К содержанию
РецензированоRU2024

QIZIL BO’RICHA (КРАСНАЯ ВОЛЧАНКА)

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА · Выпуск , февраль · Xudoyqulov Jonibek Musulmonivich · Saidov Jasurbek

Медицина, педагогика и технологии: теория и практика · 3 · 2024

Аннотация

Ushbu maqolaning maqsadi'' Qizil bo'richa''teri kasaligining sabablarini aniqlash haqida malumot berish.Bu nomalum idiopatik kasallik bo'lib antigen antitana komplekisi tufayli tizimlar va organlar shikaslanishi bilan kechuvchi revmatoidli kasallik hisoblanadi.Bu maqolada ushbu kasallikning qanday patogenezlari borligi bilan tanishasiz. Kalit so'zlar: Qizil bo'richa,Diskoid forma,Sistemali qizil bo'richa,Novoselova usuli,Simmer-Xargreyvs usuli,Biettaning markazdan qochuvchi eritemasi,Dissiminallangan klinik shakl. Kirish: Vaqtlar o’tishi bilan tibbiyot rivojlana boshladi va bu narsalar inson umr davomiyligini uzaytira boshladi. Ammo shunday kasalliklar borki hozirgacha nimadan kelib chiqishi to’liq o’rganilmagan.Shu kasalliklardan biri ‘’Qizil bo’richa’’ kasalligidir. Bu kasallikning qanday paydo bo’lish sabablari haligacha to’la to’kis aniqlangan emas. Qizil bo’richa kasalligida ichki organlar va terining biriktiruvchi to'qimalari va tomirlari jiddiy shikaslanadi. Ayniqsa, terida hosil qilgan klinik manzarasi yaqqol ko'rinib turadi. Bu kasallikka ctreptokokk va viruslar sabab bo'ladi degan ilmiy farazlar ham mavjud. Umuman oladigan bo'lsak teri kasalliklari ichida qizil bo’richa 0,25-1% tashkil etadi.Bu kasallik asosan 20-40 yoshli ayollar o'rtasida ko'p uchraydi. Tarqalishi bo’yicha har 100000 ta aholidan 25-50 nafarida uchraydi.Bu kasallik ko'proq bahor va yoz oylarida kuzatiladi. Qizil bo'richa bilan og'rigan kasallarning ko'pchiligida quyosh nurlariga va nur energiyasining boshqa turlariga ortiqcha sezgirlik kuzatiladi. Bu kasallik asosan tashqi muxit omillari sovuq,quyosh nuri,shamol va harorat keskin o'zgarishlari tasirida bo'ladigan odamlarda ko'roq uchraydi. Qizil bo’richaning surunkali,o'tkir va o'rtacha o'tkir kabi xillari mavjud. So'ngi yillarda qizil bo'richa bilan kasallanganlar qonida LE xujayralari va xujayralar yadrosiga qarshi antitelolarning topilishi uni autoimmun kasallik deb atalishiga sabab bo'lmoqda. Bu kasallik bazan irsiy tabiatga ega bo'lib nasildan nasilga dominant tarzda namayon bo'ladi. Bu kasallik bilan og'rigan ayolning 4 ta farzandida ham 194 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 13.14/2024 SJIF 2024 = 5.444 Том 3, Выпуск 02, февраль vaqt o'tib ushbu kasallik paydo bo'lgan degan malumotlar ham bor bazi adabiyotlarda. Qizil bo'richa kasalligi o'tkir kechganda bemorning qisqa muddat ichida o'limi bilan tugaydi. Bu kasallikning klinik belgilarida odam yuzining lunji,burni,peshonasida dumaloq shakildagi qizil dog’lar paydo bo’ladi.Kasallikning boshlanishida bu dog’lar po’st tashlamay turadi,ammo bir necha haftadan so’ng po’st tashlay boshlaydi. Ba’zi hollarda kasallik davolanmasa ham o’z-o’zidan yuqolib ketadi. Kasallikning xronik formasida faqatgina yuzda emas balki quloq suprasida,boshning sochli qismida, ko’krakda, qo’l panjasida ham uchrashi mumkin. Kasallikning xronik formasida inson qayta-qayta shu kasallik bilan og’rishi mumkin. Agar qizil bo’richa boshning sochli yuzasida joylashgan bo’lsa usha yerdan soch chiqmasligiga sabab bo’ladi. Qizil bo’richa o’choqlarining joylashishi yuzga to’g’ri kelsa odam juda badbashara bo’lib qolishi va bu kasallik bilan uzoq muddat kurashishiga to’g’ri keladi. Kasallikning o’rtacha xronik formasi kamroq uchrayd. Bu kasallik formasi bo’g’imlarda og’riq, temperatura ko’tarilishi,badanning yopiq turadigan qismlarida ham kasallik o’choqlari paydo bo’lishi bilan harakterlanadi. Rasm: Qizil bo’richa kasalligining teridagi xronik formasing ko’rinishi. Qizil bo’richaning xronik (surunkali) xilining quyidagicha klinik ko’rinishlari mavjud:diskoidli,disseminasiyalangan,Biettning markazdan qochuvchi eritemasi va Kaposhi-Irgangning chuqur shaklidagi ko’rinishlari mavjud. Kasallikning sistemali qizil bo’richa formasida bemor birdan xoldan qolishi, temperaturaning juda baland bo’lishi va tezda davolanmasa o’limga olib borishligi bilan 195 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 13.14/2024 SJIF 2024 = 5.444 Том 3, Выпуск 02, февраль harakterlanadi. Kasallikning bu formasida odam yuzi,gavdasiva qo’l-oyoqlarida shishib turgan qizil rangdagi toshmalar toshadi. Sistemali qizil bo’richa eritematozning zo’riqishi natijasida kelib chiqadi.Sistemali qizil bo’richada ichki a’zolarning ko’pchiligi-yurak,nerv va qon tomirlar sistemasi, o’pka bazan meda-ichak yo’llari zararlanadi. Bunda buyraklarning zararlanishi ancha xavfli bo’lib nefrit bilan bir qatorda vaskulit,polisezorit,artrit,artralgiya,abdominal sindrom,tugunli periartrit va boshqalar kuzatiladi. Sistemali qizil bo’richa 2-4 yil davom etgandan so’ng o’pka zararlanadi. Buning natijasida bemorlarda nafas qisishi yoki quruq yo’tal, ko’krakda og’riqlar bo’ladi. Sistemali qizil bo’richa ko’p belgili kasallik bo’lib, tez rivojlanishi, ikkilamchi infeksiya qo’shilishi, salbiy oqibatlari bilan boshqa kasalliklardan ajralib turadi. Kasallikning klinik manzarasida asosan

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolaning maqsadi'' Qizil bo'richa''teri kasaligining sabablarini aniqlash haqida malumot berish.Bu nomalum idiopatik kasallik bo'lib antigen antitana komplekisi tufayli tizimlar va organlar shikaslanishi bilan…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolaning maqsadi'' Qizil bo'richa''teri kasaligining sabablarini aniqlash haqida malumot berish.Bu nomalum idiopatik kasallik bo'lib antigen antitana komplekisi tufayli tizimlar va organlar shikaslanishi bilan… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Qizil bo'richa, Diskoid forma, Sistemali qizil bo'richa, Novoselova, Biettaning markazdan qochuvchi eritemasi, Novoselova usuli, Dissiminallangan klinik shakl, Simmer-Xargreyvs usuli
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники