К содержанию
РецензированоUZ2026

ADABIY ALOQALAR: “MING BIR KECHA” VA G‘AFUR G‘ULOMNING “SHUM BOLA” ASARLARI MISOLIDA

Astanova Gulnora Aminovna

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

In the modern conditions of globalization and integration, interest in national values, traditions, cultural and spiritual heritage is growing. In particular, fundamental changes are taking place in literary relations, especially since the 85 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 comparative study of literary works has become one of the important areas of modern philology. This article presents a comparative analysis of the works "A Thousand and One Nights" and "Shum Bola". Such an analysis allows us to get acquainted with the spiritual culture, way of life, history, customs and traditions, national values of each nation. Research on the coverage of issues of illustrativeness of Arab-Uzbek literary ties using the example of works by specific creators, based on the principles of historicity and modernity, remains relevant. Keywords: "A Thousand and One Nights", "Shum bola", art, magic, fantasy, literature, folklore, legend. "Ming bir kecha" asari haqida gap ketganda beixtiyor adib G`afur G`ulomni ham yodga olamiz. Negaki, G`afur G`ulomning "Shum bola" asari bevosita "Ming bir kecha" bilan bog`liq. Ma`lumki, XX asr o`rtalariga kelib, adabiyotshunosligimizda G`afur G`ulom ham she`riyat, ham nasrda betakror mahorat ustasi bo`lib tanildi. Xususan, "Shum bola" qissasi orqali muallif o`zining hozirjavob, so`zga usta, komik vaziyat yaratishga mohirligini ko`rsata olgan. Adabiyotshunoslikda mazkur asarning avtobiografik xarakter kasb etishi, janriy, g`oyaviy-badiiy xususiyati, qahramonlar olami va yozuvchi mahorati kabi masalalar keng yoritilgan. Jumladan, "Shum bola"dagi birgina tasvirga diqqat qilib, shu orqali adib mahorati xususida mulohaza yuritamiz. G`. G`ulomning shoh asarlari qatoridan o`rin egallagan, o`zbek xalqining qalb to`ridan joy olishga sazovor bo`lgan mazkur "Shum bola" asaridagi kitobning qiziqarlilik darajasini oshirgan lavhalarni "Ming bir kecha" asarida uchratishimiz mumkin. Chunonchi, "Ming bir kecha" asarining birinchi jildida "Savdogar Ayyub bilan uning o`g`li G`anim ibni Ayyub" hikoyati bor. Undagi hikoyat tafsilotiga ahamiyat bersak, voqealar rivoji davomida quyidagicha lavha keladi: Savdogar o`g`li G`anim otasining molini olib, Bag`dodda ishlarini yuritishnè boshlaydi. Kunlarning birida G`anim kechga qoladi. Natijada shahar darvozalari berkitiladi. Tong otishini kutish maqsadida shaharga yaqin qabristonga borib, bir keng maqbara ichiga kiradi va yaxshigina joylashib oladi. Shu payt tashqaridan bir qul sandiq ko`tarib kelib, shu maqbaraga tushishadi. Ular charchab, dam olganida bir-biriga o`z boshidan kechirganlarini so`zlaydi. Bizning e`tiborimizni jalb qilgan narsa uch qulning ikkinchisi so`zlab bergan voqeadir: "Qullardan ikkinchisi so`z boshlabdi: "Men, - debdi u, - sakkiz yoshlik vaqtimda qulfurush xo`jayinimnè har yil bir martagina yolg`on gapirib aldar edim. Bir kun yolg`onimdan tinchsizlangan xo`jayin meni dallolga topshirdi. Aybimni aytib sotishga buyurdi. "Aybi nima?"-deb so`radi dallol. "Yilda bir marta yolg`on gapiradi", - dedi xo`jayin". 86 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Bu lavha "Shum bola" asaridagi qiziqarlilik darajasini oshirgan lavhalardan biriga juda ham o`xshaá ketadi. Eslang: asar qahramoni "Shum bola"ning Sariboy degan bir boyning qo`lida ishlash uchun boy bilan bo`layotgan suhbati: - Boybuva, -dedim, endi-ku, savdomiz pishdi. Shariat yuzasidan mol sotganda hamma aybini aytib sotsa halol bo`lar ekan. Mening ham bir aybim bor, shuni boshdan aytib qo`yganim yaxshi. - Xo`sh, nima aybing bor? Siyg`oqmisan, tutqanoqmisan? - Yo`q, aybim bu emas, aybim shuki, yoshligimdan odat bo`lib qolgan, har zamon har zamonda beixtiyor yolg`on gapirib qo`yaman, shunda koyimasangiz bas. Xizmat haqqi, mayli, siz aytgancha bo`lsin. - Obbo bachchag`ar-ey, quv ko`rinasan-a, ha, mayli-mayli, lekin ko`p yolg`onlamagin!" "Ming bir kecha"da esa ikkinchi qulning yilda bir marta yolg`on gapirishi isboti sifatida hikoyatda yanà quyidagi lavhalar keltiriladi: Shahar tashqarisida ziyofat uyushtirgan boyning uyidan bir narsani olib kelish uchun yuborilgan haligi "yolg`onchi" qul boyning hovlisiga yaqinlashgach, ovozi boricha dodlab yig`lashni boshlaydi. "Xo`jayinning xotini, qizi ham ovozimni eshitgan ekan, eshikni ochib chiqishdè. "Nima gap?! - deb so`rashdi mendan. - Xo`jayin mehmonlari bilan bir eski poxsa devor ostida o`tirishgan edi. Poxsa ag`darilib tushdi. Bu voqeani ko`rib nima qilishimni bilmay, tezroq sizlarga bildirish uchun xachirni minib yo`lga tushdim, - dedim men". Shundan so`ng boyning xotini va qizi dod-voy solib yo`lga ravona bo`lishadi. Ulardan oldinroq boyning oldiga etib kelgan qul endi boyga yolg`on to`qiydi: "Men uyga kirib qarasam, -dedim yig`i aralash,-uyning devori yiqilib, nuri chashmalaringizni bosib qolgan ekan. "Xotinim omonmi?! - dedi u hayajonlanib, "Hech kim omon qolmagan,-" dedim."Kichik q

Доказательный фрагмент

«In the modern conditions of globalization and integration, interest in national values, traditions, cultural and spiritual heritage is growing.»

Образец извлечения

Демо-превью

In the modern conditions of globalization and integration, interest in national values, traditions, cultural and spiritual heritage is growing. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
"A Thousand and One Nights", "Shum bola", art, magic, fantasy, adabiyot, sehr, “Shum bola”, badiyat, xalq, afsona., fantastika, “Ming bir kecha”
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники