Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YURAK QON TOMIR KASALLIKLARI HAMDA ULARNI TEKSHIRISH USULLARI VA DAVOLASH CHORA TADBIRLARI
USULLARI VA · DAVOLASH CHORA TADBIRLARI · Sherboyev Doston G‘ayratovich · Bo‘riyeva Marjona Ravshan qizi
Журнал универсальных научных исследований · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada yurak qon tomir kasalliklari haqida ma’lumot berilgan.Bundan tashqari maqolada yurakni tekshirish yo’llari tushuntirib berilgan.Maqolada yurakni tekshiruvchi asbob uskunalar va ularni qanday ishlashi haqida so’z boradi.Yurak qon tomir kasalliklari keng tarqalganligi va tez suratlarda yosharib borayotganligi sababli maqolada yurak qon tomir kassaliklarini oldini olish bo’yicha tavsiyalar berilgan.Maqolada yurak qon tomir kasalliklari va yurakni tekshiruvchi asbob uskunalar hamda tekshiruv yo’llari yoritilgan. Kalit so’zlar : yurak, yurak qon tomir kasalliklari, EKG, MRT, UZI, fonokardiografiya, koronarografiya, rentgen, elektrofiziologik, radioizotop, yuqori qon bosimi, fotopletismografiya. Muammoning dolzarbligi. Har yili dunyoda millionlab odamlar yurak-qon tomir kasalliklari tufayli hayotdan ko‘z yumadi. Erta bosqichda diagnostika qilish butun millat ahli uchun odatga aylanganida kasallik natijasidagi o‘lim ko‘rsatkichlarini qisqartirish mumkin bo‘lar edi, deyiladi zdorovieinfo.ru saytida. Yurak qon tomir kasalliklari keng tarqalganligi va tez suratlarda yosharib borayotganligi sababli maqolada yurak qon tomir kassaliklarini oldini olish bo’yicha tavsiyalar berilgan Kirish qismi.Kasallik borligini qanday tushunish mumkin? Havo yetishmasligi, bosh aylanishi, ter ajralish jarayonining faollashuvi va shishlar muammodan darak berishi mumkin. Biroq yurak-qon tomir kasalliklarining belgilari darhol namoyon bo‘lmaydi. Shuning uchun asosiysi - o‘z vaqtida tekshiruvdan o‘tish, ayniqsa quyidagi omillar bo‘lsa: 1.diabet; 2.qarindoshlarda yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bo‘lsa; 3.chekish; 143 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-2 4.kamharakat hayot tarzi; 5.yuqori xolesterin darajasi; 6.yuqori qon bosimi. Asosiy qism. Yurakni tekshirish uchun shifokor sizni elektrokardiografiya (EKG), magnit-rezonans tomografiya (MRT) yoki exokardiografiya (UZI)ga yo‘llashi mumkin. Biroq to‘liq diagnostika uchun buning o‘zi yetarli emas. Ehtimol, yana fonokardiografiya, koronarografiya, rentgen, elektrofiziologik yoki radioizotop tekshiruvga borishga to‘g‘ri keladi. Yurak faoliyatini o‘zimiz tekshirishimiz mumkinmi? Mustaqil ravishda shifokorga murojaat qilish vaqti kelgan yoki yo‘qligini bilish mumkin. Buning ikki xil yo‘li bor: Martine usuli : Bu test yurak-qon tomir tizimining umumiy holati haqida tasavvur hosil qilish imkonini beradi. 30 soniyada 20 marta o‘tirib turish, pulsni o‘lchash va natijalarni yozish kerak. Keyin 1- 2 daqiqa dam oling: bu vaqt ichida yurak faoliyati qayta tiklanadi va pulsni takroran o‘lchashga to‘g‘ri keladi. Xotirjamlik holatidagi va jismoniy mashqdan keyingi holatdagi ko‘rsatkichlarni taqqoslang. Katta farq bo‘lmasa, demak, yuragingiz yaxshi ishlamoqda. 60-80 foiz atrofidagi tezlashish normal farq hisoblanadi. Agar bundan yuqori bo‘lsa, yurak faoliyati buzilgan 144 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-2 bo‘ladi. Sabablar turlicha bo‘lishi mumkin: aritmiya, ateroskleroz, qon aylanish tizimining buzilishi. Har qanday holatda ham kardiologga murojaat qiling. Shtange usuli : Bu test yurak-qon tomir va nafas tizimi qanchalik yaxshi ishlayotganini aniqlashga yordam beradi. Avvalo 2-3 marta chuqur nafas olish kerak. Keyin chuqur nafas olib, uni ushlab turish kerak. Agar 40-50 soniyacha nafas olmay tura olsangiz, demak, siz mutlaq sog‘lomsiz. Agar 40 soniyadan kam bo‘lsa, uyda emas, mutaxassis huzurida yurak tekshiruvini amalga oshirish zarur bo‘ladi. Kasallikni qanday bartaraf qilish mumkin? G‘arbda bir an'ana bor: yurak xurujidan vafot etgan qarindoshning dafn marosimidan keyin butun oila a'zolari tibbiyot tekshiruviga yoziladi. O‘z vaqtida aniqlangan patalogiya - davolashdagi muvaffaqiyatning yarmi. Olimlar tekshiruvlar hamda chekishni tashlash va ortiqcha ovqatlanmaslikka yo‘naltirilgan oddiy tavsiyalardan tashqari quyidagilarni maslahat berishadi: Haftasiga 4-5 marta sport bilan shug‘ullanish The Journal of Physiology'da chop etilgan tadqiqotlarga ko‘ra, haftada uch marta sport bilan shug‘ullanish yetarli emas. Yurak faoliyatini normal saqlab qolish uchun haftada 4-5 marta jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish kerak. Tadqiqot mualliflari yuzlab keksalarni kuzatib, haftada 2-3 marta 145 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-2 sport bilan shug‘ullangan kishilarda yirik qon tomirlari qattiq ekanini aniqlashdi. 4-5 marta jismoniy mashqlarni bajargan kishilarda esa ular sog‘lom va elastik bo‘lgan. Bu yurak faoliyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'sir ko‘rsatadi; Yoga bilan shug‘ullanish Gollandiyalik olimlar ushbu qadimiy mashqlar tizimini maslahat berishadi. 37 tadqiqotning metatahlili yoga bilan shug‘ullanish qon bosimi va xolesterin miqdorini pasaytirishini ko‘rsatgan. Sochlarni nazorat qilish Sochlarning erta to‘kilishi va oqarishi insonning yurak kasalliklariga moyilligidan darak berishi mumkin. Olimlar 2 mingdan ziyod yigitni teks
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada yurak qon tomir kasalliklari haqida ma’lumot berilgan.Bundan tashqari maqolada yurakni tekshirish yo’llari tushuntirib berilgan.Maqolada yurakni tekshiruvchi asbob uskunalar va ularni qanday ishlashi ha…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada yurak qon tomir kasalliklari haqida ma’lumot berilgan.Bundan tashqari maqolada yurakni tekshirish yo’llari tushuntirib berilgan.Maqolada yurakni tekshiruvchi asbob uskunalar va ularni qanday ishlashi ha… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- UZI, elektrofiziologik, yurak qon tomir kasalliklari, yurak, EKG, MRT, yuqori qon bosimi, koronarografiya, fonokardiografiya, radioizotop, rentgen
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014