Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном миреMAKTABGACHA TA’LIM, SHODIYEVA G. +32026
MARK TVENNING “TOM SOYERNING SARGUZASHTLARI” ASARINING BADIIY USLUBI VA IBORALAR TARJIMASI TAHLILI
Sirojeva Zeboniso Farxod qizi · Ilmiy rahbar: Yugay Yevgeniya
Interpretation and researches · 1 · 2026
Аннотация
This article analyzes the literary style and idioms used in Mark Twain's “The Adventures of Tom Sawyer”. The idioms featured in the novel enrich the author’s stylistic approach, reflecting the unique aspects of American society and culture. The article examines the semantic comparative analysis of idioms based on Ilyos Muslim's Uzbek translation of the novel and discusses various translation methods. Stylistic tools such as metaphor, irony, dialect, and symbolism are highlighted as elements that make the novel engaging and meaningful for readers. Throughout the article, alternative translation suggestions for some idioms are provided to enhance their semantic accuracy. Keywords: Mark Twain, “The Adventures of Tom Sawyer”, literary style, idiom analysis, metaphor, irony, dialect, symbolism, translation, comparison. Buyuk amerikalik yozuvchi Mark Tvenning “Tom Soyerning sarguzashtlari” asari Amerika bolalar adabiyotining yorqin namunasi bo‘lib, yosh o‘quvchilar va 17 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 kattalar uchun ham qiziqarli hikoyalarni taqdim etadi. Missuri shtatining Missisipi daryosi bo‘yidagi xayoliy Sankt-Peterburg shahrida sodir bo‘ladigan voqealar yosh Tom va uning do‘stlarining hayajonli sarguzashtlarini yoritadi. “Tom Soyerning sarguzashtlari” asari 1876-yilda nashr etilgan bo‘lib, Missuri shahridagi daryo bo‘yidagi shaharchada yashovchi zukko va sho‘x bir bolakay haqida hikoya qiladi. Bu satirik asar Amerikaning adabiyot olamidagi durdona asarlaridan biri hisoblanadi va unga asoslangan “Geklberri Finnning sarguzashtlari” (1884) asari ham katta muvaffaqiyat qozongan. Tom Soyer sho‘x va xayolparast xarakterga ega bo‘lib, u doimo o‘zini turli kulgili holatlarga tushirib qo‘yadi. Do‘stlarini panjara bo‘yashga majburlashdan tortib, xazina izlash, g‘orni tadqiq qilish va hatto o‘z dafn marosimida ishtirok etishgacha, uning sarguzashtlari yosh va tashvishsiz hayot kechirishning hazilomuz tadqiqidir. Ba’zi odamlar Tomni to‘polonchi deb hisoblashlari mumkin, lekin u o‘zining ichki axloqiy qoidalariga rioya qilib yashaydi va hech qachon “yomon ish” qilmaydi. “Tom Soyerning sarguzashtlari” – bu hazil, esda qolarli xarakterlar va muhim mavzularni tadqiq qilish orqali bolalar adabiyotida chuqur iz qoldirgan o‘lmas klassik asardir. Mark Tvenning mahoratli hikoyachilik uslubi va ijtimoiy tanqidlari ushbu asarni Amerikaning dolzarb va qadriyatli adabiyot namunasi sifatida saqlab qoladi. U bolalik, sarguzasht va voyaga yetish murakkabliklari haqida qimmatli bilimlar beradi. Bu asarni o‘zbek tiliga A. Pirnazarov, I. Muslim, N. Xudoyqulov, M. A’zamlar mohirona tarzda tarjima qilishgan. Mark Tvenning bu asardagi hikoya qilish uslubi o‘zining hazil va sofdil ohangi bilan ajralib turadi. Muallifning yengil va teran uslubda yozilgan hikoyasi axloq, ijtimoiy me’yorlar va bolalikdan kattalik sari o‘tish kabi jiddiy mavzularni ham qamrab oladi. Asarda ishlatilgan iboralar asar uslubini boyitib, o‘sha davrning Amerika jamiyati va madaniyati haqidagi muhim ma’lumotlarni aks ettiradi. Bu iboralar ko‘p holatlarda muloqotda, kundalik hayotda ishlatilgan xalqona iboralar, metaforalar va boshqa stilistik vositalar orqali ifodalanadi. Har qanday asarning badiiy stilistikasi uning badiiy xususiyatlarini o‘z ichiga oladi, bu esa muallifning individual uslubini yaratadi. Romanda qo‘llanilgan badiiy vositalar orasida birinchi navbatda metaforani ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, Tven romanda Tomning sarguzashtlarini tasvirlashda boy tasviriy ifodalardan foydalanadi. Masalan, Tomning qalbi “his heart was light as a feather” (“yengil, parrak kabi”) deb metafora yordamida tasvirlanadi, bu esa uning g‘ururi va baxtini ifodalaydi. Bu tasvir oddiy bo‘lsa-da, Tomning yutuqlaridan tuygan g‘ururini va baxtini samarali tarzda ifodalaydi. Shuningdek, Missisipi daryosining tasviri, “keng va chuqur” bo‘lib, faqat fizik xususiyatlar sifatida emas, balki Tom va Geklberri uchun erkinlik, sarguzashtga tomon intilishni ham ifodalaydi. 18 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Tvenning stilistik yondoshuvining yana bir ajralmas xususiyati uning dialektlardan foydalanishidir. Xususan, Tom va Geklberri kabi qahramonlar o‘zlarining tilida 19-asrning janubiy amerikaliklarining mintaqaviy dialektlarini aks ettiradi. Bu usul, xarakterlarga haqiqiylik hissini berib, ularni Amerika janubining ijtimoiy muhitiga joylashtiradi. Masalan, Tom o‘zining xolasi bilan suhbatlashayotganda “I ain’t doing nothing.” (“Men hech narsa qilmadim”) degan so‘zi, ularning mintaqaviy dialektiga mos tarzda aytilgan, bu esa uning qanday odamligini va jamiyatdagi o‘rnini tushunishga yordam beradi. Tven shu orqali o‘z qahramonlarini ko‘proq jonlantiradi va ularni o‘sha davr janubiy amerikaliklarining o‘ziga xos tilida tasvirlaydi. Shunday qilib, bu usul Tomning va boshqa qahramonlarning haqiqatga yaqin, ijtimoiy mu
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the literary style and idioms used in Mark Twain's “The Adventures of Tom Sawyer”.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the literary style and idioms used in Mark Twain's “The Adventures of Tom Sawyer”. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Mark Twain, “The Adventures of Tom Sawyer”, literary style, badiiy uslub, Mark Tven, qiyoslash, dialekt, “Tom Soyerning sarguzashtlari”, metafora, simvolizm, ironIya, tarjima, iboralar tahlili
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025