К содержанию
РецензированоRU2026

EKOLOGIK PEDAGOGIKADA EKOLOGIK ONGNI SHAKLLANTIRISHNING O’ZIGA XOS JIHATLARI

Avazov SH · Utebaeva A.D · СПЕЦИФИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ФОРМИРОВАНИЯ (Nukus davlat pedagogika instituti o’qituvchisi) · Авазов Ш (Nukus davlat pedagogika instituti o’qituvchisi) · Утебаева А.Д. (Профессор Ташкентского государственного педагогического университета)

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

С позиции экологической педагогики целью экологического образования является формирование экологичной личности, в широком смысле, экологически культурного человека и общества. Экологичный человек - это человек, обладающий экоцентрическим, а не антропоцентрическим типом экологического сознания. В статье раскрываются некоторые особенности формирования экологического сознания. Ключевые слова: природа, экология, окружающая среда, человек, личность, экологическая педагогика, экологическое мышление, экологическое сознание, структура экологического сознания, компоненты экологического сознания, антропоцентрический тип экологического сознания, экоцентрический тип экологического сознания, специфические черты экоцентрического экологического сознания, экологическая культура. 316 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 SPECIFIC ASPECTS OF THE FORMATION OF ECOLOGICAL CONSCIOUSNESS IN ECOLOGICAL PEDAGOGY Avazov Sh professor of Tashkent state pedagogical university Utebaeva A.D teacher of Nukus state pedagogical institute Annotation. From the point of view of ecological pedagogy, the goal of ecological education is to form an eco-friendly personality, in a broad sense, an ecologically cultured person and society. An eco-friendly person is a person who has an ecocentric, rather than an anthropocentric, type of ecological consciousness. The article reveals some features of the formation of ecological consciousness. Key words: nature, ecology, environment, human, personality, ecological pedagogy, ecological thinking, ecological consciousness, structure of ecological consciousness, components of ecological consciousness, anthropocentric type of ecological consciousness, ecocentric type of ecological consciousness, specific features of ecocentric ecological consciousness, ecological culture. Ma’lumki, ekologik pedagogika uchta ilmiy fan: odam ekologiyasi, ekologik psixologiya va pedagogika tutashgan joyda paydo bo’lgan. “Ekologik pedagogika - ekologik tarbiyalanganligi, ekologik dunyoqarashi, ekologik ongi, ekologik tafakkuri va ekologik madaniyati bilan tavsiflanadigan ekologiy (beziyon) shaxsni shakllantirish qonuniyatlarini o’rganadigan pedagogika fanining tarmog’i” [1, 77-b.]. Bu pedagogika ko’pincha axloqiy pedagogika deb ham ataladi, chunki uning asosini shaxsning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi tashkil qiladi. Odam o’zini Yer sayyorasida tur sifatida saqlab qolish, hayvonot va o’simlik dunyosi uchun ma’naviy javobgarlikni o’z zimmasiga olgan. U yer yuzida o’ziga xos “ma’naviy-axloqiy uyushmalar” yaratishga qodir va shunga undalgan. Ekologik pedagogika yangi ekologik axloqni yuzaga keltiradi. Bu zo’ravonlik qilmaslik, inson salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog’lom turmush tarzini shakllantirish pedagogikasidir. Ekologik pedagogika XX asrning ikkinchi yarmida ekologik inqirozlar va halokatlarga, sayyoramiz resurslari cheklanganligiga, inson va tabiatning begonalashuviga javoban vujudga kelgan. Ekologik pedagogikaning ob’ekti ekologik ma’rifat jarayonidir. Ekologik pedagogikaning predmeti - bu inson va o’zgaruvchan tabiiy muhit o’rtasidagi optimal o’zaro ta’sir sifatida koevolyutsion (birgalikda) rivojlanish qonuniga asoslangan ekologik bilim, ko’nikma, kompetentsiya va munosabatlarga ega bo’lgan ekologiy shaxsni shakllantirishning dalillari, mexanizmlari va 317 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 qonuniyatlari hisoblanadi. Boshqacha aytganda, ekologik pedagogikaning predmeti - ekologik ma’rifat (ekologik ta’lim, ekologik tarbiya) hamda ekologik madaniyatni shakllantirishning nazariy va amaliy vazifalarini hal etuvchi ilmiy tadqiqotlar majmuidir. Ekologik pedagogikaning vazifalari quyidagilardan iborat: 1) ekologik ma’rifat va ekologik madaniyatning kelgusi holatini bashorat qilish imkonini beradigan qonunlar va qonuniyatlarni aniqlash; 2) uzluksiz ekologik ma’rifiy tizimni rivojlantirish uchun ob’ektiv tadqiqot metodlarini ishlab chiqish, o’quv-metodik bazani yaratish; 3) ekologik ma’rifatni va ekologiy shaxsni rivojlantirishning metodologik yondashuvlari va tamoyillarini ishlab chiqish, shuningdek ekologik ma’rifatning yaxlit birlashtiruvchi va tizim yaratuvchi sifatida tutgan o’rnini belgilash; 4) ta’lim tashkilotlari muhitini ekologiyalashtirish qonuniyatlarini aniqlash. Ekologik ma’rifatning vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Ekologik bilimlar tizimini shakllantirish. Aniq tabiiy ob’ektlar majmui sifatida megaolam, makroolam va mikrolam haqidagi tasavvurlar tizimi. Jamiyatning moddiy va ma’naviy quvvat manbai sifatida tabiatning ko’p qirrali qadriyatlarini tushunish. 2. Tabiatga, atrof-muhitga ijobiy, ehtiyotkor va mas’uliyatli ekologik munosabatni shakllantirish. Tabiat, atrof-muhit bilan muloqotda bo’lish ehtiyojlarini shakllantirish. 3. Ekologik (atrof-muhitni muhofaza qilish) faoliyat ko’nikmalarini shakllantirish. Atrofdagi tabiiy va ijt

Доказательный фрагмент

«С позиции экологической педагогики целью экологического образования является формирование экологичной личности, в широком смысле, экологически культурного человека и общества.»

Образец извлечения

Демо-превью

С позиции экологической педагогики целью экологического образования является формирование экологичной личности, в широком смысле, экологически культурного человека и общества. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
nature, ecology, environment, human, personality, ecological, ekologik fafakkur, ekologik ong, ekologik ong tuzilmasi, tabiat, ekotsentrik ekologik ongning o'ziga xos xususiyatlari, ekologik pedagogika, atrof-muhit, ekologik ongning tarkibiy qismlari, shaxs, ekologik madaniyat., ekologiya, odam, ekologik ongning ekotsentrik turi, ekologik ongning antropotsentrik turi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ФилологияRUРецензированоОткрытый доступ
Контекстуальное согласование семантических образований и их эстетико-эмоциональное воздействие на описание языковой картины мира

Иностранная филология: язык, литература, образованиеЭМОЦИОНАЛ ТАЪСИРИ, Даниева М.Дж.2019

3