Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TEMURIYLAR DAVRIDA MADANIY-ILMIY RENESSANS
Shoimov Quvonchbek · Ilmiy rahbar: PhD A.Aripova · Abu Rayhon Beruniy. · Russian Languages (Scientific supervisor: UWED, Associate Professor of the Department of Uzbek and) · PhD Aziza Aripova (Scientific supervisor: UWED, Associate Professor of the Department of Uzbek and)
Журнал универсальных научных исследований · 2024
Аннотация
В Тимуридское время на Центральноазиатском светиле, ярчайшем периоде культурно-научного ренессанса, наука, литература, искусство пробуждались в эпохальных масштабах. Богатая и культурная эра времен Тимуридов во многом опиралась на лингвистическую политику, которой много внимания уделяли Амир Темур и его потомки. Особенно стоит отметить Алишера Нации, который, безусловно, послужил основоположником взлета тюркского языка как научного и литературного языка. Легендарное произведение Muhokamat al-Lug‘atayn было сосредоточено на демонстрации глубины тюркского языка, и в качестве его 120 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-2 доказательства - то, что в литературном плане он не уступает персидскому. В рамках данной статьи лет языка, проводимой Тимуридской империей, её социос ubicыла и её влияние анализируется. Ключевые слова: Тимуриды, Самарканд, тюркский язык, Шахрух Мирза, Алишер Навои, Хамса, Абу Райхан аль-Бируни Temuriylar davri – Markaziy Osiyoning eng yorqin madaniy va ilmiy uyg‘onish davrlaridan biri bo‘lib, bu davrda ilm-fan, adabiyot va san’at keng miqyosda rivojlandi. Amir Temur va uning avlodlari til masalasiga katta e’tibor qaratgan bo‘lib, bu siyosat keyinchalik Temuriylar davrining yuksak madaniy darajaga erishishiga zamin yaratdi. Ayniqsa, Alisher Navoiy turkiy tilning ilm-fan va adabiyot maydonida o‘z o‘rnini topishiga ulkan hissa qo‘shgan. Uning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asari turkiy tilning boyligini va adabiy til sifatida fors tilidan kam emasligini isbotlashga xizmat qilgan. Ushbu maqolada Temuriylar imperiyasida olib borilgan til siyosati, uning jamiyatdagi o‘rni va ta’siri haqida so‘z yuritiladi. Temuriylar davri XIV-XVI asrlarda Markaziy Osiyo tarixida chuqur iz qoldirgan va bu davr ilm-fan, madaniyat va davlat boshqaruvi sohalarida rivojlangan yuksak davrlardan biri sifatida e’tirof etiladi. Bu davrda nafaqat harbiy muvaffaqiyatlar va hududiy kengayishlar balki madaniy, ilmiy taraqqiyot va davlat boshqaruvi tizimining mukammallashuvi bilan ham ajralib turadi. Temuriylar davrida ko‘p tillilik odatiy hol bo‘lib, turk, forsiy va arab tillari bir- birini to‘ldirib, jamiyat hayotining turli sohalarida faol qo‘llanilgan. Turkiy til asosiy til boʻlgan xalq tili bo‘lish bilan birga, harbiy, ma’muriy va diplomatik yozishmalarda ham ishlatilgan. Forsiy til esa saroy adabiyoti va ilmiy asarlar tili sifatida katta nufuzga ega bo‘lgan. Shuningdek, arab tili diniy va falsafiy bilimlarning asosiy vositasi bo‘lib xizmat qilgan. Ushbu tillarning barchasi bir-biriga ta’sir ko‘rsatib, ilm-fan va madaniyat rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan. Amir Temur va uning avlodlari til masalasini befarq qoldirmagan, balki uni davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rgan. Temur o‘z davlati tarkibiga kirgan turli xalqlar va millatlarning tillariga hurmat bilan yondashgan. U davlat boshqaruvida, diplomatiya sohasida, ayniqsa diplomatik yozishmalarda turli tillardan foydalanishni rag‘batlantirgan. Shuning uchun Temuriylar imperiyasida til siyosati muvozanatli bo‘lib, bu xalqning ijtimoiy hayotida tilning beqiyos o‘rnini saqlab qolgan. 121 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-2 Turli Temuriy hukmdorlar, ayniqsa Shohrux Mirzo, Ulug‘bek va Husayn Boyqaro davrida til siyosati yanada rivojlangan. Xususan, Alisher Navoiy ona tili – turkiy tilni adabiyot va ilm-fan maydoniga olib chiqib, uning mavqeini mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shdi.Navoiy oʻsha davrda fors tilining hukmronligi davom etayotgan bir paytda turkiy tilning imkoniyatlari, uning boyligi va ifoda vositalari jihatidan hech qanday kamchilikka ega emasligini isbotlashga harakat qildi. U o‘zining “Muhokamat ul-lug‘atayn” (“Ikki til muhokamasi”) asarida turkiy va forsiy tillarni qiyoslagan holda turkiy tilning ham adabiyot va ilm-fan tili bo‘lishga loyiq ekanini ta’kidlagan. Bu asar til siyosati nuqtai nazaridan inqilobiy ahamiyatga ega boʻlib, turkiy tilning rivoji Bu asar til siyosati uchun muhim manba sifatida xizmat qilgan. Buyuk mutafakkir faqat turkiy tilni qo‘llash bilangina cheklanib qolmay, balki uning mavqeini mustahkamlash yo‘lida ham faol harakat qilgan. U o‘z asarlarini sodda, ravon va ommaga tushunarli va qabul qilinarli darajaga olib chiqdi. Bunga misol qilib uning “Xamsa” asari fors tilida yaratilgan shu kabi dostonlarga munosib javob bo‘lib, turkiy tilning adabiyotdagi imkoniyatlarini namoyish etdi. Bu davrda ilm-fan va adabiyot rivojini jadallashtirish maqsadida turli tillardagi asarlarni tarjima qilish va ularni keng ommaga yetkazish muhim ahamiyat kasb etgan. Tarjima faoliyati natijasida turkiy, forsiy va arab tillari o‘rtasida madaniy almashinuv kuchayib, ilmiy merosning boyishi hamda rivojlanishiga zamin yaratildi. Temuriy hukmdor Mirzo Ulugʻbek ilmiy faoliyatga beqiyos hissa qo‘shgan hukmdor sifatida tarixda juda katta iz qoldirgan.Uning davrida Samarqandda madrasalar va rasadxona barpo etib, ilmiy ishlarni rivojlantirishga k
Доказательный фрагмент
«В Тимуридское время на Центральноазиатском светиле, ярчайшем периоде культурно-научного ренессанса, наука, литература, искусство пробуждались в эпохальных масштабах.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ Тимуридское время на Центральноазиатском светиле, ярчайшем периоде культурно-научного ренессанса, наука, литература, искусство пробуждались в эпохальных масштабах. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Timurid, Samarkand, Turkic language, Shahrukh Mirza, Alisher Navoi, Shoxruh Mirzo, Alisher Navoiy, Samarqand, Abu Rayhon Beruniy., Temuriylar, turkiy til, Xamsa
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025