К содержанию
РецензированоUZ2024

LOTINCHA ANATOMIK TERMINLARNING TARJIMASI VA QO‘LLANILISHIGA DOIR AYRIM MULOHAZALAR

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА · Выпуск , февраль · Sharipov Bobur Salimovich

Медицина, педагогика и технологии: теория и практика · 3 · 62-63 · 2024

Аннотация

This article provides information on the translation and use of Latin anatomical terms. It discusses the use, origin, creation, and structure of Latin anatomical terms based on examples and analysis. Key words: anatomical term, grammatical structure, etymology, medical material, cultural language. Anatomik terminologiya tibbiyot va biologiya sohalarida juda muhim o‘rin tutadi, chunki bu terminlar organizmlarning tuzilishi va funksiyasini aniq ifodalashga yordam beradi. Anatomik terminlarning ko‘pchiligi lotin tilidan kelib chiqqan bo‘lib, ular butun dunyo bo‘ylab universal tibbiy til sifatida ishlatiladi. Lotin tilining anatomik terminologiyada qo‘llanilishining sababi uning o‘sha davrda ilmiy va madaniy til sifatida keng tarqalganligida, shuningdek, uning aniq va qisqa ifodalash imkoniyatlarida yotadi. Lotin tili, o‘zining qat’iy grammatik tuzilmasi va aniq ifodalash imkoniyatlari bilan, anatomik terminlarning yaratilishiga xizmat qilgan. Anatomik tuzilmalar va ularning vazifalari juda ko‘p, shuning uchun lotin tilidagi so‘zlar oddiy, aniq va izchil tarzda ishlatiladi. Ba’zi asosiy anatomik terminlar va ularning tarjimalari quyidagicha: Musculus,i,m – mushak, os,ossis,n – suyak, vena,ae,f – vena, arteria,ae,f – arteriya, cerebrum,i,n – katta miya, cor,cordis,n – yurak, abdomen,inis,n – qorin va h.k. 126 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 13.14/2024 SJIF 2024 = 5.444 Том 3, Выпуск 02, февраль Lotin tilida anatomik terminlarning qat’iy va mukammal qo‘llanilishi tibbiyotda xatoliklarni kamaytiradi va tushunishni osonlashtiradi. Tibbiyot va biologiya sohalaridagi mutaxassislar barcha tibbiy muolajalar, tashxislar, va izlanishlarda lotincha terminologiyani ishlatadilar. Anatomik terminlar faqat organlarning nomlarini emas, balki ularning joylashuvi, shakli va boshqa xususiyatlarini ham aniqlik bilan ifodalaydi. Masalan: dorsalis,e – orqa tomon, ventralis,e – old tomon, medialis,e – markazga yaqin lateralis,e – chet tomon, proximalis,e – yaqin, distalis,e – uzoq. Lotincha anatomik terminlar o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash va ilmiy axborotni tez va samarali almashish uchun ishlatiladi. Har bir tushuncha va tuzilma uchun aniq va o‘ziga xos lotincha atama mavjud. Shu bilan birga, bu terminlar nafaqat tibbiyot fanlari mutaxassislari tomonidan, balki talaba va ilmiy izlanishlar olib borayotgan shaxslar tomonidan ham ishlatiladi. Lotincha anatomik terminlar asosan inson tanasini tavsiflash va tushunish uchun ishlatiladi. Quyida ba'zi asosiy anatomik terminlar va ularning tarjimalari keltirilgan: Anterior – oldingi, tananing old tomoniga tegishli, Posterior – orqa, tananing orqa tomoniga tegishli, Superior – yuqoriga, tananing yuqori qismiga tegishli, Inferior – pastga, tananing pastki qismiga tegishli, Medialis,e – o'rtaga yaqin, tananing o'rtasiga qaragan joy, Lateralis,e – yon tomonga, o'rtadan uzoqroqqa joylashgan, Distalis,e – tana markazidan uzoqda, qo'l yoki oyoqning uch qismi. Lotincha anatomik terminlar turli tizimlar va qismlarga bo'linadi. Ular inson tanasining tuzilishini, organlarini, ularning joylashishini va funksiyalarini ifodalaydi. Ba'zi asosiy anatomik terminlar turlari quyidagilar: Morfologik (strukturaviy) terminlar. Bu terminlar organizmning tashqi va ichki tuzilishini, masalan, suyaklar, mushaklar, organlar va ularning qismlarini ifodalaydi. Misol: Cranium (bosh suyagi), Femur (son suyak), Musculus (mushak). Funksional terminlar. Ushbu terminlar organlarning yoki tuzilmalarining qanday ishlashini yoki vazifasini ifodalaydi. Misol: Flexio (bukilish), Extensio (cho'zilish), Adductio (ichki tomon yo'nalishida harakatlanish). 127 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 13.14/2024 SJIF 2024 = 5.444 Том 3, Выпуск 02, февраль Topografik (joylashuv) terminlar. Bu terminlar organizmning qismlarini bir-biriga nisbatan joylashuvi yoki hududlarini ifodalaydi. Misol: Medialis (o'rtaga yaqin), Lateralis (yon, chetga yaqin), Superior (yuqori), Inferior (pastki). Orientatsion (yo'nalish) terminlar. Bu terminlar anatomik tuzilmalarni bir-biriga nisbatan yo'nalishini tasvirlaydi. Misol: Anterior (oldinga), Posterior (orqaga), Dorsalis (orqa tomon), Ventralis (old tomon). Miqyosiy terminlar. Ushbu terminlar anatomik tuzilmalar o'rtasidagi nisbiy o'lchovlar va ulanishlarni ifodalaydi. Misol: Proximalis (yaqin), Distalis (masofadagi), Medialis (ichki tomon), Lateralis (tashqi tomon). Boshqa anatomiya sohalariga oid terminlar. Anatomiyaning turli sohalariga oid terminlar (masalan, Nevrologiya, Kardiologiya, Ortopediya va boshqalar) alohida atamalarga ega. Misol: Neuron (nerv hujayrasi), Cardium (yurak), Articulatio (bo'g'im). Lotincha terminlarning global qo‘llanilishi ham o‘ziga xos ahamiyatga ega. Dunyoning turli burchaklarida tibbiy tadqiqotlar va amaliyotlarda bir xil til ishlatilishi, turli tillarda ishlayotgan mutaxassislarning o‘zaro tushunish imkoniyatini yaratad

Доказательный фрагмент

«This article provides information on the translation and use of Latin anatomical terms.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides information on the translation and use of Latin anatomical terms. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
anatomical term, grammatical structure, etymology, medical, grammatik tuzilma, tibbiy material, madaniy til., anatomik termin, etimologiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[3]МедицинаENРецензированоОткрытый доступ
ACUTE HEMATOGENIC OSTEOMYELITIS IN CHILDREN

СтатьиМИРЗАКАРИМОВ Бахромжон Халимжонович, МЕЛИБАЕВ Фарход Абдупаттохович2022

4