Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
PRAGMATIK ADABIYOTSHUNOSLIK FAN SOHASI SIFATIDA: MUTOLAA FENOMENOLOGIYASI MISOLIDA
MUTOLAA FENOMENOLOGIYASI MISOLIDA · Maxmudjonova Fariza
Interpretation and researches · 1 · 2026
Аннотация
Jahon adabiyotshunosligi uchun badiiy matn pragmatikasi bilan bog‘liq ilmiy masalalarning hal etilishi, shuningdek, bu borada amalga oshirilgan tadqiqotlar orasida pragmatik maqsad va xarakatni ifodalash vositalarining badiiy matn poetikasidagi o‘rni va roli, badiiy pragmatik xususiyatlari borasidagi izlanishlar salmoqli o‘rinni egallaydi. SHu sababli hozirda zamonaviy adabiyotshunoslikda badiiy pragmatika hamda uning xossalarining matnda namoyon bo‘lishi masalalarini qiyosiy planda tadqiq etish, har tomonlama chuqur o‘rganishni talab qiladigan muhim ilmiy masalalardan hisoblanadi. Kalit so’zlar: pragmatic adabikyotshunoslik, mutolaa fenomenologiyasi, semiotika. O‘zbekistonda ijtimoiy gumanitar fanlar sohasining uzviy tarkibiy qismi bo‘lgan filologiya fanlari borasida aksariyat yangicha izlanishlar, yangiliklar, o‘ziga xos novatorlik so‘nggi yillarda ko‘proq tilshunoslik-lingvistikaga oid bo‘lmoqda. E’tirof etish joizki, nazarimizda, tilshunoslar erishgan yutuqlar, ularning ilmiy kashfiyotlari adbiyotshunoslar tomonidan nisbatan sustroq idrok etilmoqda. Buning oqibatida bir fanning ikki tarmog‘i vakillari tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar orasida uzilish, bo‘shliq paydo bo‘lib qolayotgandek go‘yo. Linvistika ilgarilab ketib, adabiyotshunoslik zamonaviy nazariyalarni idrok etishda, talqin qilishda ikkilanib joyida turib qolayotgandek tuyuladi. Vaholangki, til va adabiyot bir sohaning o‘rganish ob’ekti, shu sababli ham ilmiy tadqiqotlar jarayoni o‘zaro bog‘liq tarzda, uzviy kechmog‘i shart. Yurtimizda adabiyotshunoslik sohasida amalga oshirilgan ko‘pdan ko‘p tadqiqotlar orasida badiiy pragmatikaga oid ishlarning deyarlik yo‘qligi (bitta-ikkita maqola inobatga olinmaganda), pragmatik lingvistika oliy ta’lim tizimida alohida mustaqil fan sifatida o‘qitila boshlanganiga o‘n yillar bo‘lishiga qaramay [1], pragmatik adabiyotshunoslik to‘g‘risida hatto tushunchalar to‘liq shakllanmaganligi yuqoridagi fikrlarimizni dalillaydi hamda bu yo‘nalishida jiddiy izlanishlar zaruratini taqozo qiladi. Aytilganidek, pragmatika filologiya sohasining alohida mustaqil bo‘limi sifatida dastlab tilshunoslikda shakllandi. Pragmatika tilshunoslikning nisbatan yangidan shakllangan, insonning nutq faoliyatini o’rganishga, bunday faoliyatning maqsadi, mazmuni, ushbu maqsad va mazmunning og‘zaki hamda yozma matnda verbal va 309 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 noverbal ifodalanish vositalarini, ularning nutq aktidagi o’rnini, kommunikativ ta’sirini, so’zlovchi va tinglovchi nutqidagi turlicha munosabatlarni lisoniy belgilarda ifodalanishini o’rganuvchi fan tarmog‘idir. Lisoniy belgilarining o’ziga xos xususiyatlari haqidagi nazariyalar allaqachonlardan beri mavjud, ammo lisoniy hodisalarni o’rganishga nisbatan pragmatik yondashuv XX asrning 60-70- yillaridan boshlab jadal rivojlana boshlab, bugungi kunga kelib alohida fan tarmog‘iga aylangan bo‘lsa-da, hozirgacha “ilmiy munozaralarga sabab bo’lib kelmoqda” [2]. Pragmatika fanining shakllanishining ilk bosqichlari XIX asr oxirlari va XX asr boshlaridagi Ch. Pirs, U. Djeyms, D.Dyui, Ch. Morris kabi olimlarning falsafiy konsepsiyalariga asoslanadi. Dastlab pragmatika tushunchasi lisoniy vaziyat strukturasini-tarkibini (so’zlovchi va tinglovchi munosabatlari sifatida) dinamik protsessual aspektda o’rganishga bag‘ishlangan semiotik ilmiy tadqiqotlarda qo’llanila boshlandi va «pragmatika» atamasi ilmiy tadqiqotlar nazariyasiga amerikalik olim Charlz Morris tomonidan kiritildi. U S.Pirsning bu boradagi qarashlarini yanada rivojlantirib semiotikani lisoniy belgilarni o’rganuvchi fan sifatida uch bo’limga: lisoniy belgilarning o‘zaro munosabatini o’rganuvchi sintaktika, lisoniy belgilarning ob’ektlarga munosabatini o’rganuvchi semantika va til belgilarining so’zlovchi va tinglovchi munosabatlarini o’rganuvchi pragmatikaga bo’lib o’rganish g‘oyasini ilgari surdi. Bular to‘g‘risida pragmatik lingvistikaga oid tegishli adabiyotlardan ko‘plab ma’lumotlarni olish mumkin... Shu tarzda G‘arb tilshunosligida, keyinchalik o‘zbek tilshunosligida ham, pragmatikaning lingvistik fan sifatida ajralib chiqishi bilan bir qatorda, xorijda so‘z san’ati - badiiy adabiyot borasidagi izlanishlar asta-sekinlik bilan pragmatik adabiyotshunoslik tomon ham qadam tashladi. Pragmatik adabiyotshunoslik sohasining o‘ziga xos predmeti sifatida matnning o‘zidagi muayyan usullar va figuralar tizimida va real mutolaa amaliyotida voqelanadigan badiiy muloqot- kommunikatsiya xizmat qiladi. Pragmatik adabiyotshunoslikni badiiy pragmatika va matn pragmatikasi kabi badiiy asar va muayyan matn doirasidagi pragmatik tahlil masalalari bilan shug‘ullanish kabilardan farqlash kerak. Zero, pragmatik adabiyotshunoslik alohida fan sohasi xisoblansa, badiiy pragmatika esa matnning lisoniy xossasini anglatib, matnning pragmatik tahlilida kontekst doirasidagi umumiy va xususiy ma’nolarni tushunish muhim. Ular o‘rtasidagi aloqadorlikni rad etib bo‘
Доказательный фрагмент
«Jahon adabiyotshunosligi uchun badiiy matn pragmatikasi bilan bog‘liq ilmiy masalalarning hal etilishi, shuningdek, bu borada amalga oshirilgan tadqiqotlar orasida pragmatik maqsad va xarakatni ifodalash vositalarinin…»
Образец извлечения
Демо-превьюJahon adabiyotshunosligi uchun badiiy matn pragmatikasi bilan bog‘liq ilmiy masalalarning hal etilishi, shuningdek, bu borada amalga oshirilgan tadqiqotlar orasida pragmatik maqsad va xarakatni ifodalash vositalarinin… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- semiotika., pragmatic adabikyotshunoslik, mutolaa fenomenologiyasi
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025