Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“OLAM AHLI, BILINGIZKIM…” yoki Alisher Navoiy asarlarida umuminsoniy qadriyatlar
“OLAM AHLI · Botirova Adiba Asqar qizi · Ilmiy rahbar: A.Aripova
Журнал универсальных научных исследований · 2024
Аннотация
Maqola ilmiy va adabiy asoslarga tayangan bo‘lib, Alisher Navoiy asarlarida ulug‘langan umuminsoniy qadriyatlarni keng yoritadi. Ushbu maqolada Alisher Navoiy asarlaridagi umuminsoniy qadriyatlar tarannumi aks etadi. Xususan, Alisher Navoiyning “Xamsa”, “Badoye’ ul-Bidoya”, “Navodir ush-Shabob”, “Mezon ul-avzon”, “Munshaot”, “Muhakamat ul-lug‘atayn”, “Majolis un-Nafois”, “Lison ut-tayr” asarlarida umuminsoniy qadriyatlar talqin qilinib, ular bugungi kun nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Maqola Alisher Navoiy asarlarida keltirib o‘tilgan umuminsoniy qadriyatlar, jumladan, tinchlik, vatanparvarlik, elparvarlik, ozodlik, xalqlar do‘stligi, milliy o‘zlikni anglash, ilm olish, tarixiy va madaniy merosni o‘rganishga intilish, insonparvarlik, mehr-oqibat, ota-onani hurmat qilish, oilaviy munosabatlar, farzand tarbiyasi, kasb-hunar o‘rganish, yaxshilik ulashish kabilarni yoritadi. Maqola Navoiy asarlaridagi qahramonlarning insoniyat uchun qilgan yaxshiliklari, o‘z maqsadlariga ezgulik yo‘li bilan erishishgani haqida tanishtiradi. Kalit so‘zlari: umuminsoniy qadriyatlar, tarixiy va madaniy merosni o‘rganishga intilish, qadriyatlar tarannumi. Zahiriddin Muhammad Bobur Alisher Navoiyga “Turkiy til bila to she’r aytibdurlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon ermas” deya ta’rif bergan edi. O‘zbek adabiyoti, madaniyati, san’atida Hazrat Navoiydek chuqur iz qoldirgan ijodkor yo‘q. Shoirning she’rlari barcha sohalarni, barcha tuyg‘ularni, barcha munosabatlarni qamrab olgani bilan nihoyatda ahamiyatlidir. Shu bilan birga, buyuk mutafakkir ijodida nafaqat o‘zbek, turkiylar, balki butun dunyoga dahldor tuyg‘ular aks etgan, umuminsoniy qadriyatlar keng tarannum etilgan. Bugun biz ayni shu haqda buyuk Navoiy ijodida umuminsoniy qadriyatlar xususida so‘z yuritmoqchimiz. Dastlab o‘zimiz uchun umuminsoniy qadriyatlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. Ma’lumki, qadriyatlar tarix, bugun va istiqbolni misoli ko‘zguda ko‘rsatib turuvchi 125 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-2 jihatlardan biridir. Soha olimlari qadriyatlarni milliy, diniy, mahalliy, mintaqaviy va umuminsoniy kabi bir qator turlarga shartli ravishda bo‘lishadi. Umuminsoniy qadriyatlar dunyodagi barcha odamlar – bani bashar, xalqlar va davlatlar uchun umumiy qadrlash mezoniga aylangan tushunchalardir. Jumladan, ozodlik, erkinlik, tinchlik, xalqlararo do‘stlik, mehr-oqibat, vatanparvarlik, ilm o‘rganish, ota-onaga hurmat, farzandlarga mehr, oilaparvarlik kabi yuzlab tushunchalar umuminsoniy qadriyatlar bo‘lib, ular o‘z navbatida milliy, diniy va mahalliy qadriyatlar ildizidan o‘sib chiqadi. Endi bevosita mavzumizga qaytsak, Navoiy umuminsoniy qadriyatlarni ulug‘lagani, ularni o‘z ijodiga butkul singdirib yuborgani tahliliga o‘zimizning ojizona nigohimizni qaratsak. Biz maktab darsliklaridan o‘rganganimiz, o‘qiganimiz bobomiz ijodida umuminsoniy qadriyatlar tarannumini ko‘rib kelamiz. Jumladan, “Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur” naqli misolini keltiraylik. Shu so‘zlar bola ongida limning takror-takror bo‘lishi, mashaqqatlarni anglash va ilmga intilish hissini uyg‘otishi tabiiy. Navoiy asarlaridagi Farhod, Shirin, Qays, Layli, Iskandar, Arastu, Bahrom, Dilorom, Suhayl, Shopur kabi obrazlar butun insoniyatni ezgulikka, mehr va muhabbatga undaydi. Iskandar devori, Farhod kanali, Qaysning sabri kabi timsollarda esa taraqqiyot va tamaddunga xizmat ramzi aks etadi. Bugun universitetda ta’lim olar ekanmiz, Navoiy ijodi biz uchun muhim manbalardan biri bo‘lib qolishi, mustaqil ilm o‘rganishga layoqatimiz va ishtiyoqimizda bu meros muhim ahamiyat kasb etishi aniq. Zotan, buyuk mutafakkir ilmiy merosida biz uchun zarur bo‘lgan barcha jarayonlar o‘z aksini topgan. Jumladan, umuminsoniy qadriyatlar tarannumi ham. Navoiy o‘z asarlarida, avvalo, inson shaxsini yuksaklikka ko‘taradi. Insonparvarlikni, odamiylikni, xalqparvarlikni, ezgulikni ulug‘laydi. Buni shoirning: Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig‘, Yor o‘ling bir-biring‘izgakim, erur yorlig‘ ish degan satrlari ham yorqin namoyon etadi. 126 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-2 Ayni shu satrlar umuminsoniy qadriyatlarning muhimlaridan xalqlararo do‘stlikni, tinchlikni tarannum etishi bilan yanada keng ahamiyat kasb etadi. Umuman olganda, Navoiy ijodida xalqlar do‘stligi, millatlararo totuvlik va o‘zaro ko‘mak tushunchasi juda keng talqin etilgan. Buni hamma bilgan asarlar misolida oddiy ko‘z bilan ham ko‘rish mumkin. Masalan, “Xamsa”ning birinchi dostoni bo‘lgan “Farhod va Shirin” da Farhod Chin (Xitoy) diyorida tug‘ilib o‘rgan, Shirinni sevib qolar ekan, o‘sha yurtga borib, suv yo‘lini ochadi, daryo qazadi. Bu timsolda har bir xalqqa yaxshilik qilish, o‘z maqsadiga ezgulik orqali erishish fikrati mujassam bo‘ladi. “Xamsa”dagi eng yirik doston “Saddi Iskandariy”da ham umuminsoniy qadriyat bo‘lgan adolat tuyg‘usini keng tarannum etib, Iskandarning turli xalqlarga ko‘rsatgan adolati haqida hikoyalar bayon etiladi. Ay
Доказательный фрагмент
«Maqola ilmiy va adabiy asoslarga tayangan bo‘lib, Alisher Navoiy asarlarida ulug‘langan umuminsoniy qadriyatlarni keng yoritadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqola ilmiy va adabiy asoslarga tayangan bo‘lib, Alisher Navoiy asarlarida ulug‘langan umuminsoniy qadriyatlarni keng yoritadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarixiy va madaniy merosni o‘rganishga intilish, umuminsoniy qadriyatlar, qadriyatlar tarannumi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024