К содержанию
РецензированоRU2026

“MING BIR KECHA” ASARI HAYVON VA PARRANDALAR HIKOYATLARIDA MAZMUN VA G‘OYA

Astanova Gulnora Aminovna · Latipova Jasmina Lutfilla qizi

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

В статье анализируются проблемы содержания и идей в рассказах о животных и птицах в произведении «Тысяча и одна ночь». Были проанализированы и исследованы проблемы, освещённый в рассказах через образы животных и птиц. В статье через небольшие истории отражена мотивация к большим жизненным выводам. Ключевые слова: араб, юбка, животное, домашняя птица, птица, павлин, ворона, король, образ, идея. Annotation: The article analyzes the problems of content and ideas in stories about animals and birds in the work "A Thousand and One Nights". The problems highlighted in the stories through the images of animals and birds were analyzed and researched. The article reflects the motivation for big life conclusions through short stories. Keywords: Arab, skirt, animal, poultry, bird, peacock, crow, king, image, idea. O‘rta asr arab adabiyoti yodgorligiga aylangan, XV asrda arab tilida tarkib topgan ertaklar toʻplami bo`lmish “Ming bir kecha” asari aslida Sharq xalqlari qadim og`zaki adbiyoti jamlanmasi hisoblanadi. Chunki unda yunon, rum, xitoy, arab, fors va bosh xalqlar hikoyat va rivoyatlari mujassam. “Ming bir kecha” kompozitsiyasi ertak ichida ertak tarzida tuzilgan boʻlib, undagi barcha ertak, hikoyat, masallar podshoh Shahriyor va vazirning oqila qizi Shahrizoda haqidagi ertak va hikoyatlar bilan oʻrab olingan. Malikaning xiyonatidan gʻazablangan Shaxriyor har kecha yotogʻiga yangi mashuqa keltirishni buyuradi va ertalab uni qatl ettiradi. Navbat 89 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Shaxrizodaga kelganda, qiz behuda qon toʻkilishining oldini olish maqsadida shohga hikoya aytib bera boshlaydi va hikoya eng qiziq joyiga kelganda, tong otib, hikoya aytishni toʻxtatadi. Hikoyaning davomiga qiziqib qolgan Shahriyor qatlni keyingi kunga qoldiradi. Shu tariqa ming bir kecha oʻtadi. Shahrizodaning aql-u zakovatidan lol qolgan Shahriyor unga uylanadi.11 "Ming bir kecha" asarida hayvon va parrandalar haqidagi hikoyalar ham juda ahamiyatli va keng ko‘lamli mazmunga ega. Demak, voqealar rivoji davom etar ekan, kechalarning birida Shohning parrandalar va hayvonlar haqida ertak eshitgisi keladi va Shahrizod ertagini boshlaydi. Ertak tovusning o‘z vatanini tashlab, yo‘lda g‘ozni uchratgani tasviri bilan boshlanadi. G‘oz tovusga boshidan o‘tkazgan hodisalar haqida so‘zlab beradi. U inson zotining aqli yer yuzidagi jamiki jonzotni o‘ziga boʻysundirishga qodir ekanligini aytadi. “U baliqni aldab dengizdan chiqarib oladi, loydan g‘o‘lak yasab qushlarni otadi, filni aldab qo‘lga tushiradi”.12 Odam bolasining qanchalik ayyor va aql qudratiga ega ekanligini bilgan jonivorlar sherga diydoyo qilishadi, hali odamzotga duch kelmagan kuchli, yosh sher esa ularning dod- faryodidan jahli chiqib, odam bolasini o‘ldirajagini aytadi. Hikoya oxirida, o‘zini duradgor deb tanishtirgan bir kimsa sher bolasiga uy yasab beradi, aslida u qafas edi. Qafasga tushgan bechora sherni chuqur kovlab unga uloqtiradi va ustidan o‘t qo‘yadi. Unda insoniyatga ato etilgan zakovat har qanday qudratli hayvonni yengishga qodirligi e’tirof etilgan. Yoxud hayvonlar tashigan asl mazmunga e’tibor qaratilsa, she’r — o‘rmon qiroli, kuch-quvvat ramzi, odam bolasi esa aql-zakovat sifatida tanlangan desa bo‘ladi, Shaxrizod ham shohni aql-idroki ila yengadi. Asardagi “Kiyik bilan tovus” hikoyatida tangriga tasbeh aytish kishini halokatdan asrab qoladi degan g‘oya ilgari suriladi. “Bu hikoya hayvonlarning xudoga ibodat qilishi kerakligi haqidagi axloqiy xabarni etkazadi, aks holda, ular tuzoqqa tushib qolishadi. Ushbu hikoyaning eng muhim axloqiy xabari donolik kuchidan foydalanish g‘alaba va najotga olib keladi. Shaxrizod bu voqeani Shaxriyorga qo'rquv va beparvolikni eslatish uchun aytadi. Chunki e’tiborsizlik donolikni buzadi, shuningdek asossiz va ongsiz xatti-harakatlarga olib keladi. “Obid bilan kaptar”da esa duoning ijobat bo‘lishi Obid misolida keltirilgan. “Obid va farishta” ertagida esa farishtaning obidga qilgan sinovi va Obidning taqdir sinovidan yaxshi o‘tib unga xayr yuborilishi aks etgan. “Bo'ri va tulki” rivoyatida bo‘ri bilan tulki uzoq yillardan beri birga yashashadi, biroq kunlardan birida bo‘ri o‘z do‘sti tulkiga yomon munosabatda bo‘ladi va unga zulm qiladi, uning zulmidan qutulish uchun tulki eski qadrdonini tuzoqqa tomon boshlaydi. Bu masala orqali Shaxrizod zulmning ko‘pga bormasligi, "qilmish — qidirmish" deganlaridek zulm qiluvchi albatta jazosini topishini hayvonlar orqali 11 https://uz.wikipedia.org/wiki/Ming_bir_kecha 12 Ming bir kecha. Arab ertaklari. / A.Rasulov tarj. – M.: 2015. 8 jildlik. J. 3. – B. 7. 90 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Shohzamonga tushuntirishga harakat qiladi, chunki shoh xalqqa nisbatan adolatsizlik qilayotgan edi. Bo‘rining fojiaviy taqdiri( chohda dehqonlar uni toshboʻron qilib o‘ldirishadi) shohni hayratga soladi. “Bundan quyidagi hayotiy xu

Доказательный фрагмент

«В статье анализируются проблемы содержания и идей в рассказах о животных и птицах в произведении «Тысяча и одна ночь».»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье анализируются проблемы содержания и идей в рассказах о животных и птицах в произведении «Тысяча и одна ночь». Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Arab, skirt, animal, poultry, bird, peacock, crow, king, image, idea, hayvon, qarg‘a, g‘oya., etak, qush, shoh, tovus, parranda, obraz
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники