Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAJMUAT UR-RASOIL TARKIBIDAGI “RISOLAI BOBURIYA” RISOLASINING MATN TARIXI
MATN TARIXI · Kattayev Po‘lat A’zamovich
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
Ushbu maqola o‘z davrining yetuk mutaffikiri, faqihi, tasavvuf allomasi Mahdumi A’zam Jaloliddin Kosoniy qalamiga mansub “Majmuat ur-rasoil” to‘plami tarkibiga kiruvchi “Risolai Boburiya”ning matn tarixi, yozilish sabablari haqida ma’lumotlar berilgan bo‘lib, Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat”, Hasanxoja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob”, Xoja Ubaydulloh Axrori valiyning “Risolai Volidiyya” kabi mo‘tabar asarlarda keltirilgan ma’lumotlar asosida Risolai Boburiya ning sabablariga izohlar, aniqliklar kiritildi. Kalit so‘zlar: Mahdumi A’zam, Bobur, “Majmuat ur-rasoil”, “Risolai Boburiya”, “Muzakkiri ahbob”, “Risolai volidiyya”. Kirish. Jahon matnshunosligida qo‘lyozma manbalar, matn tarixi va talqini, matn poetikasi singari masalalar dolzarb muammolardan biri sifatida tadqiq etib kelinmoqda. Chunki qo‘lyozma manbalarni o‘rganish har bir davr va turli xalqlar adabiyotshunosligi uchun yangidan-yangi ilmiy xulosalarga kelish imkonini beradi. Asliyat matnlarini o‘rganmasdan turib, badiiy adabiyot materialining adabiy-estetik va ilmiy qimmatini haqqoniy baholab bo‘lmasligi qo‘lyozma manbalarni, matn tarixi va talqini masalalarini tadqiq qilish zaruratini kun tartibiga qo‘yadi. “Matnshunoslik, adabiy manbashunoslik, tilshunoslik, falsafa, madaniyat tarixi sohalarida milliy madaniy merosimizning hali o‘rganilmagan ko‘pgina qatlamlarini ochib berishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratilayotgan”2 hozirgi kunda “Majmuat ur- rasoil” tarkibiga kiruvchi “Risolai Boburiya” asari genezisini, qo‘lyozma va toshbosma manbalarini, qiyosiy-matniy tahlilini amalga oshirish, badiiy qimmatini aniqlash masalalari har qachongidan ham dolzarbdir. Asosiy qism. Majmuat ur-rasoil” tarkibiga kiruvchi “Risolai Boburiya” asarining qiyosiy- matniy tadqiqini amalga oshirishdan avval ushbu risolaning matn tarixi, yozilishiga oid sabablarni, turli manbalar asosida keltirb o‘tishni lozim ko‘rdik. O‘z davrining siyosiy-ijtimoiy, madaniy hayotiga katta hissa qo‘shgan, Xoja Ubaydulloh Axror Valiy zamonida Naqshbandiya tariqati yuqori bosqichga olib chiqildi. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat” asarida u zot haqida chuqur ehtirom bilan shunday deydi,-“Hazrat Xoja va alarning muxlislari va niyozmandlaridurlar. Umid uldurkim, alarning sharif vujudlari barakatidin bu sharif silsilaning iltiyom va intizomi ilo yavmil qiyom imtidod topqay3”. Xoja Axor Valiy ilm yo‘lida beqiyos xizmat qilib, u kishidan bizga bir necha muhim asarlaryetib kelgan. Xuddi shunday asarlaridan biri “Risolai volidiyya”dir. Bu asar Xoja Axrori Valiyning otasining iltimosiga ko‘ra yozilgan asar bo‘lib unda naqshbandiya tariqatining asoslari o‘z bayonini topgan4. Shoh, shoir, zamoninining buyuk faqihi, Zahiriddin Muhammad Bobur, tasavvufda o‘ziga ustoz bilgan Xoja Ubaydulloh Axror qalamiga mansub “Risolai 1 Alisher Navoiy Nomidagi TOShDO‘TAU mustaqil tadqiqotchisi. kattayevpulat@gmail.com 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017-yil 24-maydagi PQ-2995-son “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori. //Xalq so‘zi, 2017-yil 25-may. 3 Alisher Navoiy mukammal asarlar to‘plami 17-tom, Nasoyim ul muhabbat. 142-b. 4 Abduhalilov B. Xoja Axror Valiy “Risolai volidiyya”. Yangi asr avlodi, 2004. 6-b. 26 volidiyya” asarini nazmga soladi. Asarning tasavvuf, tariqat ta’limi, valiylar ma’naviy olami haqida o‘ta ta’sirchanligiga dalil qilib, Robita qolmasa, ul hol ketar, So‘z eshitur esang, ushmuncha yetar…5 Misralarini keltiradi. Asar tugallangach uni piri Xojagiy Kosoniy Mahdumi A’zamga yuboradi. Bu haqda, Hasanxoja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob6” asarida ham ma’lumotlar kelgan. Xoja Ahrorga irodati bo‘lgan Bobur podshoh ham bu ulug‘lar xonadoniga nisbatan izzat- ikromni soatma-soat oshirar va biron daqiqa bu ishni kanda qilib, g‘aflatda qolmas edi. Barcha darvishlarga lutf eshigini ochib, niyozmandlik yumushini bajo keltirardi. Hazrat Maxdumiy mullo Xojagiy Kosoniyga — sirlari muqaddas bo‘lsin — bir bo‘lak oltin quymasini niyoz tariqasida yuborib, yonida o‘zining ushbu qit’asini ham shohid qilgandi. Qit’a: Dar havoiy nafsi gumroh umr zoe karchaem, Peshi ahlulloh az atvori xud sharmandaem. Yak nazar afkan ba so‘i mo, ki az rohi vafo, Xojagayro mondaem, xojagyro bandaem. (Mazmuni: Adashgan nafsimiz havasi yo‘lida, umrni zoe qildik, din ahli oldida bu qilmishimizdan uyatlimiz. Biz tomonga hech bo‘lmasa bir nazar sol, vafodorlik ila xojaga bog‘langanmiz, xojaga bandamiz.)7 “Risolai Boburiya” Xoja Ubaydulloh Ahrori Valining “Risolai volidiya” asarini Hindiston podshohi temuriy Bobur mirzo tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan she’riy tarjimasining birinchi nusxasini sovg‘a-in’omlar bilan birgalikda piri hisoblangan Maxdumi A’zamga yuborib, ul zotdan maslahat so‘rab murojaat etgan xatiga javob tariqasida yozilgan asardir. Bu haqda K. Kattayev ham o‘z tadqiqotida shunday deydi, — “Bobur mirzo Xoja Ahrorning “Risolai volidiya” asarini tarjima etib, o‘z ruboiylari va sovg‘a-s
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola o‘z davrining yetuk mutaffikiri, faqihi, tasavvuf allomasi Mahdumi A’zam Jaloliddin Kosoniy qalamiga mansub “Majmuat ur-rasoil” to‘plami tarkibiga kiruvchi “Risolai Boburiya”ning matn tarixi, yozilish sab…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola o‘z davrining yetuk mutaffikiri, faqihi, tasavvuf allomasi Mahdumi A’zam Jaloliddin Kosoniy qalamiga mansub “Majmuat ur-rasoil” to‘plami tarkibiga kiruvchi “Risolai Boburiya”ning matn tarixi, yozilish sab… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Bobur, “Muzakkiri ahbob”, “Risolai volidiyya”., “Risolai Boburiya”, “Majmuat ur-rasoil”, Mahdumi A’zam
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024