Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ISMOIL SOMONIY MAQBARASI
ISMOIL SOMONIY MAQBARASI · Rasulova Mohichehra Maston qizi · ISMAIL SOMONI MAUSOLEUM
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article analyzes the Ismail Somoni Mausoleum, one of the oldest and most architecturally beautiful structures in Central Asia. Keywords: Samanids, mausoleum, necropolis, tsar, Maveronnahr, Khorasan, Ismail Somoni. МАВЗОЛЕЙ ИСМАИЛА СОМОНИ Аннотация. В статье анализируется мавзолей Исмаила Сомони, одно из древнейших и красивейших в архитектурном отношении сооружений в Средней Азии. Ключевые слова: Саманиды, мавзолей, некрополь, царь, Моваруннахр, Хорасан, Исмаил Саманид. Yurtimiz tarixiga nazar tashlarkanmiz o’zining ko’p asrlik boy madaniyati bilan hanuzgacha kishini lol qoldirib kelmoqda. Chunonchi, moddiy madaniyat namunalaridan biri bo’lgan me’morchilik durdonalarini bunga misol tariqasida keltirsak bo’ladi. Jumladan, O’rta Osyo arxitekturasi va me’morchiligida o’ziga xos o’ringa ega bo’lgan tarixiy yodgorliklarimizdan biri bo’lgan Ismoil Sominiy maqbarasini fikrimizni dalili desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Bu tarixiy obida nafaqat Buxoro, balki O’rta Osiyo me’morchiligi va san’ati tarixida dastlabki maqbaralardan biri bo’lgan. Maqbaraning bunyod etilishi Somoniylar davlati hukmdori, yirik siyosiy arbob Ismoil Somoniy nomi bilan bog’liq. Ismoil Somoniy shaxsi haqida gapiradigan bo‘lsak, u 848-yil Buxoro shahrida tug‘ilgan, 874-yilda somoniylarning Buxorodagi noibi, 888-yildan esa butun Movarounnahrga o’z hukmronligini o’rnatadi. 900-yilda esa Movarounnahr va Xurosonni birlashtirgan. Buxoro shahrini mamlakat poytaxti deb e’lon qiladi. Ismoil Somoniy markaziy hokimiyatni mustahkamlash maqsadida, turli hududlardan ulamolar, adiblar, usta va hunarmandlarni 1422 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2 Buxoroga to‘plagan1. Mamlakatda obodonlashtirish, shaharsozlikni yuksaltirib, madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shadi. Bag‘dod xalifalaridan ibrat olib, o‘ziga ulkan maqbara qurdiradi. Ismoil Somoniy maqbarasi o‘rta asrlarning rivojlangan davrida (IX-X asr),taxminan 892- 907-yillarda, hozirgi Buxoroning eski shahar qismida qurilgan2. Ismoil Somoniy maqbarasi IX asrda Buxoroda me’morchilik san’ati, binokorlik texnikasining naqadar yuksalganligini va rivojlanganligini ko‘rsatadi. Bu me’moriy obidaning qurilishida qadimiy soʻgʻd meʼmorchiligi anʼanalaridan ham foydalanilganligi ushbu nodir obidani tiklashgacha bo‘lgan davrda Buxoroda me’morchilik, arxitektura rivojlangini bildiradi. Somoniylar maqbarasi loyihasidan tortib, hajmiy tuzilishigacha geometrik tartib va qoida asosida yaratilganligi yuksak professional darajaga ega bo’lgan tajribali quruvchilar va malakali me’morlarning loyihalash va qurilish texnikasiga oid bilim va malakalarga nechog’lik boy bo’lishganini ko’rsatadi. Maqbara Movarounnahr va Xuroson me’morchiligining o’ziga xos 4 tomoni bir xil “chor“ uslubida qurilgan. Maqbaraning dizayni esa jimjima gʻishtin bezaklari chiviqli toʻsiq yoki qamish, bo’yra toʻqimasini eslatadi. Binoning yuqori qismi gumbaz bilan qoplangan bo’lib, bu islom me’morchiligida keng tarqalgan uslubdir. To’rt burchagi ustunsimon shaklda ishlangan, gumbaz atrofiga 4 qubba oʻrnatilgan. Devor tepasida kungirasimon 40 ta darcha bilan bilan ziynatlangan. Qurilishda o‘ymakorlik naqshlaridan ham foydalanilgan bo’lib, har bir g’isht o’ziga xos geometrik shakllar va bezaklar bilan ishlangan3. Ismoil Somoniy arxitekturaviy yodgorligi XI asrdan ortiq vaqt ichida tabiiy ofatlar va inson omillariga qaramay yaxshi holda saqlanib qolgan. Yodgorlik nafaqat Buxoroda, balki Markaziy Osiyo o’rta asr me’morchiligida ham yangi uslublarning shakllanishiga ta’sir ko’rsatgan va keyinchalik boshqa ko’plab maqbara va masjidlarning qurilishida ilhom manbai bo’lgan desak adashmagan bo’lamiz. Maqbara birinchi marta 1924-yilda Moisei Ginzburg ekspeditsiya guruhi tomonidan tekshirilgan. 1925-yilda Buxoro tarixiy va sanʼat yodgorliklarini muhofaza qilish komissiyasining ilmiy kotibi Muso Saidjonov bino gumbazining astarlarini tiklashni tashkil qilgan. Vasiliy Vyatkin boshchiligida arxeologik tadqiqotlarda 1926—1928-yillarda olib borilgan qazishmalar davomida nekropol ichida bir nechta qabrlar, jumladan Ismoil Somoniyning oʻligi saqlanib qolganligi aniqlangan4. 1 https://meros.uz/object/ismoil-somoniy-maqbarasi 2 Булатов М. С. “Мавзолей Саманидов — жемчужина архитектуры Средней Азии” M. 1978 3 Булатов М. С. “Геометрическая гармонизация в архитектуре Средней Азии IX–XV веков” T. 1976 4 Ремпель Л. И.“Далёкое и близкое: страницы жизни, быта, строительного дела, ремесла и искусства Старой Бухары” T. 1981 1423 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2 Hozirgi kunda me’moriy inshoot atroflari bog‘ga aylantirilgan. U arxiologik qazishmalar orqali topilganligi uchun 60-50 sm pastda joylashgan. Bugungi kunda bu inshoot islom dunyosi ma’rifatparvarlari va allomalarining diqqat-markazida hamda turistlarning sayohatgohiga aylangan. 1993-yilda bu maqbara “Butunjahon madaniy meroslari ro‘yxati”ga kiritilgan.1997-yilda Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha obidalar qatorida Ismoil Somoniy maqbarasi ham qayta
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the Ismail Somoni Mausoleum, one of the oldest and most architecturally beautiful structures in Central Asia.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the Ismail Somoni Mausoleum, one of the oldest and most architecturally beautiful structures in Central Asia. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Samanids, mausoleum, necropolis, tsar, Maveronnahr, Khorasan, Ismail, Somoniylar, Xuroson, Ismoil Somoniy., maqbara, Movarounnahr, chor, nekropol
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014