohang, tana harakatlari., mimika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024