К содержанию
РецензированоRU2025

Korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar vauning samaradorligi

UZBEKISTAN” JURNALI · Ilmiy rahbar: Djumaniyozova Maryamjon · Raimbergenova Farangiz Mansur qizi

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 3 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada korrupsiya berish, korrupsiya olish,korrupsiya berishda va olishda vositachilik qilgan fuqarolarning qilgan xatolari va uning oqibatlari to`g`risida, shu bilan birga korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar va uning samaradorligi to`g`risida fikr yuritiladi. АННОТАТЦИЯ В данной стате рассматриваются ощибки и последствия давания коррупци, получения Коррупции, посредничества в даче и получении коррупции, а также антикоррупционные Меры и еффективностъ ANNOTATION This article discusses the mistakes and consequens of giving corrupsion, receving corrupsion, Mediating in giving and receiving corrupsion, as well as anti- corruption measures and their effectiveness. Kalit so`zlar: fuqaro, kodeks, korrupsiya, jinoyat, ta’lim, tarbiya, din, tarix. Ключевые слова: гражданин, кодекс, коррупция, преступность, воспитание, релегия, история. Key words: citizen, code, corruption, crime, education, upbringing, religion, history. Korrupsiya jamiyatning rivojlanishiga to`sqinlik qiluvchi asosiy muammolardan biridir. U davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, ta`lim va sog`liqni saqlash sohalarida chuqur ildiz otishi mumkin. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha xalqaro va 318 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 milliy darajadagi chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo`lib, ularning samaradorligi turli omillarga bog`liq. Ushbu maqolada korrupsiyaning tarixi, oqibatlari, hamda unga qarshi samarali kurashish yo`llari haqida so`z yuritamiz. Korrupsiya bu- mansab yoki vakolatidan shaxsiy manfaat yo`lida noqonuniy foydalanish, pora olish yoki pora berish, o`zaro manfaatdorlik asosida noqonuniy qarorlar qabul qilish kabi harakatlar majmuasidir. Bu holat davlat idoralarida, biznes sohasida yoki har qanday tashkilotda sodir bo`lishi mumkin. Korrupsiya natijasida jamiyatda adolatsizlik kuchayadi, iqtisodiy taraqqiyot sekinlashadi va davlat resurslari samarasiz sarflanadi. Korrupsiya qadimgi davrlardan beri mavjud bo`lib, tarixiy manbalarda Rim imperiyasidan tortib Xitoyning qadimgi sulolalarigacha, Yevropa va Osiyo davlatlarida korrupsiya holatlari qayd etilgan. Masalan, Qadimgi Rimda davlat mansabdor shaxslarning pora evaziga ish bitirishi keng tarqalgan bo`lsa, Xitoyda “Konfutsiy” davrida axloqiy qadriyatlar orqali korrupsiyaga qarshi kurash olib borilgan. O`rta asrlarda esa ko`plab davlatlarda amaldorlarning korrupsion xatti- harakatlari jinoiy jazolar bilan taqiqlangan. Hozirgi zamon dunyosida korrupsiya rivojlanayotgan mamlakatlar uchun katta muammo bo`lib, u iqtisodiy taraqqiyotga to`sqinlik qiladi va ijtimoiy tengsizlikni kuchaytiradi. Men jamiyatda korrupsiyani oldini olishda dinning to`g`ri targ`ib qilinishi katta ahamiyatga ega deb bilaman. Dinning asosiy tamoyillari – halollik, adolat, poklik va mas’uliyat insonlarni axloqiy jihatdan mustahkamlaydi va nojo`ya ishlar, jumladan, poraxo`rlik va firibgarlikdan uzoq bo`lishga undaydi. Islom dini korrupsiyani qattiq qoralaydi va pora olish ham, berish ham katta gunoh ekanligini ta’kidlaydi.Shunday ekan biz diniy tarbiya orqali korrupsiyani oldini olish yo`llariga chora izlasak bo`ladi. BIRINCHIDAN - Masjid va Islom markazlari faoliyatini kuchaytirish. Bunda asosan imomlar va diniy ulamolar korrupsiyaning gunoh ekanligi haqida ko`proq targ`ibot olib borushlari kerak. Jumladan- Juma namozlarida halollik va mas’uliyat haqida maruzalar qilishlari kerak. IKKINCHIDAN - Oilada halol tarbiya berish, farzandlarni halol mehnat va poklikka o`rgatish. Ota-onalar bolalariga o`zlari yaxshi namuna bo`lishlari kerak. UCHINCHIDAN - Ta`lim muassasalarida diniy-axloqiy tarbiya kuchaytirish – Maktab va universitetlarda axloqiy va diniy qadriyatlarni o`rgatish. Talabalarni halollik va mas’uliyatli bo`lishga targ`ib qilish. 319 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 TO`RTINCHIDAN - Davlat va xodimlar uchun diniy-etika kodeksini joriy qilish. Davlat xizmatchilariga diniy-axloqiy seminarlar o`tkazish. Xodimlarning halollik bo`yicha qasamyod qilish tizimini ishlab chiqish. BESHINCHIDAN - OAV (ommaviy axborot vositalari) orqali diniy ma’rifatni kuchaytirish. Televizor,radio, internet orqali halollik haqida diniy va ijtimoiy dasturlarni ko`paytirish. Korrupsiyaning gunoh va zararli oqibatlarini tushuntiruvchi roliklar tayyorlash. Dinning to`g`ri targ`ib qilinishi odamlarning qalbida Allohdan qo`rqish hissini mustahkamlaydi, natijada ular gunoh va harom ishlardan tiyilishiga harakat qiladi. Agar jamiyat a`zolari dindan o`rganib halollik va adolat tamoyillariga amal qilsalar, korrupsiya va poraxo`rlik kamayadi, jamiyat rivojlanadi va baraka keladi. Har qanday jamiyatda korrupsiya jarayoni ko`p bo`lsa, oxir-oqibat o`sha davlat tanazzulga yuz tutadi. Agarda ta`lim jarayonida korrupsiya yuqori drajada rivojlanaversa, tabaqalanish yuzaga keladi va oxir- oqibat moddiy taraflama qiynalgan lekin i

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada korrupsiya berish, korrupsiya olish,korrupsiya berishda va olishda vositachilik qilgan fuqarolarning qilgan xatolari va uning oqibatlari to`g`risida, shu bilan birga korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada korrupsiya berish, korrupsiya olish,korrupsiya berishda va olishda vositachilik qilgan fuqarolarning qilgan xatolari va uning oqibatlari to`g`risida, shu bilan birga korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
citizen, code, corruption, crime, education, upbringing, religion, jinoyat, tarbiya, korrupsiya, din, ta’lim, kodeks, tarix., fuqaro
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники