РефератыXoliyorova K. (Ilmiy rah. Baxriyeva D)2015
AMIR NASIRULLOH
AMIR NASIRULLOH · Muhammadiyev Bilol Ismoil o`g`li
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Buxoro amirligini eng mashhur amirlaridan biri Amir Nasurullohxoni tug`ulishi hokimyat tepasiga kelishi, mamalakat sarhadlarini birlashtirishi kabi ishlari yoritiladi. Kali so`zlar: Qassob amir, Doniyol devonbegi, Shahrisabiz, Chiroqchi, Jizzax, Muhammad Alixon, Ost-Indiya, Stodart va Konolli. Amir Nasurullohxon shubhasiz Buxoro amirligini eng qudratli amiri. Uning uzoq hukumronlgi davrida Buxoro amirligi mintaqada ham iqtisodiy ham siyosiy va harbiy qudratda ham yetakchiligini mustahkamlab oldi. Amir Nasurulloxon mamalakat ichidgi bo`ysinmagan viloyatlar, qo`shni davlatlari Xiva va Qo`qon xonliklariga qarshi muvaffaqiyatli kurashlar olib bordi. Harbiy islohot o`tkazib Buxoro amirligi qurolli kuchlarini har tomonlama takomilashtirdi. Ammo shunday bo`lsada Rassiya imperyasini dastlabki tahdidlari shu davirda bo`ldi. Amir Nasurulloh 1806-yil 1-iyun kuni Buxoroda dunyoga keladi. U oilada ikkinchi o`g`il farzand edi. Nasurullohxoni otasi Amir Haydar uning otasi Amir Shohmurod uning otasi Amir Doniyolbiy uning otasi Xudoyorbiy otalq bo`lgan. O`zbeklar sulolasini 7- hukumdori Mang`itlar sulolasini 5- amiri hisoblanadi. Amir Nasurullohxon ajdodlari bir tomondan Chingizxonga, ikkinchi tomondan Payg`ambarimiz avlodlar saidlarga borib taqaladi. Nasurrullohxon yoshligidan qatiatli va qo`rqmasligi bilan Amir Haydarni boshqa o`glilaridan ajralib turardi. Shu sabali Amir Haydar urushlarda uning olib yurar ba’zan o`zini yuborar edi. Amir Nasurullohxon dastlabki hokimligini Qarshida boshladi 1821-1826-yilar. Amir Haydar 1826- yilda vafot etgach uning ikki o`g`li Umar va Husainlar taxga bir necha oygina o`tirdilar ulardn biri zaxarlab o`ldir, ikkinchisiga esa suiqasd amalga oshirildi. Ulardan keyin taxtga Nasurulloh kelib axtga davo qiladigaan ko`plab yaqinlarini yo`q qilib yubordi. Hokimyatga qarshi chiqanlarni jumladan yirik yer egalarini jazolay boshladi.[2.-B 55] Amir Nasurullohxon akasini hokimyatdan tushurib Buxorodan haydab yuborgach, mamlakat ichida tartibsizlik boshlanib ketdi. Jumladan Nasurullohxon Buxoroni qamali bilan mashg`ul bo`lgan paytida Doniyol devonbegi Shahrisabizdan otlanib, ota -bobolari dafin etilgan Chiroqchi qal’asini qamal qildi. Qiyinchilik bilan egalagandan so`ng u yerni hokimi Hakim dodxohga tegmadi va uni chiqib ketishga ruxsat berdi. Doniyol devonbegi ko`plab boyliklarni talon-taroj qilib Kesh tomonga qaytib ketdi. Amir Nasurulloh Chiroqchini qaytarib olish uchun katta qo`shin bilan otlandi. Doniyolbiy Shaxrisabiz qo`shini bilan qarshi chiqdi. Amir Nasurulloh bilan aka-uka Doniyol devonbegi va ukasi Fozilbiy o`rtasida qattiq kurash bo`ldi. Nasurullohxon g`alabaqilishi qiyindligini bilib o`rtada sulh tuzdilar. Jumladan Doniyolbiy otaliq mazhabiga ko`tarildi, ukasi Fozilbiy esa davlatdagi dodxohlik mazhabiga ko`tarildi. Nasurullohxon Buxoroga qaytib keldi. Oradan vaqt o`tgandan keyin Amir Nasurullohxon Jizzax tomon qo`shin torti. Muhammadsodiqbek, Ibrohimbek va Is’hoqbek devonbegi singari ko`plab kishilar janglarda mardlk ko`rsatdilar. 101 Sakkiz kundan so`ng axoli darvozani ochib berdilar. O’zaro kelishuv bo`lib Jizzax Amir Nasurullohxon ixtiyoriga otdi. Jizzaxdi Hakim dodxohga qoldirib Samarqand tomon ravona bo`ldi. 1830-yili Amir Nsuruhlohxon Shahrisabiz tomon qo`shin torti. Yo`l -yo`lakay buzulib yotgn Chiroqchi qal’asini yangidan bino etdi. Amir Nasurullohni kelayotganini eshitgan Doniyol otaliq o`z qoshini bilan qarshi chiqdi. Ikkala qo`shin Kitobdan bir yarim tosh keladigan Beshterak mavzeyiga ro`para keldilar. Urush ancha davom etdi. Amir Nasurullohxon dushmani yenga olmadi. Shunday bo`lsada urushni davom etirib bir-necha qal’alarni zabt etib ularga hokimlar tayinladi. Doniyol otaliq bilan sulh tuzuldi. Amir Nasurulloh Buxoroga qaytib keldi.[6.- B 70-96]. Amir Nasurullohxon Shahrisabz ustiga 30 yil mobaynida 32 marta yurish qiladi. Faqat 1856-yilga kelgandagina kenagaslar qarshiligini yengib Shahrisabz va Kitobni o‘ziga bo‘ysundira oladi. Nasrullohxon askarlari Shahrisabz va Kitob aholisini talab ko‘p noma’qulchilik ishlarini amalga oshiradilar. Amirning o‘zi esa Shahrisabz begining malikasi - Kenagasoyimni zo‘rlik bilan Buxoroga olib kelib o‘ziga xotinlika oladi. Xonliklarni birlashtirish uchun kelgan ingliz emissarlari Konolli va Stoddartlarni amir Nasrullo so‘ydirtiradi.[3.-B 86 ]. Amir Nasurullohxon 1837-yilda harbiy islohot o`tkazdi. Piyoda askarlardan iborat sarbozlar va to`pchilarning muntazam qo`shinini tuzdi. Dastlab bu mutazam qo`shin asosini Buxoro amirligidagi asirlar tashkil etgan edi. 1837- yildaoq 1000 dan ortiq asirlrdan 800 kishilik muntazam piyoda askar-sarbozlikka, 250 dan ortiq kishi esa artilleriya qoshinlari- to`pchilar qo`shiniga qabul qilingan edi. Buxoroda harbiy kuchlarning asosini tashik etgan sarbozlar tarkibi jihatdan bir qancha qisimlardan tashkil topgan edi. Jami 700 kishidan iborat sarbozlar har bir 100 talik 7 ta dastaga bo`lingan edi. O`z navbatida xar bir dasta 2 ta nim dastaga, 4 ta rassadga va 8 ta baraga bo`lingan. Yuz kishidan iborat
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Buxoro amirligini eng mashhur amirlaridan biri Amir Nasurullohxoni tug`ulishi hokimyat tepasiga kelishi, mamalakat sarhadlarini birlashtirishi kabi ishlari yoritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Buxoro amirligini eng mashhur amirlaridan biri Amir Nasurullohxoni tug`ulishi hokimyat tepasiga kelishi, mamalakat sarhadlarini birlashtirishi kabi ishlari yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Muhammad Alixon, Qassob amir, Ost-Indiya, Doniyol devonbegi, Shahrisabiz, Stodart va Konolli., Chiroqchi, Jizzax
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsTorayeva Sayyora Sattorovna2020
Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019