Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
SUD QARORLARINI IJRO ETISHDA MEDIATSIYA INSTITUTINI TAKOMILLASHTIRI BOʼYICHA XORIJ TAJRIBASI VA UNING AMALIYOTGA TADBIQI
AMALIYOTGA TADBIQI (SUD QARORLARINI IJRO ETISHDA MEDIATSIYA INSTITUTINI) · Sherboyev Jaloliddin Raxmonboyevich (SUD QARORLARINI IJRO ETISHDA MEDIATSIYA INSTITUTINI)
Interpretation and researches · 1 · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada sud qarorlarini ijro etishda mediatsiya institutining ahamiyati va uning samaradorligini oshirish bo‘yicha xorijiy tajribalar o‘rganilgan. Mediatsiya sud tizimidagi ish yukini kamaytirish, nizolarni ixtiyoriy va adolatli kelishuv asosida hal qilish, shuningdek, tomonlar o‘rtasida ijtimoiy adolatni ta'minlashda muhim vosita sifatida tavsiflanadi. Shvetsariya, AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning mediatsiya bo‘yicha amaliyotlari va huquqiy asoslari ko‘rib chiqilib, ushbu tajribalarni O‘zbekiston sharoitida tatbiq etish imkoniyatlari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: mediatsiya, sud qarorlarini ijro etish, nizolarni hal qilish, mediator, xalqaro tajriba, adolat, qonunchilik, mediativ kelishuv, O‘zbekiston. Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida mamlakat aholisi, ularning huquq va erkinliklari yana bir jabhada mustahkamlandi. Zero, ushbu yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyaning 55-moddasida “Har kimga oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari hamda harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi”15, deb belgilandi. Sud hokimiyati deganda-Oʻzbekiston Respublikasida Sud Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunchilikda, inson huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro hujjatlarda e’lon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini sud yoʻli bilan himoya qilish vazifasini bajaruvchi organ hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasiga ko‘ra, mediatsiya – kelib chiqqan nizoni taraflar o‘zaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator ko‘magida hal qilish usuli hisoblanadi16. Bizning fikrimcha, mediatsiya — bu taraflarning erkin muzokaralar orqali nizoni hal qilish tamoyili bo‘lib, uning asosida xolis shaxs — mediatorning ishtirokida o‘zaro tushunishga erishish va nizoli vaziyatni bartaraf etuvchi kelishuvni tuzish yotadi. 15 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 2023 yilgi tahrir, rasmiy manba: [Lex.uz](https://lex.uz) 16 O'zbekiston Respublikasining Mediatsiya to’g’risidagi O’RQ-482-sonli qonuni. https://lex.uz/docs/-3805227 103 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Yuqorida keltirilgan ta’riflar har xil shaklda ifodalangan bo‘lsa-da, ularning mazmuni deyarli bir xil bo‘lib, asosan, mediatsiya jarayonining asosiy maqsad va tamoyillarini anglatadi. Mediatsiya instituti sud qarorlarini ijro etishda muhim ahamiyatga ega. U nafaqat sud tizimining yukini kamaytiradi, balki tomonlar oʻrtasidagi muloqotni yaxshilaydi va ijtimoiy adolatni ta'minlaydi. Mediatsiya institutining afzalliklari shundan iboratki, mediatsiya orqali tomonlar oʻzaro kelishuvga erishishlari mumkin, bu esa sud qarorlarini ijro etish jarayonini soddalashtiradi va samaradorligini oshiradi. Mediatsiya jarayoni maxfiylikni ta'minlaydi, bu esa tomonlarning shaxsiy hayotlarini himoya qilishga yordam beradi. Mediatsiya, tomonlar oʻrtasidagi adolatli va muvozanatli kelishuvlarga erishishga yordam beradi, bu esa ijtimoiy adolatni ta'minlaydi. Mediatsiya orqali erishilgan kelishuvlar tomonlar tomonidan koʻproq qabul qilinadi va qoniqarli boʻladi, bu esa kelajakdagi nizolarni oldini olishga yordam beradi. Mediatsiyaning o‘ziga xosligi va nizolarni hal qilishning an’anaviy usullaridan farqli jihatlari Bugungi kunda dunyoning ko‘plab davlatlarida mediatsiya nizolarni hal qilishning muqobil usullaridan biri sifatida qonuniy ravishda tartibga solingan. Mediatsiya jarayonida nizolarning katta qismi sudga murojaat qilmasdan, muzokaralar yo‘li bilan hal qilinmoqda. Buning asosiy sabablari quyida yoritib o‘tiladi. Mediatsiyaning asosiy xususiyati shundaki, nizolashayotgan tomonlar mediatorni o‘zlari tanlaydi va jarayonga ixtiyoriy ravishda qo‘shiladi. An’anaviy sud tizimida esa taraflar sudyani tanlash imkoniyatiga ega emas va yashash joyi bo‘yicha sudga murojaat qilishga majburlar. Agar sudning vazifasi taraflardan qaysi biri haq yoki nohaqligini aniqlash bo‘lsa, mediatsiya tomonlarning kelishuvga erishishiga va mediator yordamida nizoni hal qilishning turli variantlarini muhokama qilishga yo‘naltirilgan. Sud jarayonida taraflar sud qaroridan norozi bo‘lsa ham, uni bajarishlari shart. Mediatsiyada esa barcha qarorlar taraflarning o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilinadi va ular ushbu kelishuvni ixtiyoriy ravishda bajarishga majburiyat oladilar. Mediatsiya jarayoni maxfiylikni ta’minlaydi, taraflar xohlagan vaqtda jarayonni davom ettirishdan voz kechishlari mumkin. Sud jarayonida esa muzokaralarni istalgan paytda tugatishning imkoni yo‘q va sud muhokamalari oshkora o‘tkaziladi. Sud ishlarining ko‘pligi sababli ishlarni ko‘rib chiqish bir necha oy, hatto undan ortiq davom etishi mumkin. Mediatsiya esa qisqa v
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada sud qarorlarini ijro etishda mediatsiya institutining ahamiyati va uning samaradorligini oshirish bo‘yicha xorijiy tajribalar o‘rganilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada sud qarorlarini ijro etishda mediatsiya institutining ahamiyati va uning samaradorligini oshirish bo‘yicha xorijiy tajribalar o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- qonunchilik, mediator, O‘zbekiston., adolat, mediativ kelishuv, mediatsiya, sud qarorlarini ijro etish, xalqaro tajriba, nizolarni hal qilish
Смежные источники
Interpretation and researchesЗокиржонова Ф. Р., Туленова К. Ж2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025