К содержанию
РецензированоUZ2026

TILSHUNOSLIKDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING O`RGANILISHI

Tuychiyeva Manzura Xojimurodovna

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 58-65 · 2026

Аннотация

Frazeologik birliklar (keying qatorlarda FB) o'ziga xos semantik va sintaktik xususiyatlarga ega turg’un leksik birikmalar sifatida o'nlab yillar davomida tilshunos olimlarning tadqiqotlarining markaziy nuqtasida bo'lib kelgan. Ularning leksik va grammatik elementlarni o‘z ichiga olgan murakkab tabiati ularni ta’riflash, tasniflash va tushunishga turlicha nazariy yondashuvlarni talab qildi. Ushbu maqola turli tilshunoslik nazariyalarini va ularning FB bilan qanday bog'liqligini o'rganadi, bu birliklarning kengroq lingvistik kontekstdagi ahamiyatini ta'kidlaydi. Kalit so`zlar: frazema, frazeologik ibora, frazeologiya, idiomatik birikma Annotation. Phraseological units are stable lexical combinations with distinctive semantic and syntactic properties that have been at the center of linguistic research for decades. Their complex nature, which includes lexical and grammatical elements, has required various theoretical approaches to their definition, classification, and interpretation. This article explores different linguistic theories and their relationship with PUs, highlighting the significance of these units in a broader linguistic context. Keywords: phraseeme, phraseological expression, phraseology, idiomatic combination. Barcha tillarda frazeologiya leksikologiyaning bir bo’lagi sifatida o’rganilardi. Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, frazeologiyani o’rganish Rossiya va boshqa qator mamlakatlarni tilshunoslari ko’pgina ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishdi va ijobiy natijalarga erishildi. Fransuz tilshunosi Sharl Balli frazeologiya atamasini fanga kiritgan . Balli o'zining "Stilistika ocherki" va "Fransuz stilistikasi" kitoblarida birinchi marta so'z birikmalarini tizimlashtirdi.[1] Uslub va ifoda nuqtai nazaridan, Ballining ishlari frazeologik birliklarning tilning ifodalik va uslubiy o'lchovlariga qanday hissa qo'shishini tahlil qilish uchun qo'llanilishi mumkin. U tilning nafaqat bevosita ma’noni, balki so'zlar ortidagi ton va munosabatni ham qanday yetkazilishini o'rganishga qiziqqan. Shu ma’noda, Ballining yondashuvi frazeologik birliklarning turli kontekstlarda va turli pragmatik funktsiyalarda qanday qo'llanilishini o'rganishga tadbiq etilishi mumkin. [2] Rus frazeologik nazariyasi, 1940-yillarning oxiri va 1960-yillarda rivojlangan shakllarda, dastlab rus tilida so‘zlashmaydigan olimlarga Klappenbach (1968), Weinreich (1969), Arnold (1973) va Lipka (1974) tomonidan yetkazilgan edi. [3] Frazeologiyani tilshunoslikning mustaqil sohasi sifatida o’rganish masalasi atoqli rus tilshunosi Y.D.Polivanov tomonidan ilgari surildi. Uning ta’kidlashicha, frazeologiyani fonetika, morfologiya va sintaksis kabi alohida va barqaror tilshunoslik tarmog'i sifatida ko'rib chiqish kerakligini taklif etgan. U frazeologiya individual iboralarning ma’nolariga emas, balki umumiy sintaktik turlarga e’tibor qaratishini ko'zda tutgan[4]. Ibora birliklariga nisbatan uning yondashuvida Polivanov muayyan ma’noga ega bo'lgan va qismlarining yig'indisidan kelib chiqmaydigan iboralarning semantik va strukturaviy xususiyatlarini o'rganish muhimligini ta’kidlagan. U bu birliklarning til tizimida qanday ishlashini va tilning ifodalilikka qanday hissa qo'shishini o'rganishga qiziqqan. Polivanovning ishlari rus frazeologiyasi bo'yicha kelgusi 112 tadqiqotlar uchun poydevor yaratgan bo'lib, uning g'oyalari Aleksandr Afanasevich Potebnya kabi olimlarga va boshqalarga ta’sir ko'rsatgan. Uning g'oyalari zamonaviy tilshunoslik tadqiqotlarida, ayniqsa, frazeologik birliklarning tizimli tabiati va ularning tildagi roli tushunish kontekstida, hozirgi kunda ham dolzarbdir. [5] Frazeologiyani tilshunoslikning mustahkam sohasi sifatida o’rganish masalasi rus olimi V.V.Vinogradov tomonidan ilgari surilgan. Olim frazeologik birliklar har bir nutq aktida alohida so'z shakllari sifatida paydo bo'lmasligini, balki inson ongida tayyor birliklar sifatida aks etishini, shuningdek, muloqotda ular kamida ikkita mustaqil so'zni tabiiy qotishma orqali ma'no jihatidan yaxlit birlikka aylanishini[6]ta’kidlaydi. Uning tilshunoslikdagi ahamiyati shundaki, strukturalizm yondoshuvi bo’yicha FBlarning semantik birlik darajasi va ularning komponentlarini o‘zgartirish imkoniyatiga asoslanib, ularni uch guruhga ajratgan. Bu yondashuv frazeologik birliklarning semantik va pragmatik jihatlarini chetlab o’tgan holda, ularning grammatik tuzilishi va tarkibini o‘rganishga e'tibor qaratadi: Frazeologik chatishmalar (idiomalar) –motivlanmagan (yoki semantik jihatdan noaniq), ular tarkibidagi so’z komponentlarning semantik mustaqilligi bo’lmaydi, shu sababdan frazeologik birlashmalarni ma’nosi so’z komponetlarining ma’nosidan tushunilmaydi. Ularning ma’nosini faqat etimologik tahlil orqali aniqlanadi. Masalan, once in a blue moon ‘har zamonda bir’; under the rose ‘maxfiy tarzda’; to set one's cap at somebody ‘biror kishining ko'nglini ovlamoq’ lazy bones dangasa, tanbal. Frazeologik birliklar-qisman motivlangan, ya’ni ularning ma’nosi ularning tarkibiy qismidagi leksik kompone

Доказательный фрагмент

«Frazeologik birliklar (keying qatorlarda FB) o'ziga xos semantik va sintaktik xususiyatlarga ega turg’un leksik birikmalar sifatida o'nlab yillar davomida tilshunos olimlarning tadqiqotlarining markaziy nuqtasida bo'l…»

Образец извлечения

Демо-превью

Frazeologik birliklar (keying qatorlarda FB) o'ziga xos semantik va sintaktik xususiyatlarga ega turg’un leksik birikmalar sifatida o'nlab yillar davomida tilshunos olimlarning tadqiqotlarining markaziy nuqtasida bo'l… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
phraseeme, phraseological expression, phraseology, idiomatic combination, idiomatik birikma, frazeologiya, frazema, frazeologik ibora
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники