К содержанию
РецензированоUZ2026

“MING BIR KECHA” ASARIDAGI “SHOH SHAHRAMON O`G`LI QAMARUZZAMON VA MALIKA BUDUR” HIKOYASIDA KO`CHIMNING O`RNI

Mirzoyeva Yulduz Yusup qizi

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

This article analyzes the story "Kamaruzzamon, the son of Shah Shahramon and Princess Budur" contained in "One Thousand Nights", which is considered a masterpiece of world literature. The analysis is mainly focused on migration and its types. According to him, metaphors, metaphors, snecdoche, metonymy and similar movements are classified linguistically and poetically. Key words: "One Thousand and One Nights", story, movement, metaphor, allegory. Kirish. “Ming bir kecha”asari nafaqat arab xalqining balki butun dunyo kitob javonlarining eng noyob, durdona asarlaridan biri bo`lib sanaladi. Sakkiz kitobdan iborat bo`lgan bu nodir jamlanma o`zida minglab g‘oya va mazmunni aks ettiradi. ”Ming bir kecha”asari “hikoya ichida hikoya” usulida yozilgan bo`lib, unda turli tuman ertaklar insoniyat o`ziga ibrat chiqara oladigan darajada ta’sirli bo`lgan hikoyatlarga tartib berarkan, mana shu hikoyalarni yanada go`zal bo‘lishi uchun she’riy parchalar ham berilgan. Bu parchalar ertak mazmunini to`ldiradi, unga yoqimlilik bag`ishlaydi, tasirchanlik kuchini oshiradi. Asarda qo`llangan she’riy 135 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 misralar asar syujeti bilan uzviy bog`liqdir. She’riy misralarni o`qir ekanmiz ularda mohirlik bilan singdirilgan badiiy san’atlarni ko`rib hayratda qolmay ilojimiz yo`q. Asar o`zining yozilish uslubi jihatidan ham diqqatga sazovordir. “Ming bir kecha” asarida turli tuman so`z o`yinlari, badiiy ko`chimlar mohirlik bilan qo`llanilganki, hali hamon kitobxonlarning qiziqishiga sabab bo`layotgan durdona asardir. Muhokama va natijalar. Ushbu maqolamizda “Ming bir kecha” asari to`plamidagi uchinchi kitobda berilgan “Shoh Shahramon o`g`li Qamaruzzamon va Malika Budur” hikoyasi tahlil qilingan. Tahlil asosan ko`chim va uning turlariga qaratilgan. Unga ko`ra metafora, istiora, snekdoxa, metonimiya va shunga o`xshash ko`chimlar til va poetik jihatdan tasnifga tortilgan. Tilshunoslarga ma’lumki, ko`chim turlari bo`lgan metafora, snekdoxa, metonimiya, kinoya, vazifadoshlik kabi ma’no ko`chishi turlari leksikologiya bo`limida o`rganiladi. Shu bilan bir qatorda istiora,tazod,tashbeh va shunga o`xshash badiiy san’atlar esa poetikaning unsurlari sanaladi. Demak, biz ushbu hikoyatni lingvopoetik jihatdan tahlil qilar ekanmiz, yuqoridagi hodisalarning barchasiga e’tiborimizni qaratishimizga to`g`ri keladi. Hikoyatda Shoh Shahramonning o`g`li Qamaruzzamon juda chiroyli, xushbichim yigit ekani g`oyat go`zal misralarda ta’riflanadi. “Qamaruzzamon so`zga chechan va chiroyli bo`lib yetishibdi. Hamma unga maftun bo`libdi. Mayin shamol uning yoqimli yigit ekanini hamma yoqqa tarqatib, u oshiqlar uchun balo va mushtoqlar uchun bog` bo`libdi. Hatto to`lin oy ham uning yuzidan xijolat tortarkan. Yuzi lola o`rniga o`tar, ko`rinishi esa bir shoir aytganidek ajoyib ekan: Qomati xuddi bambuk novdasi yoki tol xivchinidek bo`lib, yuzi lola o`rniga, bo`yi esa bambuk tanasi Labi obihayot chashmasidir, Yuzi oy-u quyosh birlashmasidir. Tishidan dur-u gavharlar xijolat, Sochini yozsa, tush topkay malolat. Biz yuqoridagi tariflar orasida ko`proq metafora poetika nuqtai nazaridan qaraganda istiora deb nomlangan ko`chim turlarini ko`p ko`ramiz. Misol uchun: mayin shamol, yoqimli yigit birikmalari to`g`ridan – to`g`ri metaforani yuzaga keltirayotgan bo`lsa, “mayin shamol uning yoqimli yigit ekanini hamma yoqqa tarqatdi” jumlasida bevosita tashxis san’atini ko`rishimiz mumkin. Ya’ni bunda tarqatish insonga xos bo`lgan xususiyat shamolga ko`chirilyapti. Shuningdek, “oshiqlar uchun balo”, “mushtoqlar uchun bog`” deb Qamaruzzamoni shunchalik go`zalligidan oshiqlar va mushtoqlar uchun “balo” va “bog`” deya tashbeh (o`xshatish) san’atini yuzaga keltiryapti. To`lin oyning xijolat tortishi – tashxis san’ati, Qomati xuddi bambuk novdasi yoki tol xivchinidek bo`lib, yuzi lola o`rniga, bo`yi esa bambuk tanasi – tashbeh san’atini yuzaga keltiryapti. Labi 136 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 obihayot chashmasiga, yuzi oy-u quyosh birlashmasiga o`xshatilib tashbeh san’ati yuzaga keltirilgan. Tishidan dur-u gavharlar xijolat, Sochini yozsa, tush topkay malolat. Yani, tishi shunchalik oq ekanki, undan dur-u gavharlar xijolat tortishibdi,bu yerda bir vaqtning o`zida ham tashxis ham metafora mavjud. Sochi shunchalik qop- qoraligidan tush malolat topgan deya mubolag`a yuzaga keltirilgan. Shuningdek, hikoyatda yana quyidagi bayt ham keltiriladi: Vujudi kalxatdek ortgan ustuxon, Butun kirdikori sen erdan pinhon, Tunda u sen bilan, kunduz eri kim? Gulob o`ynashga-yu, zahr ichar hakim. O`xshar yomon xotin karvonsaroyga, Qo`nar boshqa kelib, ketsang bir joyga. Hikoyatda Qamaruzzamonga otasi uylanish taklifini bildirganda u har safar rad etadi. Sababi u barcha ayollarni yomon,bevafo deb o`ylaydi.Yuqoridagi misralar shu bois Qamaruzzamon tilidan ayollarga ta’rif sifatida aytilgan.”Vuju

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the story "Kamaruzzamon, the son of Shah Shahramon and Princess Budur" contained in "One Thousand Nights", which is considered a masterpiece of world literature.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the story "Kamaruzzamon, the son of Shah Shahramon and Princess Budur" contained in "One Thousand Nights", which is considered a masterpiece of world literature. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
"One Thousand and One Nights", story, movement, metaphor, ko`chim, hikoyat, metafora, istiora., “Ming bir kecha”
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники