Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GEM BIOSINTEZI STIMULYATORLARI ORQALI YURAK YETISHMOVCHILIGINING KORREKSIYASI
YETISHMOVCHILIGINING KORREKSIYASI · Shuxratov Alisher Shoxmat o’g’li
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
Yurak yetishmovchiligi (YY) sog‘liqni saqlash muammolaridan biri bo‘lib, uning kelib chiqishi oksidlovchi stress, metabolik disbalans va energiya yetishmovchiligi sabab bo’ladi. Gem biosintezi yurak mushak hujayralarida kislorod tashish, energetik metabolism, oksidlanish-fosforillanishni ta’minlashda asosiy ahamiyatga ega. Gem biosintezining buzilishi mitoxondriyal disfunksiya va ATP ishlab chiqarishning pasayishiga olib keladi va bu orqali YY rivojlanishini tezlashtiradi. Shuning uchun, gem biosintezini stimulyatsiya qiluvchi farmakologik vositalarni qo‘llash YY farmakoterapiyasida istiqbolli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Kalit so'zlar: Gem, yurak yetishmovchiligi, oksidlanish-fosforillanish, ferment. Asosiy qism Gem biosintezi sakkiz bosqichdan iborat bo‘lib, jarayon mitoxondriyada boshlanib, sitozolda davom etadi va yana mitoxondriyada yakunlanadi. Ushbu jarayonda ishtirok etuvchi asosiy fermentlar: 1. Aminolevulinat sintetaza (ALAS2) – Aminolevulinat hosil bo’lish bosqichi; 2. Porfobilinogen deaminaza (PBGD) – tetrapirrol halqasi hosil bo’lishini katalizlovchi ferment; 3. Ferroxilataza (FECH) – oxirgi bosqichda Fe2+ ionini protoporfirin IX tarkibiga kirituvchi ferment. Gem yurak mushaklarida kislorod tashish va saqlash (mioglobin orqali), oksidlanish- fosforillanish zanjiri (sitoxromlar orqali) va azot oksidi sintezi kabi jarayonlarda ishtirok etadi. Uning biosintezi buzilganda yurak mushaklarining metabolik faolligi pasayadi, bu esa YY rivojlanishiga sabab bo’ladi. YY bilan og‘rigan bemorlarda gem biosintezi pasayishi kuzatiladi, bu quyidagi sabablarga bog‘liq: 1. Temir yetishmovchiligi – ferroxilataza faolligini pasaytiradi 2. Oksidlovchi stress – porfirin biosintezini susaytirib, sitoxromlarning parchalanishiga olib keladi; 3. Glyukozaning ortiqcha oksidlanishi – yurak mushaklarida energiya ishlab chiqarishni buzadi va gem hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Gem biosintezini stimulyatsiya qilish orqali YY simptomlarini kamaytirish va yurak mushaklarining metabolik faolligini tiklash mumkin. Quyidagi farmakologik agentlar istiqbolli hisoblanadi: 4. 5-aminolevulin kislotasi (5-ALA) – ALAS2 faolligini oshirib, gem biosintezini kuchaytiradi; 5. Suktsinil-CoA donor moddalari – Krebs siklini faollashtirib, ALAS2 substratini oshiradi; 6. Temir kompleksi preparatlari–ferroxilataza faolligini normallashtirib, protoporfirin IX ning Fe2+ bilan to‘lishini yaxshilaydi; Gem biosintezi stimulyatorlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 5- ALA va temir komplekslari yurak mushaklarida ATP sintezini oshiradi, kislorod tashish 32 jarayonini yaxshilaydi va yurak yetishmovchiligi simptomlarini kamaytiradi. Eksperimental modellarda ushbu stimulyatorlar mitoxondriyal faollikni tiklashga yordam bergan. Klinik tadqiqotlarda esa, 5-ALA qabul qilgan bemorlarda yurak chiqarish fraksiyasi (EF) oshgani va NYHA klassifikatsiyasiga ko‘ra yurak yetishmovchiligi simptomlari yengillashgani kuzatilgan. Xulosa Gem biosintezi yurak mushaklari metabolizmini ta’minlovchi muhim jarayonlardan biri bo‘lib, uning buzilishi YY patogenezida asosiy rol o‘ynaydi. Gem biosintezi stimulyatorlari yurak mushaklarining funksional faolligini tiklash va YY simptomlarini yengillashtirish uchun istiqbolli farmakoterapevtik yo‘nalish hisoblanadi. Kelajak tadqiqotlar ushbu stimulyatorlarning uzoq muddatli samaradorligi, xavfsizligi va optimal dozalash strategiyalarini aniqlashga qaratilishi lozim.
Доказательный фрагмент
«Yurak yetishmovchiligi (YY) sog‘liqni saqlash muammolaridan biri bo‘lib, uning kelib chiqishi oksidlovchi stress, metabolik disbalans va energiya yetishmovchiligi sabab bo’ladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюYurak yetishmovchiligi (YY) sog‘liqni saqlash muammolaridan biri bo‘lib, uning kelib chiqishi oksidlovchi stress, metabolik disbalans va energiya yetishmovchiligi sabab bo’ladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Gem, yurak yetishmovchiligi, oksidlanish-fosforillanish, ferment, ferment.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025