Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
DORIVOR MOMAQAYMOQ (QOQI O’T)NING TIBBIYOTDA ISHLATILISHI VA SHIFOBAXSHLIGI XUSUSIDA AYRIM MULOHAZALAR
Quyliyeva Maxbuba Uzoqovna · Turdimova Sevinch Murod qizi
Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
This article discusses the use of medicinal dandelion (field dandelion) for the treatment of humans and animals, the prevention of diseases, as well as in the food, perfumery and cosmetic industries. It presents the results of a study on the origin, geographical distribution and bioecology of the medicinal dandelion or field dandelion species. Key words: lanceolate, colitis, cholecystitis, ateriosclerosis, anemia, diaphoretic, paraxanthine. Kirish. Dorivor momaqaymoq yoki dala qoqi oʻti (lotincha Taráxacum officinále) - momaqaymoq jinsining keng tarqalgan turi hisoblanadi. Momaqaymoq - o’rmon dasht zonasida keng tarqalgan oʻsimliklardan biri. Rossiyaning Yevropa qismida, Ukraina, Belorussiya, Kavkaz, Moldova, Uzoq Sharq, Saxalin, Kamchatka, Markaziy Osiyo, Sibirning, dalalarida, bogʻlarida, oromgohlarida, ochiq joylarida, yoʻllar yaqinida oʻsadi. Momaqaymoq uzunligi 60 sm gacha boʻlgan koʻp yillik oʻsimlik boʻlib, qalinligi taxminan 2 sm, yoyilgan ildizpoyaga ega, yuqori qismida kalta koʻp boshli ildizpoyaga ajralgan. Momaqaymoq barglari uzun, kesilgan yoki butun, nayzasimon yoki choʻzinchoq nayzasimon, tishli, uzunligi 10-25 sm, kengligi 1,5-5 sm boʻladi. Mevasi kulrang-jigarrang tutamli urugʻ boʻlib, oq shoxlanmagan tuklardan tashkil topgan. Urugʻlari juda nozik va shamol boʻlsa osongina tarqalib ketadi. Oʻsimlikning barcha qismlarida achchiq taʼmli qalin oq sutli sharbat bor. Momaqaymoq urugʻlari bahor faslining birinchi haftasida unib chiqadi. Birinchi davrida unib chiqqan oʻsimlik ildizi va barglarini hosil qiladi. Gullash va meva berish ikkinchi davrida boshlanadi. Momaqaymoq may–iyun oylarida gullaydi, baʼzida kuzgi gullash ham kuzatiladi va may oyining oxiridan iyulgacha meva beradi. Tabobatda momaqaymoqning ildizidan, bargidan, sharbatidan dorivor o'simlik sifatida foydalanadi. Barglar, sharbatlar iyun oyida – erta bahorda yoki kech kuzda barglarning soʻlishi bosqichida yigʻib olinadi, quritgichlarda 40-50° haroratda quritiladi. Momaqaymoq – gʻozlar va shimol bug’ulari, Yevropa loslari uchun yaxshi ozuqa. Kimyoviy tarkibi. Momaqaymoq ildizlaridan Triterpen birikmalari, R-Sitosterin, Sigmasterin, Inulin( 24% gacha), Xolin, Nikotin kislata, Nikotinamid, qatronlar, mum, 64 kauchuk(3% gacha) va tarkibida Oleanol, Palmitin, Linolein, Melissa va Serotin kislatalarning glitseridlari bo’lgan yog’li moy ajratilgan. Momaqaymoq ildizlari, ayniqsa, kuzda juda ko’p Inulinni o’z tarkibida saqlaydi. Tarkibiy xususiyatlari. Momaqaymoqning tarkibida foydali moddalar ko'p. O'simlikning barglari hamda gulto'plarida Ksantofillinlar – Lyutein va paraksantin, Karotinoidli moddalar, Vitamin B2 mavjud. Yangi chiqqan barglarining sut shirasida Laktuserol, Kauchuk, Xolin, Asparagin, Saponinlar, organik kislotalar, mumsimon moddalar bor. Momaqaymoqning ildizi tarkibida esa Tarakserol, mo’msimon moddalar, Taraksasterol, shuningdek Sterinlar, 24% Inulin, 2-3% kauchuk, yog'lar (Palmitin, Olein, Linol, Serotin kislotalaridan tashkil topgan Glitserinlar kiradi) mavjud. Momaqaymoq xalq meditsinasida keng ko'lamda ishlatiladi. Jumladan uni ovqat hazm qilish organlarining faoliyatini tezlatuvchi vosita sifatida, ildizi va bargidan tayyorlangan damlama buyrak kasalligini davolashda, surgi dori hamda o't va siydik haydovchi omil sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari momaqaymoq ildizidan tayyorlangan damlama jigar shamollashida, o't pufagi va me`da yallig'lanishida havfli hisoblanadi. Shuningdek u bavosilni ham davolashda tavsiya etiladi. Bunday damlama bilan tish hamda tomoq og'riganda og'iz chayqash, bargini maydalab uzum sirkasiga qo'shib so'gallarni ketkazish mumkin. Bargidan olingan shira darmonsizlik, ko'krak qafasi kasalliklari, aterioskleroz, teri kasalliklari, vitamin C tanqisligi va anemiyani davolash uchun tavsiya etiladi. Ildizlari bilan birga oʻsimlikdan jigar va o’t pufagining turli kasalliklari, oʻsmalar, tomchilar, siydik tosh kasalligi va bavosil uchun ishlatiladi. Bundan tashqari oʻsimlikdan vitamin yetishmasligi uchun, turli xil teri kasalliklari: toshmalar, oqmalar uchun ham qoʻllanadi. Ilmiy meditsinada momaqaymoqdan tayyorlangan preparatlardan keng foydalaniladi. O'simlik ildizidan tayyorlangan quyuq ekstrakt yoki poroshok ishtaha ochuvchi, ovqat hazm bo'lishini yaxshilovchi, o't haydovchi dori sifatida, anasidli gastritni davolash uchun tavsiya etiladi. Shuningdek farmatsevtikada ham momaqaymoq o'simligidan foydalaniladi. Momaqaymoqning dorivor mahsulotlari (ildizi va yer ustki qismi) odatda erta bahorda yig'iladi. Yig'ib olingan o'simlik ildizi sovuq suv bilan yuviladi, ochiq havoda so'litiladi, so'ngra bir qavat qilib quritiladi. O'simlikning barglarini esa havo almashib turadigan pana joylarda quritiladi Mamaqaymoq ildizining damlamasi: 10g (1 osh qo’shiq) quruq ildizlar sirlangan idishga solinib, 200 ml (1 stakan) issiq qaynatilgan suv quyiladi, qopqog’i yopiladi va qaynab turgan suvda (suv hammomida) 15 daqiqa davomida tez-tez aralashtirilib qizdiriladi. Keyin u 45 daqiqa davomida sovutiladi, suzgichdan o’tk
Доказательный фрагмент
«This article discusses the use of medicinal dandelion (field dandelion) for the treatment of humans and animals, the prevention of diseases, as well as in the food, perfumery and cosmetic industries.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the use of medicinal dandelion (field dandelion) for the treatment of humans and animals, the prevention of diseases, as well as in the food, perfumery and cosmetic industries. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- lanceolate, colitis, cholecystitis, ateriosclerosis, anemia, diaphoretic, anemiya, aterioskleroz, kolit, paraxanthine., diaforetik, paraksantin., xolesistit, nayzasimon
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026