Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FUQAROLIK HUQUQINING OBYEKTI SIFATIDA DORI VOSITALARI
UZBEKISTAN” JURNALI · Mirshoxid Raximjonov · Gavxar Muxutdinova
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 3 · 2025
Аннотация
В данной статье автор проанализировал лекарственные препараты как объект гражданского права с теоретической и практической точки зрения. Также им были разработаны предложения и рекомендации по усилению государственной политики в области здравоохранения, разработаны научно обоснованные теоретические выводы путем всестороннего изучения конкретных проблем лекарственных средств как объекта гражданского права и права интеллектуальной собственности. 159 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Ключевые слова: объект права, объект правоотношений, объект гражданских правоотношений, объект интеллектуальной собственности, объект субъективного права, лекарственные средства, лекарственные средства, фармацевтические субстанции. ANNOTATION In this article, the author analyzed drugs as an object of civil law from a theoretical and practical point of view. He also developed proposals and recommendations to strengthen state policy in the field of health care, developed scientifically based theoretical conclusions through a comprehensive study of specific problems of medicines as an object of civil law and intellectual property law. Key words: object of law, object of legal relations, object of civil relations, object of intellectual property, object of subjective law, drugs, medicines, pharmaceutical substances. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilib kelinayotgan iqtisodiy islohotlarning samarali rivojlanib borishi bevosita fuqarolik-huquqiy munosabatlarning barqarorligiga bog‘liq bo‘lib, bunday barqarorlikni ta’minlash o‘z navbatida fuqarolik qonun hujjatlarini takomillashtirib borishni taqozo etadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishda va mamlakatda bozor iqtisodiyotini rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy zamin yaratishga imkon berdi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishining yangi bosqichi iqtisodiyotni yanada liberallashtirish, iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk kafolatlarini himoya qilishni kuchaytirish, tadbirkorlikning rivojlanishini rag‘batlantirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Real bozor iqtisodiyoti va ilg‘or xalqaro standartlar talablariga javob beradigan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan zamonaviy fuqarolik qonunchiligini shakllantirmasdan turib ushbu vazifalarga erishib bo‘lmaydi. Fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishning eng muhim qoidalarini belgilovchi kodifikatsiya qilingan qonun hujjati bo‘lgan O‘zbekiston 160 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Respublikasi Fuqarolik kodeksi fuqarolik qonunchiligi hujjatlari tizimida markaziy o‘rinni egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida fuqarolik xuquqining obyektlari jumlasiga: ashyolar; mol-mulklar; pullar va qimmatli qog‘ozlar; ishlar va xizmatlar; intellektual faoliyat natijalari; shaxsiy nomulkiy huquqlar kirishi ko‘rsatilgan. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 81-moddasiga asosan fuqarolik huquqiy munosabatlarning obyektlarini ularni xususiyatlari, belgilari va tartibga solinish asoslari, shuningdek ularning muomilada bo‘lishi yoki bo‘lmasligi xisobga olingan xolda ikki xil toifaga, ya’ni, moddiy va nomoddiy ne’matlarga ajratiladi. [1, 17,19, 20] O‘zbekiston Respublikasining asosiy qonuni Konstitutsiyada “Har kim sog‘lig‘ini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega” ekanligi belgilab qo‘yilgan. Mazkur kafolatlangan xuquqlarni turli xil farmatsevtik dori vositalarini ishlatmasdan turib kafolatlab bo‘lmaydi. Bu esa O‘zbekiston Respublikasi iste’mol bozorida dori vositalarini tovar mahsuloti sifatida oldi-sotdi munosabatlarining obyekti sifatida muomilada bo‘lishini ko‘rsatadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada farmatsevtika bozorida dori vositalarini chakana savdosi alkogolli ichimliklar, benzin va avtomobil sotuvidan keyin to‘rtinchi o‘rinda turadi. [2] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentabrdagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi 158-son farmoni bilan yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi.[3] “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 1.2. Aholi salomatligini ta’minlash bo‘yicha islohotlar bandida: Aholining o‘rtacha umr davomiyligini oshirish; Aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish; Bolalar o‘rtasidagi irsiy kasalliklarning oldini olish va davolash samaradorligini oshirish; Onalar va bolalar o‘limini qisqartirish, sog‘lom bolalikni ta’minlash; Onkologik kasalliklarni erta aniqlash va o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish; 161 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKIS
Доказательный фрагмент
«В данной статье автор проанализировал лекарственные препараты как объект гражданского права с теоретической и практической точки зрения.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье автор проанализировал лекарственные препараты как объект гражданского права с теоретической и практической точки зрения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- object of law, object of legal relations, object of civil relations, intelektual mulk obyekti, farmatsevtik moddalar., fuqarolik muomilasi obyekti, xuquq obyekti, subyektiv xuquq obyekti, dori vositalari, huquqiy munosabatlar obyekti, dori
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026